Mavzu : hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash diognostikasi
Barkamol shaxsni shakllantirish mezonlar
Download 41.94 Kb.
|
2 hozirgi kunda barkamol shaxsni tar diognostikasi
2. Barkamol shaxsni shakllantirish mezonlar
O‘z navbatida shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida kasbiy malakaga ega bo‘ lgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘ rsatish sohasida faoliyat olib borib, bilimi va tajribasini namoyon etadi. Bu esa ta’lim jarayonida aqlan rivojlangan, ma’naviy-axloqiy shakllangan, jismoniy yetuk, muayyan kasb-hunar asoslarini puxta egallagan, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga jiddiy talablar qo‘ yadi. Shunga ko‘ ra, dastavval “shaxs”, “inson”, “barkamol shaxs” tushunchalarining mohiyatini aniqlashtirish taqozo etiladi. Shaxs qator ijtimoiy fanlar, xususan, falsafa, psixologiya va sotsiologiya fanlarining o‘ rganish ob’ektidir. Falsafa shaxsni uning ijtimoiy ahvoli, faoliyati, bilish, ijod sub’ekti sifatida qarab chiqadi. Psixologiya shaxsni psixik holatlar, psixologik xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik munosabatlar, shaxsning temperamenti, fe’l-atvori, qobiliyati, irodaviy fazilatlari va hokazolarning uyg‘ unligi asosida o‘ rganadi. Inson shaxs darajasiga yetishi uchun uning ongi, faoliyati, o‘ z-o‘ zini anglashidan iborat ichki yo‘ naltiruvchi mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi uning qiziqishi, xarakteri, qobiliyati, aqliy rivojlanganligi, ehtiyojlari, mehnat faoliyatiga munosabati bilan belgilanadi. Ana shu xususiyatlar rivojlanib, insonning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo‘ lgan munosabati ma’lum bosqichga yetgandagina u barkamol shaxs darajasiga ko‘ tariladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ ati” da “barkamol” tushunchasi lug‘ aviy jihatdan “kamolga yetgan”, “bekamuko‘st”, “yetuk”, “to‘kis”, “mukammal” degan ma’nolarni anglatishi ta’kidlanadi. Garchi bugungi kunda ham tarbiyaning eng oliy maqsadi barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratligi e’tirof etilayotgan bo‘ lsa-da, biroq “barkamol shaxs”, “barkamol inson” tushunchalari hali hatto pedagogik lug‘ atlardan ham o‘ rin olmagan. “Komil inson” tushunchasiga taniqli adabiyotshunos olim N.Komilov Aziziddin Nasafiy, Shayx ibn al Arabiylarning ta’riflariga tayanib: “Komil inson – bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomatdan serob, siyratu surati saranjom, qalbi ezgu tuyg‘ ularga limmo-lim pokiza zot”, - deb ta’rif beradi . Axloqiy, hissiy-estetik, jismoniy rivojlantirish; - ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishga yo‘ llash; - insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish; - yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsning individual o‘ziga xosligini namoyon etishga sharoit yaratish; - fuqarolik nuqtai nazarining tarkib topishiga erishish; - hayotga, mehnatga, ijtimoiy ijodkorlikka tayyorlash; Talabalarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda quyidagi talablarga rioya etish muhimdir: - yoshlarning bilimlarni o‘ zlashtirishga bo‘ lgan qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish; ta’lim jarayonida talabalar faoliyatini pedagogik jihatdan to‘ g‘ ri tashkil etish; - talaba-yoshlarning har biriga individual yoshdashish; - pedagogik nazokatni shakllantirish; - kasb-hunarga tayyorlash; - noqulay vaziyatlardan to‘ g‘ ri yo‘ l topib chiqib keta olish qobiliyatiga ega bo‘ lishlariga erishish; - ijtimoiy faollik, fuqarolik rolini shakllantirish va hokazolar. Yuqoridagi talablarni amalga oshirishda barkamol shahsni shakllantirishga hizmat qiluvchi quyidagi mezonlar asos bo‘ lib xizmat qiladi. Download 41.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling