Tibbiy jixozlar, xonalar, vannalar va yig'ishtirish anjomlarini zararsizlantirish - Tomoq, burun, quloqni ko'zdan kechirish uchun ishlatilgan metall asboblar ishlatib bo'lingach oqar suv tagida yuvilib 15 daqiqa qaynatiladi, uch tarkibli eritma (2% li formalin, 0,3% li fenol, 1,5% li natriy gidrokarbonat)ga 45 daqiqa solib qo'yiladi va so'ng chayiladi.
- Metall shpatellar, plastmassa va rezina asboblar 15 daqiqa qaynatiladi, xloraminning 0,5% li eritmasiga 30 daqiqa, vodorod peroksidning 3% li eritmasiga 80 daqiqa va dezoksinning 0,1% li eritmasiga 20 daqiqaga solib qo'yish bilan dezinfeksiyalanadi. Tibbiy harorat o'lchagichlar suvda yuvilib, 0,5% li xloramin eritmasiga 20 daqiqa solib qo'yiladi.
- Qo'lni va mochalkalarni yuvivchi cho'tkalar 15 daqiqa qaynatiladi yoki 20 daqiqa 0,5 atm. bosimda avtoklavlanadi.
- Bemorni ko'zdan kechirish uchun kushetka kleyonkasi, kleyonka fartuklar 1% li xloramin, 0,5% li xlorli ohakning tindirilgan eritmasi, 0,2% li sulfoxlorantin, 2% li dixlor eritmalariga ho'llangan latta bilan 2 marta artiladi.
- Huqna qilishda ishlatiladigan shisha, plastmassa uchliklar muolajadan so'ng yuvilib, 15 daqiqa qaynatiladi va 1% li xloramin eritmasiga solib qo'yiladi.
Parvarish buyumlari, xonalar, vannalar va yig'ishtirish anjomlarini zararsizlantirish - Xonalar va undagi jihozlar (jumladan, tumbochka va karavotlar) 1% li xloramin, 0,5% li tindirilgan xlorli ohak eritmasiga 0,2% li sulfoxlorantin, 2% li dixlor-1, vodorod peroksid, yuvish vositalaridan tayyorlangan eritmaga ho'llangan latta bilan ikki marta artiladi.
- Rezina grelkalar va muz solinadigan xaltachalar issiq suvda yuvilib, 1% li xloramin eritmasiga ho'llangan latta bilan 2 marta artiladi.
- Tagga qo'yiladigan sudno va tuvaklar issiq suvda yuvilib, 1% li xloramin, 0,5% li tindirilgan xlorli ohak, 0,5% li gipoxloridning 2/3 asos tuzi eritmalariga 60 daqiqa solib qo'yiladi.
- Vannalar Dixlor-1, Belka-2, PCHB, «Dezus», «Sanita» kabi yuvish vositalari bilan (100 sm sathga 0,5g miqdorda) nam salfetka bilan 5 daqiqa davomida yuviladi.
- Yig'ishtirish anjomlari 0,5% li tindirilgan xlorli ohak, 1% li xloramin, 0,5% li kalsiy gipoxloridning 2/3 asos tuziga ho'llangan latta bilan artiladi va quritiladi.
- Ushbu dezinfeksiyalash ishlarini aksariyat hollarda kichik tibbiy xodimlar bajarishini nazarda tutib, shuni ta'kidlash lozimki, bu ishlarning qanchalik aniq va to'g'ri bajarilishi, eritmalarning belgilangan konsentratsiyada bo'lishi uchun hamshira javobgar hisoblanadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |