Mavzu : ishlab chiqarish xarajatlari va foyda nazariyasi asosiy savollar


Foyda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo`shimcha mahsulotning o`zgargan shaklidir


Download 157.69 Kb.
bet3/4
Sana13.02.2023
Hajmi157.69 Kb.
#1192747
1   2   3   4
Bog'liq
11-MAVZU

Foyda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo`shimcha mahsulotning o`zgargan shaklidir. Demak, foydaning asl manbai qo`shimcha mahsulot bo`lib, u mahsulot sotilgandan keyin pul shaklida namoyon bo`ladi.

Iqtisodiy foyda- tovarlarni sotishdan tushgan yalpi pul tushumidan shu mahsulotlarni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlar ayirmasining natijasidir.

Sof foyda - korxonaning umumiy foydasidan byudjetga ya'ni soliq to`lovlari, banklarga to`lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlangandan keyingi foydadir.

Foyda massasi- korxona foydasining mutloq miqdoridir. Foyda massasini umumiy xarajatlarga nisbatining foizlardagi ifodasi foyda normasi deyiladi.

Foydaning o`sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o`zgarmagan holda ikki yo`l bilan : ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin.



4.Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi.

Bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan har bir davlatda davlat korxonalarini, xususiy tadbirkorlik harakatini oxirgi natija, ya'ni foyda ta'minlaydi, chunki foyda avval taqsimlanadi va so`ngra ishlatiladi. Ko`pchilik hollarda foydaning bir qismi soliq sifatida davlat byudjetiga o`tkaziladi.Uning yana bir qismi korxona egalari o`rtasida daromad sifatida taqsimlanadi.Bir qismi korxona ishchilari o`rtasida ularning foydadagi ulushi, ya'ni bajargan xizmatlarining miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Buning mohiyati shundaki, aynan shu taqsimotga ko`ra kishilarning mehnatiga yarasha haq, ya'ni ish haqi shakllanadi, shuningdek qo`shimcha har xil mukofotlar shaklida taqsimot amalga oshiriladi.

Nihoyat, foyda investitsiya, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ketadi. Foydaning shaxsiy daromad sifatida korxona egalari va ishchilariga tekkan qismi ularning o`zlarining ixtiyori bilan ishlatiladi.

Foydaning bir qismi korxonaning infrastrukturasini yaxshilash, ishlab chiqarishini yanada kengaytirish imkonini beradi, ya'ni investitsiya bilan ta'minlanadi.Demak, foyda kim qanday hissa qo`shganiga qarab taqsimlanib, o`zlashtiriladi. Bu taqsimotni quyidagicha ifoda etamiz!





Download 157.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling