Baholash .
Uyga vazifa . Mavzuni o’qish va savollarga javob berish
Sana____________ Sinf 9_______ Fan Konstitutsiyaviy huquq asoslari.
MAVZU : O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi
Darsning maqsadi :
ta’limiy maqsad : o’quvchilarga O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy davlat tuzilishi haqida ma’lumotlar berish.
B) Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash.
s)Rivojlantiruvchi maqsad: siyosiy fikrlashlarini oshirish
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: interfaol ( Aqliy hujum)
Dars jixozi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, huquqiy jurnallar va gazetalar, Prezident asarlari , Darslik, doska, bo’r.
Tashkiliy qism : Salomlashish . Davomat. Yangiliklar.
O’tilganni so’rash. Savol-javob.
1.Nega konstitutsiyaviy huquq normalarida oila jamiyatning negizi deb e’tirof etiladi .2.Oila -nikoh munosabatlarining huquqiy asoslarini sanab bering ?3.Ota -onalar va bolalarning huquq va majburiyatini sanag?4.Jamiyat va davlat oilaga nisbatan qanday majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi ?
Yangi mavzu: kichik ma’ruza .
Davlat tuzilish shakli --hokimiyatlarning markaziy hokimiyati bilan o’zaro munosabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan tashkil etilishidir. Jahonda ko’p mamlakatlar davlat tuzilishi unitar shaklga ega :Buyuk Britaniya , Fransiya ,Italiya ,Norvegiya , Shvetsiya, Ispaniya ,Portugaliy , Gretsiya ,Yaponiya , Finlandiya ,Misr.
Davlat tuzilishining boshqa bir shakli federatsiya : AQSH, Kanada ,Braziliya ,Meksika , avstriya ,Belgiya , Shvetsariya , Pokiston , Argentina ,Rossiya va boshqalar.
Davlat tuzilishi yana bir shakli konfederatsiya : Yevropa ittifoqi.
Mustahkamlash:guruhlarda ishlash.
1-guruh. Unitar davlat nima ?
2-guruh. Federatsiya nima ?
Do'stlaringiz bilan baham: |