MAVZU : Siyosiy partiyalar
Darsning maqsadi :
ta’limiy maqsad : o’quvchilarga O’zbekistonda siyosiy partiyalar haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: siyosiy fikrlashlarini oshirish
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: interfaol ( Aqliy hujum)
Dars jixozi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, huquqiy jurnallar va gazetalar, Prezident asarlari , Darslik, doska, bo’r.
Tashkiliy qism : Salomlashish . Davomat. Yangiliklar.
O’tilganni so’rash. Savol-javob.
1.Jamoat birlashmalarini davlat organlaridan farqi nima ?
2.Jamoat birlashmalari qaysi prinsiplar asosida tuziladi ?
3.So’z va matbuot erkinligi nima ?
4.Qanday axborot vositalari mustaqil ?
5.Ommaviy axborot vositalari ustidan senzuraga yo’l qo’yilmaydimi?
Yangi mavzu : kichik ma’ruza .
Kishilar hayotida turli-tuman muammolar mavjud.
Ana shu muammolardan ayrimini odam bolasi bir o’zi yecha olmaydi . ular bu muammolarni hal qilish maqsadida uyushadilar .
Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning muhim siyosiy huquqlaridan biri sanaladi .
Siyosiy partiya bu-- qarashlar manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tashkil topgan va o’z oldiga hokimiyatning davlat organlarini shaklantirish hamda ular faoliyatida ishtirok etishni maqsad qilib qo’ygan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir .
Mustahkamlash.Guruhlarda ishlash.
!-guruh .O’zbekiston xalq demokratik partiyasi.
2-guruh.Adolat sotsial demokratik partiyasi .
3-guruh .O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi .
4-guruh.Tadbirkorlar va ishbilarmonlar partiyasi .
5-guruh .60-moddani tahlil qiling ?
Baholash .
Uyga vazifa . Mavzuni o’qish va savollarga javob berish .
Sana____________ Sinf 9_______ Fan Konstitutsiyaviy huquq asoslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |