Mavzu : Korxonada ish vaqtidan foydalanish tahlili. Reja. Kirish


Download 194.56 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi194.56 Kb.
#1625330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu1

Kurs ishining obyekti : Yuqorida zikr etilgan sohalar, birinchi galda, biz uchun eng dolzarb bo‘lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajaradigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida biz tanlagan siyosatning mutlaqo to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan holda olib borilayotganini takror va takror isbotlamoqda» .
Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir.



  1. Mehnat unumdorligini o‘sish darajasi.

  2. Mehnat unumdorligi hisobiga mahsulot hajmini o‘sishi.

  3. Xodimlar sonini nisbiy kamayishi.

  4. Mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod.

  5. Mehnat unumdorligi o‘sish darajasini mehnat haqini o‘sish darajasiga nisbati.

Kurs ishining tuzilishi .Ushbu kurs ishi kirish qisim , asosiy qism 3 ta reja , xulosa va takliflar va foydalanlgan adabiyotlarda tashkil topgan .


  1. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi tahlili .

Bugungi raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida respublikamizda mehnat resurslariga katta e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev bu borada quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan edi: «Mamlakatimizdagi demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyatini inobatga oladigan bo‘lsak, bizda aholi, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Ularning soni yiliga taxminan 200300 ming kishiga ko‘paymoqda. Shu nuqtayi nazardan qaraganda ortiqcha ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal etish – mamlakatimizdagi eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biridir. Bu vazifani hal etishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri – kichik va o‘rta korxonalar sonini ko‘paytirish, xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir».
O‘zbekistonda doimiy yashaydigan aholi soni 2012-yilning 1oktabr holatiga ko‘ra 29 million 874,6 ming kishiga yetdi. Yil boshidan hisoblaganda mamlakat aholisi 319,2 mingtaga, ya’ni 1,1 % ga ko‘paygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar aholisi 15 million 269,4 mingta, qishloqlarda yashovchi aholi soni esa 14 million 605,2 ming kishini, ya’ni mos ravishda 51,1% va 48,9%ni tashkil qildi.
Tug‘ilish ko‘rsatkichi yanvar-sentabr oylarida 20,4 promillni ko‘rsatdi. 2011-yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 0,2 promillga kamaydi.
O‘lim holatlari esa 4,7 promill, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,1 promill o‘sganini ko‘rsatdi.
O‘lim holatlarining 62,4 % ni yurak-qon-tomir kasalliklari, 5,8 % ni nafas yo‘llari kasalliklari, 5,8 % ni baxtsiz hodisalar, zaharlanish va jarohatlar hamda 5,6 % ni oshqozon-ichak kasalliklari tashkil etadi.
Yanvar-sentabr oylarida FHDYO bo‘limlarida 189,3 mingta nikoh qayd etildi va 13,9 mingta ajrim ro‘yxatga olindi. Har 1000 nafar aholiga 8,5ta nikoh, 0,6 ta ajrim to‘g‘ri kelgan.
2021-yilning 9 oyi davomida Respublikaga kirib kelgan aholi 127,9 ming kishini, chiqib ketganlar esa 157,8 mingtani tashkil qildi. Shunga mos ravishda migratsiya saldosi -29,9 mingtani ko‘rsatdi.
Sentabr oyining oxiriga kelib mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan ish qidiriayotgan fuqarolar soni 18 mingtani tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 24,1 ming kishini ko‘rsatgandi.
Yanvar-sentabr oylarida ish bilan band bo‘lmagan aholi soni 621,7 mingtani tashkil qildi va bu iqtisodiy faol aholining 4,8% ni tashkil qiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda eng yirik mehnat bozori, mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad manbayi hisoblanadi. Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatni bandlik siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:



  • oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadallashtirishni ta’minlash;

  • mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‘batlantirish;

  • yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;

  • mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yengil, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;

  • xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish;

  • ishsizlarni kasbiy o‘qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish.

Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi korxonani ish kuchi bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mehnat resurslari ishlab chiqarishga uch yoqlama ta’sir etadi.

  1. Korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasi.

  2. Ish vaqtidan foydalanish.

  3. Mehnat unumdorlik darajasi.


Download 194.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling