Mavzu : Korxonada ish vaqtidan foydalanish tahlili. Reja. Kirish


Mehnat unumdorligi dinamikasi tahlili


Download 194.56 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi194.56 Kb.
#1625330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu1

Mehnat unumdorligi dinamikasi tahlili
Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich, uni oshirish – iqtisodiy o‘sishning asosiy omilidir. Mahsulot hajmini oshirishda mehnat unumdorligini ulushi yuqoridir. Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari: 
a) qiymat;
b) natura;
d) mehnat.
Unumdorlik darajasini natura shakli aniq ifodalaydi, ammo bu ko‘rsatkichni qo‘llash cheklangan. Mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkich bu har bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotdir.
Bulardan tashqari ishchining bir kunlik ish unumi, ishchining bir soatlik ish unumi ko‘rsatkichlari ham mehnat unumdorligini ifodalaydi. Tahlil etishda bu mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari o‘tgan yildagisi bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
Mehnat unumdorligining dinamikasi ko‘p jihatdan korxonani ishlab chiqarish hajmi, xodimlar soni, ish vaqti fondi, tannarxi va hokazo ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq.
Mehnat unumdorligini tahlil etishda ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisoslashuvga ega bo‘lgan korxonalarni ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlar aniqlanadi.
Mehnat resurslaridan samarali foydalanishni quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:

  • mehnat unumdorligini o‘sish sur’ati;

  • mahsulot hajmini ortishida mehnat unumdorligi o‘sishining
    hissasi;

  • xodimlar sonini nisbiy qisqarishi;

  • ish haqi fondidan nisbiy iqtisod;

  • mehnat unumdorligining o‘sish sur’atini o‘rtacha ish haqi o‘sishiga nisbati.

Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari: - qiymat, natura va mehnat a) qiymat shakli Mu x bunda Mu-mehnat unumdorligi (Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot);
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot solishtirma ulgurji bahoda
X – xodimlarni ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni.
b) natura Mu Qtonna kg m, , ,...., x
v) mehnat Mu Т Q
T - mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt (kishi-kun, kishi - soat)
Q – mahsulot miqdori (dona, kg, va h.k.)
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining qiymat shakli kamchiliklardan xoli emas. Masalan, sarflangan xomashyo, yoqilg‘i, energiya narxlari va ta’riflari, mahsulot tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlar unumdorlik darajasiga ta’sir etadi.
Natura shakli mehnat unumdorligini aniq ifodalaydi, ammo bu o‘lchov birligi bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo‘llanilishi mumkin (ko‘mir qazish, elektr energiya, neftni qayta ishlash korxonalari).
Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari:

  • bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot;

  • bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot; - ishchini bir kunlik ish unumi; - ishchini bir soatlik ish unumi.

Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil etish uchun ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisosga ega bo‘lgan korxona ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlar aniqlanadi.
Mehnat unumdorligini umumiy ko‘rsatkichi - bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotdir (GVx). Bu ko‘rsatkich ishchini bir kunlik, bir soatlik (ChV) ish unumlaridan tashqari, ishchini jami xodimlar tarkibida tutgan ulushi (Ul), bir ishchini ishlagan kunlari (K) va ish kuni davomiyligi (D) ga ham bog‘liq.
Ishchini bir soatlik ish unumini ortishi, ishchilarni ish vaqtidan to‘liq unumli foydalanish bir xodimning mehnat unumdorligini oshishini ta’minlaydi, demak, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmini quyidagicha ifodalash mumkin:
GVх =Ul K D ChV
O‘z navbatida, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmi quyidagi omillar ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi.
GVи K D ChV
Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot (GVx) qisqargan shaklda quyidagi omillar ko‘paytmasidan iborat:
GVх =Ul GVи

Download 194.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling