Mavzu : Korxonada ish vaqtidan foydalanish tahlili. Reja. Kirish
Korxonaning barcha bo‘g‘inlarida xizmat qiladigan xodimlar ikki guruhga bo‘linadi
Download 194.56 Kb.
|
Mavzu1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat ishlab chiqarish xodimlari ishlab chiqarishdagi roliga qarab quyidagi kategoriyadagi xodimlarga bo‘linadi
- Mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlili
- Jami: 838 820
Korxonaning barcha bo‘g‘inlarida xizmat qiladigan xodimlar ikki guruhga bo‘linadi:
Sanoat ishlab chiqarish xodimlari. Noishlab chiqarish sohasidagi xodimlar. Mehnat resurslaridan foydalanish tahlili. Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qiladigan kategoriyadagi sex uskunalarini kapital ta’mirlash, korxona boshqaruv bo‘limi, konstruktor byurosi, yong‘indan muhofaza qilish sohasidagi xodimlar sanoat ishlab chiqarish xodimlari deb ataladi.Transport, uy-joy xo‘jaligi, bolalar bog‘chasi va yaslisi, madaniyma’rifiy sohalardagi xodimlar noishlab chiqarish xodimlari tarkibiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari ishlab chiqarishdagi roliga qarab quyidagi kategoriyadagi xodimlarga bo‘linadi: ishchilar; xizmatchilar; rahbar xodimlar; mutaxassislar; qorovullik xizmati xodimlari. Ishchi kuchining tahlili korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanishini aniqlashdan boshlanadi. Buning uchun jami sanoat ishlab chiqarish xodimlarini soni shu jumladan, ayrim kategoriyadagi xodimlari rejasi bilan taqqoslanib xodimlarni ortiqcha, yetishmasligi aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi nafaqat korxonani umumiy miqdorda mehnat resurslari bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lmay, balki xodimlarning malakaviy darajasi va kategoriyalari bo‘yicha tuzilishiga bog‘liq. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga baho berishda asosiy e’tibor mehnat resurslaridan foydalanishga qaratilishi lozim. Mehnat resurslaridan foydalanishni quyidagi chizma yordamida ifodalab berishimiz mumkin. Mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlili
Tahlil etishda sanoat ishlab chiqarish xodimlarini soni reja va o‘tgan yildagisi bilan solishtirilib, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va dinamikasi aniqlanadi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining strukturasi tarmoq xususiyati, mahsulot nomenklaturasi, ixtisoslashish darajasiga bog‘liq. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan korxonada o‘rganilayotgan davrda sanoat ishlab chiqarish sohasidagi mehnat resurslari tarkibida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Xususan, o‘tgan yilga nisbatan jami mehnat resurslari soni hisobot yilida 24 kishiga kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining 18 kishiga, xizmatchilarning 6 kishiga, rahbar xodimlarning 4 kishiga va qorovullik xizmati xodimlarining 2 kishiga kamayganligi ta’sir etgan. Joriy yilda mutaxassislar soni esa o‘tgan yilga nisbatan 6 kishiga ko‘paygan. Korxonada hisobot yilida belgilangan biznes-rejaga nisbatan ham mehnat resurslari soni 6 kishiga kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining rejalashtirilganiga nisbatan 6 kishiga, xizmatchilarning 3 kishiga kamayganligi, rahbar xodimlar va mutaxassislarning ortishi ta’sir etgan. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonadagi sanoat ishlab chiqarish sohasidagi mehnat resurslarining asosiy salmog‘ini ishchilar va xizmatchilar tashkil etmoqda. Xodimlar tarkibida mutlaq tarkibiy o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsada ularning umumiy tarkibdagi salmog‘ida deyarli keskin o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Rahbar xodimlarning biznesrejada belgilanganiga nisbatan ortishi korxona uchun samara bermaydi. Shu sababli korxonada bevosita ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridanto‘g‘ri qatnashadigan xodimlar sonini oshirishga harakat qilishi, bu esa samaradorlikni oshirishga olib kelishi mumkin. Download 194.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling