Mavzu : Moliyaviy tahlilning maxsus usullari. Reja : Kirish. Moliyaviy tahlilning asosiy usullari va turlari
Moliyaviy tahlil va uning tahlil etilishi
Download 37.91 Kb.
|
OTABEK tahlil 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy tahlilni axborotlar tizimi va uning oldiga qo`yiladigan talablar
Moliyaviy tahlil va uning tahlil etilishi
Moliyaviy tahlilni tashkil etilishida ichki va tashqi tahlil turlarini tashkil etilishiga ahamiyat berish lozim. Ichki moliyaviy tahlil shu firma, kompaniya xodimlari tomonidan tashkil etilsa, tashqi tahlil firma, kompaniya faoliyati bilan qiziquvchi uchinchi shaxslar tomonidan tashkil etiladi. Moliyaviy tahlil funktsiyasini a’lohida tahlil xizmat bo’limini ochish orqali, yollangan tahlilchidan foydalanish yoki alohida xodimga yuklash orqali bajarilishi, mulk egasi tomonidan mustaqil yuritilishi kabi tashkiliy shakllarini ajratish mumkin. Tashqi tahlilchilar tomonidan o’tkaziladigan tahlil tahlil natijalaridan manfatdor tashkilotlar va xodimlar tomonidan mustaqil yoki shartnomaviy asosda tashkil etilishi mumkin. Tahlilni tashkil etish bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin. 1. Tahlil maqsadini belgilash va uning rejasini tuzish; 2. Tahlil yuzasidan zarur bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish, ularni saralash, ko’rsatkichlar holatiga keltirish, analitik jadvallar tuzish; 3. Tahlilni o’tkazish; 4. Tahlil natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va chora tadbirlarni belgilash. Moliyaviy tahlilni 3 ta bosqichni, ya’ni; tahlil maqsadini aniqlash va unga yondashish yo’llarini belgilash; tahlil uchun taqdim qilinadigan axbarotlar sifatiga baho berish; tahlilni usullaridan foydalangan holda tahlil o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish bosqichlari. Ushbu tarkiblashni ham to’g’ri deyish mumkin. Lekin unda tahlilni birlik bosqichlari umumlashtirilgan tarzda ifoda etilgan. Tahlil bosqichlarini 3 ta, 4 ta, 5 ta, 7, 9, 12 ta bosqichdan iborat qilib belgilash ham mumkin. Ular bir-biridan mazmun jihatdan farqlanmaydi. Birlik ifodalarni alohida bosqich qilib belgilanishigina ularni qatorini kengaytirgan halos. O’quvchi turli adabiyotlarni o’rganish asosida noto’g’ri xulosaga kelmasligi lozim. Negaki ular mazmun jihatdan aynan bitta narsani ifoda etadi. Moliyaviy tahlilni axborotlar tizimi va uning oldiga qo`yiladigan talablar Tahlil natijalari va uning sifati ko’p jihatdan uning axborotlar manbayi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. Biz iqtisodiy tahlilni axborotlar tizimiga quyidagi manbalarni kiritamiz; -Hisob ma’lumotlari; -Hisobdan tashqari ma’lumotlar. Hisob ma’lumotlariga; buxgalteriya hisobi va hisoboti, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiritiladi. Hisobdan tashqari ma’lumotlarga; tekshirish natijalari, yig’ilish qarorlari, reja ma’lumotlari, turli katologlar, nashrlar, statistik byuletenlardan olingan ma’lumotlar kiradi. Iqtisodiy tahlilni tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy va boshqaruv tahliliga nisbatan yuqoridagi tarkiblashni berib o’tish esa iqtisodiy jihatdan to’g’ri bo’lmaydi. Negaki, boshqaruv tahlilini axborot manbalari moliyaviy tahlilni axborot manbalaridan o’zining ifoda etilishi, mazmuni, ko’lami, rasmiylashtirish tartibi, olish tartiblari va boshqa belgilari bo’yicha farq etadi. Moliyaviy tahlilni quyidagi axborot manbalari tarkiblanadi; 1. Tashqi moliyaviy tahlil-buxgalteriya hisoboti asosida; 2. Ichki moliyaviy tahlil-buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda tezkor hisobotlar asosida. Moliyaviy tahlilni axborot manbalariga quyidagilar kiritiladi; 1. buxgalteriya hisobi va hisoboti; 2. statistik hisob va hisobot ma’lumotlari; 3. operativ hisob va hisobot ma’lumotlari; 4. Tanlab olingan hisobot Moliyaviy tahlilni ichki va tashqi tahlil turlariga nisbatan tarkiblangan axborot manbalari to’g’ri belgilangan. Negaki, uning iste’molchilari manfaatlaridan kelib chiqqan holda tahlil olib borish uchun zaruriy bo’lgan axborotlar to’g’ri ifoda etilgan. Yuqoridagi qarashlarga qarama qarshi tarzda biz moliyaviy tahlilni axborotlar bazasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin; 1. Moliyaviy hisob va hisobot malumotlari; 2. Tanlab olingan ma’lumotlar (moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob varaqalari bo’yicha ma’lumotlar va h.k. Moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlariga iqtisodiy jarayonlarni o’zida ifoda etuvchi umumlashgan ma’lumotlar kiradi. Ushbu axborotlar moliyaviy hisobot shakllarida aks etadi. Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, tashqi moliyaviy tahlil faqat e’lon qilinadigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar asosida o’tkaziladi. Tashqi moliyaviy tahlil moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlari, tanlab olingan ma’lumotlar asosida tashkil etiladi. Moliyaviy hisobot shakllariga; 1-shakl”Buxgalteriya balansi” 2-shakl “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi” hisobot 3-shakl “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot 4-shakl “Pul oqimlari to’g’risidagi” hisobot 5-shakl “Xususiy kapital”to’g’risidagi hisobot -ma’lumotnomalar (2-A, 2-B,..,) va moliyaviy hisobotga ilovalar. Download 37.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling