Mavzu : Moliyaviy tahlilning maxsus usullari. Reja : Kirish. Moliyaviy tahlilning asosiy usullari va turlari


Kursh ishini vazifalari va funksiyalari


Download 37.91 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2023
Hajmi37.91 Kb.
#1197036
1   2   3   4   5
Bog'liq
OTABEK tahlil 1

Kursh ishini vazifalari va funksiyalari : Hozirgi vaqtda turli mualliflarga tegishli moliyaviy holatni baholashning bir necha usullari mavjud. Korxonalarning moliyaviy holatini diagnostikasi deganda bu ma'lum bir davr uchun moliyaviy ko'rsatkichlarni batafsil tahlil qilish asosida ushbu holatni baholash va kelajakda uning o'zgarishi yo'nalishi tushuniladi . Moliyaviy tahlil subyektlariga tahlilchilarning keng qamrovli guruhi kiritiladi.
Korxonalar moliyaviy holatini baholash korxonaning mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va banklar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishlari uchun juda katta ahamiyatga ega. Zero, ijobiy moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan korxonalar hech qanday to‘siqlarsiz kredit olishlari va uning hisobidan tovar-moddiy boyliklarni sotib olishi, salmoqli mablag‘larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga, asbob-uskunalarni yangilashga yo‘naltirishlari mumkin. Salbiy moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan korxonalar bankdan kredit olmasada, o‘z moliyaviy ahvolini yaxshilash, ishlab chiqarish, sotuv hajmini, o‘z mablag‘lari miqdorini, rentabellik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish lozimligi to‘g‘risida axborotga ega bo‘ladilar. Korxonalarning moliyaviy holati bu: - kompleks ravishdagi tushuncha bo’lib, u o’z ichiga keng ko’rsatkichlar tizimini oladi, ular korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi; - korxonalar faoliyatidagi butun ishlab chiqarish va xo’jalik omillarining xarakati, ularning o’zaro aloqadorligi natijasidir; - korxonalarning mo’tadil ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa faoliyati uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanish ifodasidir; - korxonalarning boshqa xo’jalik sub’ektlari, organlari va tashkilotlari bilan o’zaro aloqalarni xaqiqiy aks ettirishidir.
Kurs ishining tuzulishi . Ushbu kurs ishi 4ta reja asosida va xulosa takliflar , foydalanilgan adabiyotlar va saytlardan iborat .


  1. Download 37.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling