Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


- mavzu: Eskirgan so’zlar uslubiyati


Download 127.06 Kb.
bet13/46
Sana19.10.2023
Hajmi127.06 Kb.
#1709975
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi

14- mavzu: Eskirgan so’zlar uslubiyati

Reja:
1.So’zlarning eskirishi.


2.Eskirgan so’zlarning nutqda qo’llanish holatlari.
3.Eskirgan so’zlarning turlari.
Tayanch so’z va iboralar: eskirgan so’zlar, tarixiy so’zlar, arxaik so’zlar, ko’hna so’zlar.
Til tirik ekan , unda doimo yangilanish eskirish sodir bo’lib turadi. Ayrim so’zlar ifodalaydigan narsa va hodisalar iste’moldan chiqsa , ular bilan bog’liq so’zlar ko’hna so’zlar qatoridan joy oladi. Ba’zilari o’rniga yangi so’z kelib , uning o’rnini egallaydi – avvalgi so’z iste’moldan chiqadi.
So’zlar umumiste’moldan chiqsa ham , badiiy asarlarda davr ruhini berish uchun qo’llanaveradi. Tarixga oid tadqiqotlarda ham iste’moldan chiqib ketgan so’zlar ishlatiladi.
Eskirgan so’zlar ham badiiy va publitsistik uslublarda juda katta uslubiy qimmatga ega. Siz bilasizki, eskirgan so’zlarning ikki turi mavjud: arxaik so’zlar (dudoq – hozirgi muqobili lab; meng – hozirgi muqobili xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi) va tarixiy so’zlar (yasovul, bek, xon, qozi, cho’ri kabi) . Tarixiy so’zlar tarix mavzualri yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o’tmishni real tasvirlash maqsadi bilan qo’llanadi. Arxaik so’zlar matnga tarixiy kolorit berish bilana birga , zamonaviy mavzular yoritilgan badiy va publitsistik asarlarda ko’tarinkilik , tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi.
Mustahkamlash uchun savollar:


  1. Ko’hna so’zlardan ko’proq qaysi uslub talabiga ko’ra foydalaniladi?

  2. Diniy adabiy manbalarda keng qo’llanadigan ko’hna so’zlarga misollar keltiring.

  3. “Qissasi Rabg’uziy” dan olingan parcha bilan tanishing . Matn tabdiliga qiyoslab , iste’moldan chiqqan so’zlarni aniqlang. Ayting-chi , anjirning “jazolanishi”dan qanday xulosa chiqarish mumkin?

Xabarda andog’ kelur, anjir yig’ochi Odam va Havvog’a besh yaburg’oq berdi. Tong otmishdan kezin ul besh yaburg’oqdan birin kiyik yedi – yipor bo’ldi, birin sigir yedi – anbar bo’ldi, birin aru yedi – asal bo’ldi, birin qurt yedi – ipak bo’ldi, birin odam yerga tikdi – yung bo’ldi. Qiyomatg’a tegi o’g’lonlarina kafan bo’ldi.
NUKTA. Anjir yig’ochi Odamga yaburg’oq bermishi uchun tengri azza va jalla bazirladi. Qmug’ yemish uch turluk turur, kimining tishi yinur olma , amurd mengizlik , kimining ichi yinur tishi yinmaz yang’oq , bodom mengizlik , kimining toshima yinmaz, ichima yenmaz qag’un, xarbuz mengizlik. Ammo anjirning toshi hamyinur , ichi ham yinur.
(Tabdili)
Xabarda kelurki, anjir daraxti Odam va Havvoga besh yaproq berdi. Tong otgandan keyin o’sha besh yaproqning birini kiyik yedi –ifor (mushk) bo’ldi. Birini sigir yedi – anbar bo’ldi. Birini ari yedi- asal bo’ldi. Birini qurt yedi – ipak bo’ldi. Birini Odam yerga ekdi – yung bo’ldi. Qiyomarga qadar farzandlariga kafan bo’ldi.
NUKTA. Olloh taolo Odamga yaproq berganligi uchun anjir daraxtini jazoladi. Ma’lumki, barcha yeguliklar uch turli bo’ladi: birining tashi yeyilur – olma , nok kabi , birining ichi yeyilur – yong’oq , bodom singari , birining tashi yeyilmas , ichi yeyilur – qovun , tarvuz kabi. Ammo anjirning tashi ham yeyilur, ichi ham yeyilur.



Download 127.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling