Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-MAVZU: Ish qog’ozlari ustida ishlash


Download 127.06 Kb.
bet16/46
Sana19.10.2023
Hajmi127.06 Kb.
#1709975
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
Bog'liq
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi

17-MAVZU: Ish qog’ozlari ustida ishlash
Reja :
1. Ish qog’ozlari haqida ma’lumot.
2. Ish qog’ozlari matniga qo’yiladigan talablar.
3.Ish yuritish jarayonida eng ko’p ishlatiladigan hujjatlar haqida ma’lumot.

O’rta Osiya hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar , turli moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o’ziga xos hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O’rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo’ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo’ldi.


O’zbek tilining rasmiy – idoraviy til sifatida qo’llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so’ng o’zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o’ziga xos mazmuni , muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi.Sho’ro hukmronligi davrida o’zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo’lsa-da, amalda o’zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past edi. O’bekiston mustaqillikka erishgach , o’zbek tilining davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko’ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o’zida tuzilib, undan shu muassasaning o’zida foydalanilsa , ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari ( buyruq, ko’satma, bayonnoma kabi) ga kiradi.
Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’ldi (shxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).
Rasmiy ish hujjatlari qat’iy qolip asosida yoziladi. Shaxsning nutqiy madaniyati ushbu qoliplarni bilishi va unga rioya qilishi bilan belgilanadi.
Rasmiy ish hujjatlariga erkin, ijodiy yondashish mumkin emas. Shu jihati bilan boshqa uslub janrlaridan farq qiladi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:



  1. Hujjatchilik tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Hujjat turlari nechaga bo’linadi?

  3. Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?


Download 127.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling