Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
-Mavzu. Nazorat ishi va tahlili
Download 127.06 Kb.
|
Mavzu Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-Mavzu: Til birliklarini tanlash imkoniyati
8-Mavzu. Nazorat ishi va tahlili
Reja: 1.Ijodiy bayon matni bilan tanishtirish. 2. Ijodiy bayon yozish 3. Nazorat ishi tahlili. Quyida keltirilgan mavzu asosida matnni o’z fikrlaringiz bilan kengaytirib, ijodiy bayonni reja tuzib yozing . Farzand burchi Odamzod o’z ibtidosidan boshlab hozirgi kungacha bir ajoyib fazilatini yorug’ yuz bilan saqlab keladi. Bu fazilat – ota – ana oldidagi farzandlik burchining har vaqt, hamma yerda sharaf bilan bajarilishidir. Farzand katta yo kichik yoshda bo’lishidan qat’i nazar ota – onasining hurmarini, demak, xizmatini qiladi. Bundan o’zgacha bo’lishini tasavvur qilish qiyin , albatta. Shuning uchun qiyinki, farzandini ne-ne umid, ne-ne intizorlik bilan dunyoga kelturguncha , ne-ne mehnat, ne-ne mashaqqat bilan uni voyaga yetkazib, xalq xizmatiga topshirguncha ota-ona yuzlariga ajin, sochlariga oq tushadi… 9-Mavzu: Til birliklarini tanlash imkoniyati Reja: 1. Nutqda til birliklarini tanlash. 2. Til ifoda imkoniyatining kengligi, xoslanganligi va cheklanganligi. 3. “O’qish-o’sish demakdir” matni ustida ishlash. Til taraqqiyotining biror davrida so’z, ibora yoki qo’shimcha ortiqcha bo’lmaydi, mobodo bo’lsa u tezda nutq sahnasidan tushib ketadi. Ammo har bir qo’shimcha so’z va iboraning qo’llanish o’rni qat’iy. Ayrim so’zlar barcha uslubda cheklanmay qo’llanilsa, ayrimi faqat bir uslubga xos bo’ladi. So’zlovchi tildan erkin foydalanadi. Ammo til ifodalarini tanlashda muayyan majburiyatga ham ega. Unda til ifodalarining qay birini qachon qo’llash kerakligi haqida malaka shakllangan. So’zdan to’g’ri va o’rinli foydalanish har qanday nutqning aniq va ta’sirli bo’lishini ta’minlaydi. Bunda so’zning leksik ma’nosi bilan bir qatorda uning uslubiy bo’yog’ini ham yaxshi bilish zarur. So’zning u yoki bu uslubga xoslanganligi va so’zdagi salbiy yoki ijobiy munosabat ifodasini bilmasdan turib , uni to’g’ri va maqsadga muvofiq holatda qo’llab bo’lmaydi.Qaysi uslub bo’lishidan qat’I nazar, nutq tuzuvchi buni inobatga olishi lozim. Uslubning raso bo’lishida til birliklari orasidan eng muvofig’ini tanlash hal qiluvchi ahamiyatga molik. Chunki tilde o’zaro ma’nodoshlik, shakldoshlik va boshqa xususiyatlarga ega bo’lgan birliklar talaygina bo;lib, ular tilning o’ziga xos boyligini , ranginligini yuzaga keltiradi. Mustahkamlash uchun savollar: Nutq jarayoni yana qaysi fan sohalari tomonidan o’rganiladi? So’z qo’llashda doim ham uslubiy me’yorlarga amak qilindimi? Yozma ishlarda til birligini qanday xatoliklarga yo’l qo’yish mumkin? Download 127.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling