Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


Download 130.51 Kb.
bet5/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

5-Mavzu: Badiiy uslub
Reja:


    1. Badiiy uslub tili.

    2. Badiiy uslub janrlari, ifoda xususiyatlari, o’ziga xos qoliplari.
    Badiiy uslubdagi matnlar ustida ishlash.

Tayanch so’z va iboralar: Bo’yoqdor til birliklari ko’chma ma’noli ifodalar, ritorik so’roq gaplar, yig’iq va to’liqsiz gaplar
Badiiy uslub nutqning boshqa uslublaridan dastlab o’zining obrazliligi va estetik ta’sir etish vazifasi bilan ajralib turadi. Badiiy nutqda til leksikasining hamma qatlamlari ishtirok etadi. Chunki, yuqorida zikr etilgan ijtimoiy hayotining u yoki bu sohasini ifodalasa, badiiy uslub inson faoliyatining barcha qirralarini o’zida aks ettiradi, hammaga taalluqli bo’ladi. Unda turli kasb-kor, fan-texnika, xalqning maishiy hayotiga tegishli rang-barangso’zlar qo’llaniladi.
Til vositalarini ishlatishda xuddi shu. Bu uslubda til vositalari obraz va manzaralar yaratadi, kshilarga estetik ozuqa berish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun undan badiiy asar yaratishda yozuvchi shoirlar juda unumli foydalanishadi.
Badiiy uslub uchun shaxsiy obrazli so’z ishlatish xarakterlidir. Har bir muallif o’ziga xos ishlatish usullaridan foydalanadi. Bu bilan o’ziga xoslikda asarning o’qimishli bo’lishini ta’minlashga intiladi. Badiiy nutq hamma narsaning yangi , ohori to’kilmagan , boshqalar ishlamagam bo’lishini xohlaydi. Shu tufayli shoir va adiblar hammaga ma’lum til vositalaridan o’zlarigagina xos usulda foydalanishga harakat qiladilar. Shaxsiy obrazlilik publitsistik uslubda ham bordir.Obrazlilik so’zlashuv uslubida ham bo’ladi. Lekin ular ko’pchilik tomonidan qayta-qayta ishlatilgan, “qotib qolgan” , “qoliplashgan” holda amal qiladi. Badiiy uslubda obrazlilik yangi , shirador bo’ladi. Chunonchi , so’z qo’llashdagi o’ziga xosligi , badiiy vositalarning yangiligi quyidagi she’riy parchadayaqqol ko’rinib turadi:
Kumush choyshab yopib dalalar,
Qor qo’ynida uxlab qoladi,
Ufqlarga qizil xol tashlab,
Zar soch yozib quyosh botadi.
Goh bulutlar ko’kda yasanib,
Yerga oq yaproqlar qo’yadi.
Izg’irinlar o’ynab-quvnashib,
Yaproqlarni quchib yotadi.
Goh uzoqdan oq-zar ko’ylakda ,
Ko’rinadi tog’lar, tepalar,
Goh cho’zilib quyuq o’rmonlar
Ko’z o’ngidan asta o’tlar…
Chechaklar, maysalar, chamanlar
Yashnagandir bahor kunlari.
Yulduzlar-la to’lib kulgandir,
Bu qirlarning oltin turlari.
Oltin dengiz kabi bug’doyli
Quyoshning nuridan emgandir…
Shoir quyosh nurini , tog’, tepalarni qoplagan qorni , tunni, bug’doylarni oltinga qiyoslaydi. Bunda oltinning qiymati emas , faqat rangi e’tiborga olinadi. Umuman , tasvirda oltin, kumush, zar kabi so’zlarni ko’p istifoda qilish Uyg’un she’riyatiga xosdir.
Bu uslublarda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etishi ko’lami, ijod usuli, poetic mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko’ra , badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o’ta qamrovli va boy nutq ko’rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabiyot aarlari shu uslubda yaratiladi.

Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling