Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


Download 130.51 Kb.
bet4/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

4-Mavzu: Ilmiy uslub
Reja:

1. Ilmiy uslub tili
2. Ilmiy uslubning mualliflari, janrlari va qoliplari
3. Ilmiy uslubdagi matnlar ustida ishlash
Tayanch so’z va iboralar: Maxsus termin, murakkab jumla, kirish va kiritmali qurilma, maqola, tezis, dissertatsiya, monografiya.
Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab , shuningdek, kimga mo’ljallanganligiga nisbatan o’zaro farqlanadi. Masalan, akademik bilimlar fan sohalaridagi ma’lum bir yo’nalishning deyarli barcha tomonini qamrab oladi va o’z ko’lami , leksikasining murakkabligi bilan faqat shu soha xodimlariga mo’ljallangan bo’ladi. Unda muayyan shartli belgi , formula, bayon qilish materiali ko’zga tashlanadi. Bunday matnni oddiy kishi tushunishga qiynaladi.
Ilmiy uslublardagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo’ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo’lishi mumkin. Emotsionallik , obrazlilik mavjud bo’lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi.Ilmiy uslub shu xususiyati bilan ommabop uslubga yaqin turadi. Televizor, radio, gazeta-jurnallarda beriladigan ilmiy maqolalar ilmiy-ommabop bo’lishga talab qilinadi. Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi(ishlatilganda esa izoh beriladi), fikrlar qiziqarli ifodalanadi. Masalan, dunyoga mashhur “Jilovlanmagan Afrika”, “Ekspeditsiya”, “Kusto komandasining suvosti sarguzashtlari” kabi ilmiy-ommabop filmlarda faktlar sodda tilde tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
Umuman olganda, nutq uslublari tilimizdagi til materialidan turli maqsad yo’lida foydalanish natijasida hosil bo’ladi. Ularning har biri o’ziga xos ichki imkoniyatlarga egaki ular alohida tadqiqotlar mavzusi bo’lgan. Shuning uchun uslublarning asosiy xususiyatlariga e’tibor berildi , xolos.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


  1. Ilmiy uslubning fan texnika taraqqiyoti bilan qanday bog’liqligi bor?

  2. Ilmiy nutqda fikr aniq bir shaxs tomonidan bayon qilinishi mumkinmi?

  3. Ilmiy matnda qo’shma gaplarning qaysi turidan keng foydalaniladi?


Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling