Mavzu : O`rta osiyo satrapliklarida boshqaruv tizimi (Ahamoniylar hukmronligi davridagi) Reja: Kirish
Download 40.46 Kb.
|
Amanova Gulchehra
Mavzu : O`rta osiyo satrapliklarida boshqaruv tizimi (Ahamoniylar hukmronligi davridagi) Reja: Kirish Qadimgi Eron tarixi manbalari va tarixnavisligi Ahmoniylar davlatining ijtimoiy va davlat tuzumi Qadimgi Eron madaniyati Qadimgi Eron va O`rta Osiyo san`ati Kirish. Eron bepoyon tog'li va ko'p cho'llardan iborat kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tog' oldi hududlari juda ko'p. Shimolda Elburs tog' tizimi va unga Turkman, Xuroson tog'lari qo'shiladi. G'arbdan va janubdan Zagros va janubiy Eron tog'lari o'rab turadi. Janubiy g'arbiy Eronda (Xuziston) Koran va Kerxa daryolari vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud. Qadimgi g'arbiy Eronda elam, lulubey, qutiy (gutiy) va kassit hind-yevropa tillarida so'zlashadigan qabilalar yashagan. Eron so'zi «ariana» — oriylar mamlakati degan ma'noni bildiradi. Er.av. II ming yillikda oriy qabilalari Eron, Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz ortiga tarqalgan. Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.av. III—I ming yilliklardagi janubiy-g'arbiy Eron hududi bo'lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag'ishlov matnlari, davlatlararo shartnomalardir. Qadimgi fors davlati tarixi bo'yicha manbalar xilma-xil: bu xo'jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilida elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972-yilda fransuz arxeologlari Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserksyozuvlari nusxalari topilgan. Persepolda er.av. Ill ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan. Fors qabilalarini Old Osiyo chegaralaridagi harakati to'g'risida er.av. IX-VII asrlarga oid Osuriya yozuvlari ma'lumot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga old loy taxtachalarda yozilgan 10000 ming bobil xususiy huquqiy va ma'muriy xo'jalik hujjatlari mavjud. Shuningdek, Misrdan forslar davriga oid turli xil ma'muriy xo'jalik hujjatlari, podsho Kumbizning Misr ibodatxona mulklarini cheklash to'g'risidagi dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikatsiya qilish to'g'risidagi farmoni katta qiziqish uyg'otadi. Download 40.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling