Mavzu : O`rta osiyo satrapliklarida boshqaruv tizimi (Ahamoniylar hukmronligi davridagi) Reja: Kirish
Midiya podsholigi (er. av. VII-VI asrlar)
Download 40.46 Kb.
|
Amanova Gulchehra
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eron davlatining tashkil topishi
Midiya podsholigi (er. av. VII-VI asrlar) Midiya shimoliy-g'arbiy Eronda joylashgan edi. Mamlakatning g'arbiy qismi Zagros tog'i hududi bo'lib, keyinchalik Midiya Atropatenasi deb atalgan. Atropatenadan sharada Midiyani tekislik qismi joylashgan. Er. av. Ill—II ming yilliklarda bu hududlarda kassit, kutiy, xurrit tillarida so'zlashadigan o'troq va ko'chmanchi chorvadorlar yashaganlar. Er. av. VII asrda g'arbiy Eronda ilk siyosiy birlashmalar paydo bo'ladi. Shunday birlashmalardan biri Manna podsholigi edi. Er. av. 672-yilda Midiya qabilalari yo'lboshchi Kashtariti boshchiligida Osuriyaga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. Er. av. 67I- yilda midiyaliklar o'z hududlarining g'arbiy qismidan osuriyaliklarni haydab chiqarib, mustaqil davlat tuzganlar. Kashtariti sekinasta Midiya qabilalarini birlashtiradi. Er. av. VII asr o'rtalarida Midiya qadimgi sharqda kuchli davlatga aylanadi. Er. av. 625-yil Kashtaritining o'g'li Kiaksar skiflarning bosqinini bartaraf qilib, barcha midiya qabilalarini birlashuvini to'liq tugallaydi va poytaxti Ekbatana bo'lgan yagona davlat tuzadi. U qurol turlari bo'yicha (nayzabardorlar, kamonchilar, otliqlar) bo'lingan muntazam qo'shin tuzadi. Shundan so'ng, Midiya raqibi Osuriyaga qarshi dastlab o'zi, keyin Bobil bilan ittifoq bo'lib kurash boshlaydi. Er. av. 612-yil avgustida Midiya va Bobil qo'shinlari Osuriyaning poytaxti Nineviyani yer bilan yakson qiladilar.
Er. av. 609-yilda ular Xarran shahrida osur qo'shinlari qoldiqlarini tor-mor qilganlar. Midiya shimoliy Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda fors, Kaspiy dengizini janubi-sharqidagi Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Er. av. 593-yilda midiyaliklar Urartu, skif davlatlarini Sakasena va Mannani o'ziga qo'shib oladi. Er. av. 585-550-yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya katta va qudratli davlatga aylanadi. Bu vaqtda Elam ham qo'shib olinadi. Er. av. 550-yilda Midiyaga qarshi forslar qo'zg'olon ko'tarib, uni bosib oladilar. Eron davlatining tashkil topishi Er. av. IX—VII asrlaridagi Osuriya yozuvlarida sharqda sobiq Elam hududida joylashgan Parsuash davlati tilga olinadi. Bu hududda er. av. VII asrda Parsuashdan tashqari, Elamdan sharqda elamliklarga qaram bo'lgan, bir vaqtni o'zida ahmoniylar urug'idan bo'lgan yo'lboshchilar boshchilik qilgan fors qabilalari ittifoqiga kirgan kichik davlatlar mavjud edi. Er. av. VII asrning 40—30-yillarida Osuriya podshosi Ashshurbanipal Elam davlatini tor-mor qilgach, forslar Elam hukmronligidan ozod bo'lib Midiyaga qaram bo'ladilar. Er. av. VI asfda forslar Midiya hukmronligini ag'darib tashladilar va uni davlatlari tarkibiga qo'shib oldilar. Er. av. 559-yilda fors podshosi bo'lgan Kayxusrav I keyingi ikki yil davomida Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Er. av. 545- va 539-yillarda Kayxusrav hozirgi Afg'oniston, O'rta Osiyo yerlarini bosib oladi. 1 Fors davlat hududi Hindistonning shimoliyg'arbiy chegaralarigacha, Hindikushning janubiy yon bag'irlari va Sirdaryo havzalarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo'nalishlarda o'z ta'sirini mustahkamlagach, Bobilga yurish qiladi. 539-yilda ikki oy davomida avgust-sentabr oylari Bobil yerlari bosib olinadi. Bobil podsholigi rasman saqlab qolinadi, uning ijtimoiy tuzilmasi o'zgartirilmaydi. Bobil shahri fors podsholari turadigan qarorgohlardan biriga aylanadi. Хрестоматия по истории Древнего Рима. Под. Ред. С.Л.Утченко. М., I962. 145-s. Bobil davlat apparatida bobilliklar yetakchi o'rinda qolaveradi, bobilliklarning qadimgi diniy e'tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar. Amalda Bobil mustaqil siyosiy birlashmadan ahmoniylar satrapiyasi (viloyatiga) aylanadi, mamlakat mustaqil siyosat yuritishdan mahram bp'ladi, ichki siyosatda oliy harbiy va ma'muriy hokimiyat fors podshosi noibi qo'lida bo'lgan. Bobil bosib olinganidan so'ng, barcha g'arbiy mamlakatlar (Suriya, Falastin, Finikiya) Misr chegarasigacha forslar qo'liga o'tadi. Finikiya, Bobil va Kichik Osiyoning savdo-hunarmandlar qatlamlari tranzit savdo yo'llarini xavfsizligini ta'minlaydigan kuchlimarkazlashgan davlatdan manfaatdor bo'lganlar. Shu sababli, ular fors davlatini qo'llab-quvvatlaydilar. Kayxusrav Yaqin Sharqni Misr chegaralarigacha bosib olgach, fors davlatining shimoliy-sharqiy chegaralari xavfsizligiga jiddiy xavf solib turadigan O'rta Osiyodagi ko'chmanchi qabilalar ustiga yurish boshlaydi. Kayxusrav er. av. 530-yilda Amudaryoning shimoliy qismiga o'tadi. Massaget qabilalari fors bosqinchilarini o'z yerlarida tor-mor qiladilar. Kayxusrav ham bu jangda halok bo'ladi. Er. av. 530-yil avgust oyida fors taxtiga Kambiz (Kombiz) o'tiradi. Misr ichki nizo-g'alayonlar girdobida qolgan edi. Forslar Misrga yurish qilib, uning qo'shinini tez tor-mor qiladilar. Ploturushsiz taslim bo'ladi, fir'avn Psammetix III asirga tushadi. Bu voqea er. av. 525-yilda yuz beradi. Misrni bosib olgach, Kambiz Efiopiyaga qarshi urush boshlaydi. Yetarlicha oziq-ovqatga ega bo'lmagan qo'shin suvsiz sahroga tushib qoladilar. Qo'shinda odamxo'rlik boshlanib, Kambiz chekinishga majbur bo'ladi. Kambiz Memfisga qaytib, Misrda boshlangan qo'zg'olonni bostiradi. Kambizning vorisi Doro I ning Bexistun qoya yozuvlarida bayon qilingan, (rasmiy farazlariga ko'ra) Kambiz Misrga kelguniga qadar o'zining ukasi Bardiyadan shubhalanib, uni maxfiy ravishda o'tmishga buyruq beradi. Gaumata ismli kimsa bundan foydalanib, o'zini Bardiya deb e'lon qiladi va u 522 yil 2-martda Bardiya nomi bilan taxtga o'tiradi. Bardiya-Gaumata qaram xalqlarni o'ziga moyil qilish uchun soliq va harbiy majburiyatlarni uch yilga bekor qiladi. U fors urag'-zodagonlarining imtiyozlarini bekor qilish, ularning iqtisodiy va siyosatdagi hukmronligini o'rnini tugatish siyosatini yuritadi. Shu sababli, u mamlakatdagi keng xalq ommasini qo'llabquwatlashiga erishadi. Hozirgi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, Gaumata to'g'risidagi faraz yolg'on, hokimiyatga haqiqiy Bardiya kelgan. U yetti oylik boshqaruvdan so'ng, 522-yil 29-sentabrda yetti fors urug'i aslzoda vakillari bo'lgan fitnachilar tomonidan o'ldiriladi. Fitnachilardan biri 28 yoshli Doro (er. av. 522-486-yillar) podsho bo'ladi.1 Doro I er. av. VII—VI asrlarda Kayxusravgacha hukmron bo'lgan ahmoniy podsholari avlodidan edi. U urug' aslzodalari oliy tabaqasiga mansubligi tufayli Bardiya bekor qilgan imtiyozlarni qayta tiklaydi. Doro I taxtga o'tirishi bilan unga qarshi Bobilda ko'tarilgan qo'zg'olonni bostirayotgan bir vaqtda Fors, Midiya, Elam, Margiyona, Parfiya, Sattagidiya (hozirgi Afg'onistonda) O'rta Osiyoning sak qabilalari va Misr qo'zg'olon ko'taradilar. Forsda o'zini Bardiya deb e'lon qilgan Vaxayazdata npmli kimsa Doroga qarshi qo'zg'olon ko'tarib, sharqiy Eron viloyatlari va Afg'onistongacha bo'lgan hududlarni bosib olgan. Err. av. 521-yil 16-iyulda Doro Vaxayazdata qo'shinlarini tor-mor qilgan. Midiyada o'zini Midiya podshosi Kiaksar urug'idan deb hisoblagan Fravartish (Fraorti II ) hokimiyatni qo'lg-a oladi. Doro bu qo'zg'olonni ham bostiradi. Er. av. 521-yil yoziga kelib Doro qo'shinlari besh jangdan so'ng, Afg'onistonni tinchlantiradi. Doroning qaynotasi Dadarish Parflya va Girkaniyadagi g'alayonlarni bostirgan. Bu vaqtda Bobilda so'nggi qo'zg'olon boshlanib, err. av. 521-yil 27-noyabrigacha davom etadi. Doro I taxtga chiqqanidan so'ng bir yil o'tgach, o'z hokimiyatini mustahkamlab oladi. Fors davlatini Bolqon Yunonistonida g'olibona boshlagan urushi Kserks (er. av. 486-465-yillar) uchun mag'lubiyat bilan tugatdi. Er. av. 449-yil «Kalliy» sulhiga ko'ra forslarni Yevropadagi mulklari, Kichik Osiyodagi yunon shaharlaridanvoz kechildi. U Kayxusrav, Kambiz hukmronligi davridagi eski chegaralarda qayta tiklaydi.2 Хрестоматия по истории Древнего Рима. Под. Ред. С.Л.Утченко. М., I962. 158-s Хрестоматия по истории Древнего Рима. Под. Ред. С.Л.Утченко. М., I962. 162-s Download 40.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling