Mavzu : O`rta osiyo satrapliklarida boshqaruv tizimi (Ahamoniylar hukmronligi davridagi) Reja: Kirish
Qadimgi Eron tarixi manbalari va tarixnavisligi
Download 40.46 Kb.
|
Amanova Gulchehra
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Elam
Qadimgi Eron tarixi manbalari va tarixnavisligi
Midiya va Eron tarixi bo'yicha ma'lumot beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.av. V asr)ning tarixi, Fukidid (er.av. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi. Eronda mezolit va neolit davriga oid manzilgohlar, arxeologik topilmalar, kulolchilik buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, Pasargad xarobalaridan topilgan ulug'vor haykallar, qoya tosh relyeflari qimmatbaho metallardan qilingan buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bezaklar topib o'rganilgan. Yevropa olimlari J. De Margo va Grishman bu qadimgi shaharlar xarobalarini o'rganib, eronshunoslik faniga muhim hissa qo'shdilar. Qadimgi Elam Er. av. VII—VI ming yilliklarda g'arbiy Eronda dehqonchilik bilan shug'ullanadigan o'troq va ko'chmanchi chorvador qabilalar er.av. VI—V ming yilliklarda Eronning boshqa hududida tarqaladi. Er. av. III ming yillik boshlarida janubiyg'arbiy Eronda Elamtu (Bobil va osur tilida «mamlakat») yokiElam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam Mesopotamiya hamda shimoliy va sharqiy Eron bilan bog'langan Korun va Kerxa daryolari vodiylarida joylashgan. Suza shahri poytaxtga aylandi1. Elam davlati er.av. XXIV—XXII asrlarda Akkad podsholigiga bevosita qaram bo'ladi. Er.av. XXII asr boshlarida Elam mustaqil davlatga aylanadi. Podsho sukkalmax («buyuk elchi») unvoni bilan Suzadan turib davlatni boshqargan. Davlatni boshqarishda yordam bergan podshoning kenja ukasi sukkalom («elchi») deb atalib, Simash (elam tilida Nishanki) shahrini qarorgoh qilib, Elam va Simashni boshqargan. A. Шофман А.С. Распад империи Александра Македонского. М., I984 187-s. Kichik viloyatlarni «otalar» («adda») boshqarganlar. Hukmdor dunyodan o'tgach, uning o'rniga podshoning ona urug'idan jiyani yoki singlisini o'g'li taxtga o'tirgan. Elam podsholari oilasida bo'lg'usi hukmdorlar o'z singillari bilan turmush qurganlar (levirat). Podsho vafot qilgach, uning ukasi akasini beva ayoliga uylanib, podsho bo'lish huquqiga ega bo'lgan. Er. av. XIV asrdan er. av. XII asrlarigacha Elam Bobilga qaram bo'ladi. Elam er. av. 1155-yildan er. av. II15-yillarda o'z mustaqilligini qayta tiklaydi. Elam er. av. VII asrdan boshlab, Bobil bilan ittifoqda Osuriyaga qarshi faol kurashadi. Er. av. 549-yilda forslar Elamni bosib oladilar. Download 40.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling