Reja: Buxoro xonligi tarixnavisligi


Download 47.71 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi47.71 Kb.
#1496976
  1   2
Bog'liq
XVI

XVI-XIX asrlarda Buxoro tarixshunosligi


Reja:
1.Buxoro xonligi tarixnavisligi.
2.Buxoro amirligi tarixnavisligi.
3.Buxuroga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarning asarlari.
H. Ziyoyev, A. G. Ahmadjonov, Sh. Vohidov, K. Hakimova, F. Qosimov, Q. Rajabov, 0. Masaliyeva, F. Ochildiyev, A. Xoliqulov, M. Hamidova, B. Ergashev, Sh. Yusupov, A. Odilov, R. Xoliqova va boshqa mualliflarning ilmiy tadqiqotlari musta-qillik davri mahsuli hisoblanib, ular yaratgan asarlar va maqolalarda XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro tarixining ayrim jihatlariga taalluqli masalalar ustida to’xtalib o’tilgan. Ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi davrida Buxoro xonligi 1601-1753 yy Buxoro xonligida yuzaga kelgan siyosiy inqiroz shayboniylar sulolasining barham topishiga olib keldi. Bu vaqtda Buxoroda yashab turgan va shayboniylarga qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan Jonibek sulton xonadoni vakillari taxt uchun asosiy da’vogar bo’lib siyosiy maydonga chiqdilar. Jonibek sulton Jo’jining o’n uchinchi o’g’li To’qay Temur avlodlaridan bo’lib, uning ajdodlari Dashti Qipchoqning g’arbida, Hoji Tarxon (Astarxan) da hukmronlik qilganlar. Rus davlatining markazlashuvi va Ivan IV (Ivan Vasilyevich, Grozniy, 1533-1583 yy) davrida davlat yerlarining qo’shni davlatlar hisobiga kengaytirilishi jarayonida 1556 yilda Astraxan ham rus podshosi tomonidan bosib olindi. Shahar hukmdori Yormuhamad o’z oilasi bilan birga Buxorodan panoh topadi. Keyinchalik Buxoro xoni Iskandar sultonning qiziga uylangan Yormuhammadning o’g’li Jonibek sulton xon xonadoniga yaqinlashadi, uning farzandlari esa Abdullaxon II davrida yuqori martabalarga erishadilar. Shayboniylar sulolasi tanazzulga yuz tutib, taxtni boshqaradigan sulola vakili qolmaganligi tufayli Buxoro ulamolari va amirlar kengashgan holda taxtni Ashtarxoniy Jonibek sultonga topshiradilar. Biroq u chingiziy bo’lishiga va taxtni boshqarish xuquqiga to’la imkoni borligiga qaramasdan, taxtga Abdullaxon xonadoniga yaqin bo’lganlar ko’proq xaqli deb hisoblaydi va uning jiyanlari, ayni vaqtda o’z o’g’illari foydasiga taxtdan voz kechadi. Shu tariqa Buxoro xonligi taxtiga yangi sulola – Ashtarxoniylar (sulola asoschisi nomi bilan Joniylar deb ham yuritilgan) sulolasi keladi. Bu vaqtda taxtni egallashi lozim bo’lgan katta o’g’il Dinmuhammad xonlikning janubiy-g’arbiy viloyatlarida noib bo’lib, Niso va Obivardda hokimlik qilardi. Buxoroda yuzaga kelgan vaziyatdan xabar topgan eronliklar harbiy yurish boshlab, chegara hududlariga xavf sola boshlaydilar va Obivardni qamal qiladilar. Dinmuhammad dushmanga qarshi bir necha kun jang olib boradi va ko’zidan hamda oyog’idan yarador bo’ladi, Buxoroga qaytishda yo’lda duch kelgan qaroqchilar tomonidan o’ldiriladi. Dinmuhammad halok bo’lgach, taxtga uning ukasi, bu vaqtda Samarqand hokimi bo’lib turgan Boqimuhammad (1601-1605 yy) o’tkaziladi. Boqimuhammad 28 yangi sulolaning birinchi vakili sifatida taxtga chiqqan bo’lsada hozircha rasmiy hokimiyat Jonibek sulton izmida bo’lib, uning nomidan ish yuritilgan, farmonlar chiqarilgan va tangalar zarb etilgan, uning nomi xutbaga qo’shib o’qilgan. Boqimuhammadning davlat tepasiga kelishi va Buxoro xonligida yangi sulolaning hokimiyatni egalashi bilan amalda katta o’zgarishlar sodir bo’lmadi. Abdullaxon II ning o’limi va shayboniylar sulolasining so’nggi vakillari davrida boshlangan o’zaro ichki kurashlar va siyosiy tarqoqlik yanada kuchaya boshladi. Shuning uchun yangi hukmdor oldida turgan eng muhim vazifalardan biri mamlakat hududiy yaxlitligini saqlab qolish va markaziy hokimiyatni kuchaytirishdan iborat edi. Ayniqsa, Marv va Balx hokimliklari, turkmanlar markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslik bilan birga atrof viloyatlarga ham bosqinchiliklar uyushtira boshladilar. Bu holatni bartaraf etish uchun 1602 yilda Balxga harbiy yurish uyushtirdi. Bu yurishda qo’shinga qo’mondonlik qilgan ukasi Valimuhammad juda katta jonbozlik ko’rsatib Balxni, shuningdek Andxo’y, Shibirg’on va Murg’ob daryosigacha bo’lgan katta hududlarni Buxoro xonligiga bo’ysundirdi. Bundan ruhlangan Boqimuhammad Valimuhamadni taxt vorisi deb e’lon qiladi va o’zi Buxoroga qaytadi. U 1605 yilda kasallanib vafot etadi, taxtga Valimuhammad o’tiradi. Valimuhammad (1605-1611 yy) ham akasi kabi eng avvalo janubi sarhadlarni mustahkamlashga va safaviylardan yordam olib, Buxoroga hujum qilayotgan qabilalarga qarshi kurashishga majbur bo’ldi. Ayni vaqtda ichki siyosiy vaziyat ham keskinlashib, bir qator o’zbek beklari markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh torta boshladilar, mamlakatning hududiy yaxlitligi xavf ostida qola boshladi. Dastlab Eronga qarshi yurish qilib, g’alabaga erishgan Valimuhammad Xirotgacha bo’lgan hududlarni xonlikka bo’ysundiradi. Eron shohi Abbos bilan tuzilgan sulh esa mahalliy hukmdorlarning noroziligiga sabab bo’ladi, oqibatda 1608 yilga kelib Valimuhammaddan norozi guruh shakllanib qoladi, ularning asosiy maqsadi xonni taxtdan tushirib, uning o’g’li, Samarqand hokimi Imomquli sultonni taxtga o’tkazish edi. 1611 yilda Imomqulixon va Valimuhammad o’rtasida bo’lib o’tgan jang natijasida Valimuhammad mag’lubiyatga uchrab, Eronga qochishga majbur bo’ladi. Taxtni Imomqulixon (1611-1642 yy) egallaydi. Ko’p o’tmay shoh Abbos qo’shinlari yordamida taxtni qaytarib olish uchun jang boshlagan Valimuhammad yana jangda yengiladi va asir olinib, qatl (1611 y) etiladi. Imomqulixon hukmronligi davrida xonlikning Xurosondagi janubiy sarhadlari davlat tarkibidan chiqib ketdi, shunga qaramasdan yangi xon ichki siyosiy beqarorlikni bartaraf etish va mamlakat sarhadlarini shimoliy-sharqqa tomon kengaytirib borishga katta e’tibor qaratdi, Toshkent va uning atroflari xonlikka bo’ysundirildi. 1612 yil Imomqulixon Toshkentni egallab, o’g’li Iskandar sultonni hokim etib tayinladi, biroq shahar aholisi uning nojo’ya hattiharakatlaridan norozi bo’lib isyon ko’tardi va uni o’ldirdi. Bundan g’azablangan Imomqulixon Buxoro, Balx va Badaxshon viloyatlaridan qo’shin yig’ib kelib Toshkent aholisini qirg’in qilgan. 29 Imomqulixon mamlakatdagi siyosiy vaziyatni izga solgach, tashqi siyosatga ham katta e’tibor bilan qaradi. Uning hukmronligi davrida Hindiston, Eron, Rossiya davlatlari bilan elchiliklar amalga oshirildi. 1642 yilda sog’lig’i yomonlashganligi tufayli taxtni ukasi Nadrmuhammadga topshiradi va o’zi haj safariga jo’naydi va safarda vafot etadi. Keyingi yillarda hukmronlik qilgan Nadrmuhammad (1642-1645 yy), Abdulazizxon (1645-1681 yy), Subxonqulixon (1681-1702 yy) hukmronligi davrida ichki siyosiy vaziyat yanada keskinlashib bordi. Ichki kurashlar bilan bir qatorda Xiva xonligi, qozoq sultonlari va Eronga qarshi bir necha marotaba harbiy to’qnashuvlar yuz berdi. Ayni vaqtda shayboniy Abdullaxon II hukmronligi yillarida katta mavqyega erishib olgan Jo’ybor hojalari va boshqa din peshvolarining mamlakat siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi. XVIII asr boshlariga kelib, mamlakatdagi siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi, urug’ va qabila boshliqlari birga mahalliy hukmdorlarning o’zboshimchaligi va markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortishi holatlari avj oldi, mamlakat siyosiy inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Bu holatni bartaraf etish uchun kurashgan ashtarxoniylarning eng so’nggi vakili Ubaydullaxon (1702-1711 yy) edi. U vaziyatni tinch yo’l bilan, iqtisodiy choralar yordamida amalga oshirish siyosatini qo’lladi va 1708 yilda pul islohoti o’tkazdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad bebosh o’zbek amirlarining iqtisodiy erkinligini cheklash va shu yo’l bilan ularni hokimiyatga bo’ysundirish, ayni vaqtda esa mamlakat xazinasini ham to’ldirish edi. Biroq bu islohot ko’zlangan natijani bermadi va aksincha markaziy hokimiyatdan norozilik va boshboshdoqlik yanada avjga chiqdi. Ko’pgina mahalliy hukmdorlar va din ulamolari o’zlari egallab turgan mulklarini mustaqil deb e’lon qilish yo’lini tutdilar. Bularning orasida eng jiddiy voqyea Farg’ona vodiysining xonlik tarkibidan chiqishi va o’zini mustaqil deb e’lon (1709 y) qilishi bo’ldi. Ashtarxoniylarning so’nggi xoni Abulfayzxon ham mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyatni yo’lga sola olmadi. Abulfayzxon hukmronligi yillarida (1711-1747 yy) ichki siyosiy vaziyatning keskinligi saqlanib qolishi bilan birga tashqi dushmanlarning ham davlat mustaqilligiga tajovuzi kuchayib bordi. Buxoroning o’zida markaziy hokimiyat amalda bir guruh o’zbek urug’lari amirlari, xususan Javshin qalmiq, Ma’sumbiy otaliq, Hakimbiy otaliq qo’liga o’tib qolgan edi. Buxoroda katta mavqyega ega Hakimbiy otaliq mang’it bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan Shahrisabz mulki hokimi Ibrohim miroxur kenagas 1716 va 1719 yillarda Buxoro va Qarshiga hujum uyushtirdi. Bu to’qnashuvlar Ibrohim kenagasga muvaffaqiyat keltirmagandan so’ng u Niyoz hoja qatag’on, Qoplonbiy qipchoq, Avazbiy to’qsoba kabilar bilan birlashib, 1722 yilda Xiva shayboniylari xonadoniga mansub Rajab sultonni Samarqandda xon etib ko’tardilar. Bu xonlik mustaqil holda 1730-31 yillargacha hukm surdi. Ayni vaqtda qozoq sultonlari ham Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga bir necha marta (1723- 1729 yy) bosqinchilik hujumlari uyushtirdilar. Buxoro xonligining ichki siyosiy hayotini diqqat bilan kuzatib turgan eronliklar XVIII asrning 30-yillarida xonlikka tajovuz qila boshlaydilar. Eron shohi Nodirshoh va uning o’g’li Rizoquli boshchiligidagi Eron qo’shinlarining 30 1736 va 1740 yillarda amalga oshirgan bosqinchiligi natijasida Buxoro xonligi qisqa vaqt Eron ta’siriga tushib qoladi. Vaziyatdan foydalangan mang’it amirlari Hakimbiy otaliq boshchiligida hokimiyatni o’z qo’llariga olishga intiladilar va 1747 yilga kelib o’z maqsadlariga erishadilar. Abulfayzxon o’ldirilib, ashtarxoniylar sulolasiga barham beriladi va taxt amalda mang’it amirlari hukmi ostiga o’tadi. Mang’itlar sulolasi davrida Buxoro amirligi 1753-1920 y Ashtarxoniylar hukmronligining so’nggi davriga kelib, mamlakatdagi siyosiy vaziyat keskinlashdi, markaziy hokimiyat zaiflashishi bilan birga qabilalar o’rtasidagi o’zaro nizolar ham avj oldi. Bu holat Ubaydullaxon (1702-1711 yy), ayniqsa Abulfayzxon hukmronligi yillarida yaqqol namoyon bo’ldi. Mahalliy hokimlardan ayrimlari, xususan Samarqand hokimi Rajab sulton, Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy kenagas, Karmana hokimi Abdulkarim bahrinlar markaziy hokimiyatni o’z ta’siriga olish va uni ag’darib tashlash maqsadida bir necha yillar davomida harbiy harakatlarni avj oldirib, Abulfayzxonga qarshi kurash olib bordilar. Buxoro xonligidagi ichki siyosiy parokandalikdan foydalangan Eron shohi Nodirshoh Buxoroga harbiy yurish uyushtirdi. Uning buyrug’i bilan o’g’li Rizoqulixon 12 ming qo’shin ko’magida Qarshiga hujum boshladi. Qarshi va Samarqand qo’shinlarining birgalikdagi qattiq qarshiligidan so’ng 1736–1737 yillarda bo’lib o’tgan eronliklarning yurishi qaytarildi. Ikkinchi yurishga o’zi boshchilik qilgan Nodirshoh 1740 yilda Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiy mang’it bilan ittifoq tuzishga erishadi. Hakimbiy vositachiligida Abulfayzxon bilan aloqa o’rnatishga erishgan Nodirshohni Buxoro hukmdorlari hurmat bilan kutib olishga majbur bo’ladilar. Muzokaralar chog’ida Hakimbiyga katta imtiyozlar va xuquqlar berilib, Abulfayzxon amalda vassal xonga aylanib qoldi. Ayni vaqtda Muhammad Hakimbiy mang’itning boshqaruvdagi mavqyei va ta’siri ortib bordi, o’g’li Rahimbiy esa Nodirshoh xizmatiga o’tgan edi. 1743 yilda Muhammad Hakimbiy vafot etib uning ta’ziyasiga Nodirshoh ruxsati bilan o’g’li Rahimbiy keladi. Marosimlar tugagach yana Eronga qaytadi. Biroq, 1745 yilda Buxoro xonligida Abulfayzxonga qarshi qo’zg’olonlar avjiga chiqqach, Nodirshoh ularni bostirish maqsadida Muhammad Rahimbiyni yuboradi. U qo’zg’olonlarni bostirgach, Abulfayzxon tomonidan ―Amir – ul umaro‖ lavozimiga ko’tariladi. Rahimbiyning xonlikdagi nufuzi ortib bordi. 1747 yil yozida Nodirshoh Mashhad yaqinida jiyani Aliqulixon tomonidan o’ldirildi. Bu vaziyatdan foydalangan Muhammad Rahimbiy Abulfayzxonga qarshi fitna uyushtirib, uni qatl qildirdi. Biroq mavjud an’analarga asosan u xonlik taxtini qo’lga kirita olmadi va ashtarxoniylardan Abdulmo’min va Ubaydulla Sultonlar rasman xon etib e’lon qilindi. Amalda davlat boshlig’i bo’lib qolgan Muhammad Rahimbiy 1756 yilda ashtarxoniylar sulolasining barcha vakillarini yo’q qilib, 31 rasman davlat hukmdoriga aylandi. Xonlik rutbasiga rasman erisha olmagan Rahimbiy amir unvonida davlatni idora qila boshladi va shu vaqtdan boshlab davlat ham Buxoro amirligi deb yuritila boshlandi, davlat tepasiga yangi sulola – Mang’itlar sulolasi keldi va 1920 yilgacha hokimiyat tepasida turdi. Muhammad Rahimbiy eng avvalo davlatning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish maqsadidagi siyosatni yurita boshladi. Asosini yollanma askarlar (qisman afg’onlar) tashkil etuvchi kuchli qo’shin yordamida Sharqiy Buxoro, Hisor, Urgut, Panjikent, O’ratepa, Xo’jand, Miyonko’l atrofida yashovchi xitoy-qipchoqlarni bo’ysundirish uchun bir necha yil davomida kurash olib borildi. Muhammad Rahimxon vafot etgach (1758 y), hokimiyat tepasiga Doniyolbiy keldi. U mahalliy hokimlar isyonidan xavfsirab, o’zi otaliq mansabida qolgan holda rasmiy hukmdor sifatida taxtga ashtarxoniy Abulfayzxonning nabirasi Abdulg’ozini o’tkazadi. Biroq bu Doniyolbiyga mamlakat tinchligini saqlab qolishga imkon bermadi. Qiqa vaqt ichida markaziy hokimiyat zaiflashib O’ratepa, Jizzax, Xatirchi, Kattaqo’rg’on, Shahrisabz, G’uzor va boshqa bekliklar hokimiyatga bo’ysunmaslik bilan bir vaqtda unga qarshi kurash ham olib bordilar. Garchi Doniyolbiy mahalliy hokimlarga qarshi kurashib, ularni bir necha marta bo’ysundirishga erishsada, biroq mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy parokandalikni bartaraf eta olmadi. Oqibatda 1785 yilda taxtdan voz kechib, o’g’li Shohmurodga topshirishga majbur bo’ldi. Abulg’ozini taxtdan tushirgan Shohmurod 1785 – 1800 yy) amir sifatida davlatni boshqardi. Amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida markazlashish jarayonlari qaytadan yuzaga keldi. Bu esa o’z navbatida siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi uchun asos bo’ldi. Markaziy hokimiyat mustahkamlandi, siyosiy va iqtisodiy sohada, soliqlar borasida bir qator islohotlar o’tkazildi. Amir Shohmurod vafotidan so’ng taxtga o’g’li Haydar (1800–1825 yy) o’tirdi. U ham hukmronligining dastlabki vaqtlaridanoq markaziy hokimiyatni kuchaytirishga kirishadi. Bu vaqtda buxoro amirligi Zarafshon va Qashqadaryo vohalari, hozirgi Turkmanistonning sharqiy qismi, Marv, Hisor, Xo’jand, O’ratepa, Panjikent, Urgut va shimoliy-sharqda Turkistongacha bo’lgan hududlar ustidan hukmronlik qilar edi. Amir Haydar ichki vaziyatni barqarorlashtirish bilan birga Xiva hamda Qo’qon xonliklari bilan ham hududiy nizolarni bartaraf etishga majbur bo’ldi. 1804 va 1818 – 1819 yillarda Xiva xonligi bilan urush olib borgan bo’lsa, Qo’qon xonligi bilan harbiy to’nashuvlar uzoq davom etdi. Ikki davlat chegaralari bo’ylab joylashgan Jizzax va O’ratepa bir necha bor qo’ldan-qo’lga o’tib turgan bo’lsa, ayni vaqtda Toshkent, Turkiston, Xo’jand uchun ham shiddatli janglar olib borildi. Qo’qon xoni Umarxon bilan tuzilgan sulh ham ikki o’rtadagi urush harakatlarni to’xtatib qola olmadi. Ayni vaqtda markaziy hokimiyatga bo’ysunishni istamagan Shahrisabz hokimlari ham uzoq vaqt Amir Haydarga qarshi kurash olib bordilar. Ularning qarshiligi amir Nasrullo hukmronligi yillarida ham davom etdi. Shunga qaramay amir Haydar o’zidan avvalgi amirlarga nisbatan boshqaruvda qat’iy 32 siyosat olib bordi va ma’lum darajada davlatning siyosiy va iqtisodiy barqarorlashuviga erisha oldi. Amir Haydar vafotidan so’ng (1826 y) birin-ketin taxtga o’tirgan o’g’illari Husayn (2 oy) va Umar (4 oy) o’z birodarlari Nasrulloh tomonidan qatl ettiriladi va amalda buxoroning yagona hukmdori Nasrulloxon (1826-1860 yy) bo’lib qoladi. Bu vaziyatda Shahrisabz va Kitob hokimlari o’z mulklarini mustaqil deb e’lon qiladilar. Amir Nasrulloh mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash maqsadida shafqatsiz kurash olib boradi va 1856 yilga kelibgina o’z maqsadiga erishadi. Ayni vaqtda Xiva xonligi va Qo’qon xonliklari bilan ham kurash olib borgan amir Nasrulloh 1842 yil Qo’qon xonligini bosib olishga va xon Sulton Maxmudxon hamda Muhammad Alixonlarni qatl ettirishga erishadi. Keyingi yillarda davlatni boshqargan amir Sayyid Muzaffar (1860-1885 yy), amir Sayyid Abdulahadxon (1885 – 1910) va amir Sayyid Olimxon (1910 – 1920) lar hukmronligi davrida Qo’qon xonligi, Xiva xonligi bilan tashqi nizolar davom etib turdi. Bu davrda ayniqsa Rossiya imperiyasi bilan tashqi siyosiy munosabatlar keskinlashdi va bir necha marta Jizzaxda, Erjarda, Cho’ponotada, Zirabuloqda bo’lib o’tgan to’qnashuvlardan so’ng 1868 yilda Buxoro amirligi Rossiya imperiyasi tomonidan harbiy yo’l bilan bosib olindi va qaram davlatga aylantirildi. 1917 yilga kelib Rossiyada imperator boshqaruvi ag’darilib, siyosiy jarayonlar natijasida hokimiyatning bolsheviklar tomonidan egallanishi Buxoro amirligiga ham ta’sir ko’rsatdi va 1920 yilda amirlik rasman tugatildi. Bu vaqtda Buxoro amirligi hududlari 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etib, chegaralari janubda Amudaryoning so’l qirg’og’idan Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan hududni egallagan edi. Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanib, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofarnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, shuningdek, Turkmaniston hududiga kirgan Murg’ob daryosi vohalaridagi yerlar ham Buxoro amirligiga qarar edi. XIX asr oxirlari – XX asr boshlariga kelib Buxoro amirligida 2 millionga yaqin aholi mavjud bo’lib, Zarafshon vodiysida 300 – 350 ming, Qashqadaryo vohasida – 500 ming, Surxandaryo vohasida 200 ming, Sharqiy Buxoroda 500 ming aholi yashar edi. Amirlikning yirik shaharlari Buxoroda 60 ming, Samarqandda 50 mingga yaqin aholi istiqomat qilardi. Aholi etnik jihatdan ko’pgina qavm va urug’lardan tarkib topgan bo’lib, uning 60 foizga yaqinini o’zbeklar tashkil etgan. Davlat poytaxti Buxoro shahri bo’lib, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G’uzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Ko’lob va boshqa iqtisodiy va siyosiy markazlari ham mavjud edi. Shu tariqa XVI asr boshlarida shakllangan Buxoro davlati sulolalar almashinuvi va siyosiy-iqtisodiy evrilishlarga qaramasdan XX asr boshlarigacha, 400 yildan ortiqroq hukm surdi hamda o’zbek davlatchiligi tarixida va uning taraqqiyoti bosqichlarida o’ziga xos iz qoldirdi.
Tarixi Amir Haydar‖ XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida o’tgan buxorolik olimlari asaridir. Kitobning noma’lum muharrir tomonidan qisqartirilgan nusxasi yetib kelgan bo’lib, qo’lyozma O’zRFA Sharqshunoslik institutida 1836 raqami ostida saqlanmoqda. ―Tarixi Amir Haydar‖ kichik hajmdagi asar, jami 96 varaqdan iborat, muhim tarixiy manbalar asosida yozilgan, Buxoro xonligining Ashtarxoniylar, shuningdek, asosan, Mang’itlar sulolasidan bo’lgan amir Haydar hukmronligi (1800-1826 yy.) davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’z ichiga oladi. Asar 81 bob, yoki dostondan iborat. 1-2- boblari Buxoro shahri tarixiga bag’ishlangan, 3-6- boblarda Ashtarxoniylar tarixi qisqacha bayon etilgan, 7-81- boblarida esa Buxoro amirligi amirzoda Haydarning tug’ilishidan to uning 1826 yil 6 oktyabridagi vafotigacha bo’lgan tarixi hikoya qilinadi. Kitob 50- yillarda A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, lekin nima sababdandir qo’lyozma nashr etilmay qolgan. Tarjima qo’lyozmasi O’zR FA ShI kutubxonasida saqlanmoqda. ―Fathnomayi sultoniy‖ (―Sulton fathnomasi‖) asari muallifi Mir Olim Buxoriy bo’lib, kitobini Amir Nasrulloh davri (1826/27 – 1869/79 yy.)da G’uzor hokimi bo’lgan Muhammad Olimbekning xizmatida bo’lgan va uning topshirig’i bilan yozgan. ―Fathnomayi sultoniy‖ amir Shohmurod (1785/86-1800 yy.) davridan to Nasrulloh hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida bo’lib o’tgan voqyealarni o’z ichiga oladi, lekin Shohmurod va amir Haydar davrlari qisqacha (O’zR FA ShI qo’lyozmasi, inv. № 1838, vv.7b-55b), Nasrulloh davri esa batafsil yoritilgan. Mazkur qo’lyozma asarning birinchi jildi bo’lib, ikkinchisi bizga ma’lum bo’lmagan sabalarga ko’ra yozilmay qolgan. ―Fathnomayi sultoniy‖ning birinchi qismi marhum O.D.Chexovich tarafidan rus tiliga tarjima qilingan. Tarjima qo’lyozmasi O’zR FA Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanmoqda. ―Muntaxab ut-tavorix‖ (―Saylanma tarix‖) asarining muallifi qo’qonlik yirik tarixchi olim Hakimxon to’radir (taxm.1802-vafot etgan yili maxlum emas). Ota tarafidan naqshbandiya tariqatining yirik namoyondalaridan biri, yirik ilohiyot olimi Mahdumi A’zam Kosoniy (1461/62-1542/43 yy.)ning avlodi, ona tarafidan Qo’qon xoni Norbo’taxon (1770-1800 yy.)ning nabirasidir. Otasi sayyid Ma’sumxon to’ra Umarxon davri (1809-1822 yy.)da va Muhammad Alixon hukmronligi (1822-1842 yy.)ning dastlabki yillarida xonlikning shayxulislomi lavozimini egallab turgan. Hakimxon to’ra Muhammad Alixon hukmronligiavvalida Namangan, To’raqo’rg’on va Kosonsoyda hokim bo’lgan. Lekin ko’p o’tmay otasi ham, o’zi ham xonning g’azabiga duchor bo’lib, egallab turgan lavozimlaridan bo’shatilganlar va haj marosimini ado etish uchun Arabistonga jo’natib yuborilgan. Otasi yo’lda, Mozori sharifda 1834 yili vafot etgan. Hakimxon to’ra esa ko’p mashaqqatlar chekib, yetti yildan keyin Rossiya, Turkiya, Iroq, Suriya va Falastin orqali Mkkaga yetib bordi. O’shanda 1834 yili u Orenburgda podshoh Aleksandr 1 bilan uchrashish sharafiga muyassar bo’lgan. Hakimxon to’ra Makka va Madina ziyoratidan qaytgach, 1828 yili, Muhammad Alixondan cho’chib Qo’qonga bormadi va qolgan umrini Kitobda kechirdi. O’zining yozishicha, Kitobda uning qarindoshlari va ozmi-ko’pmi yer-suvi bo’lgan. Hakimxon to’ra yirik tarixnavis olim bo’lib, o’zining ―Muntaxab ut-tavorix‖ asarini 1843 yilning 29 may kuni yozib tamomlangan. ―Muntaxab ut-tavorix‖da qadimiy zamonlar, islomiyatdan avval o’tgan payg’ambarlar, qadimgi Eron podshohlari, Xitoy va Yevropaning qadimiy podshohlari, xalifayi Roshidindan to Movarounnahrning Mang’it va Ming sulolasidan chiqqan oliy hukmdorlar zamonigacha kechgan tarixi bayon etiladi. Asarda Qo’qon xonligining xonlik asoschisi Shohruhxon (1709-1721 yy.)ning o’g’li va toj-taxt vorisi Abdurahimxon (1721-1724 yy.) zamonidan to Norbo’taxon, Olimxon va Umarxon davri tarixi yaxshi yoritilgan. Ayniqsa, Norbo’taxon, Olimxon va Umarxon davri yaxshi yoritilgan. Asarda muallifning Rossiya, Turkiya, Iroq, Shom (Suriya) va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati chog’ida olgan taassurotlari va o’sha mamlakat xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tarixi va hayot tarzi haqida keltirgan maxlumotlari ham diqqatga sazovordir. ―Muntaxab ut-tavorix‖ning qo’lyozma nusxalari kam. Uning Dushanbeda, Tojikistonda A.A.Semenovning uy muzeyida saqlanayotgan forscha fotonusxasini Ahror Muxtorov 1983 yili ikki kitob holida chop etdi. Asarning o’zbekcha nusxasi ham bo’lib, hozirda O’zR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida (raqami № 594) saqlanmoqda. ‖Tarjimai ahvoli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad‖ (―Buxoroyi sharif amirlarining tarjimai ahvoli. Amir Doniyoldan to amir Abdulahadgacha‖) asarining muallifi Ahmad Donish yoki Ahmad Kalla nomi bilan mashhur bo’lgan, X1X asrda ko’zga ko’ringan mutafkkir shoir, adib, olim va diplomatdir. Uning to’la ismi Ahmad ibn Nosir ibn Yusuf al-Xanafiy alBuxloiydir. Bo’lg’usi tarixchi 1827 yili Buxoroda tug’ilgan. U yoshligidan yaxshi o’qib tarix, mumtoz adabiyot, riyoziyot-matematika, ilmi nujum-astronomiya, musiqa va tibbiyot ilmlarini yaxshi o’rgangan, husnixat va musavvirlik sirlarini ham egallangan. Ahmad Donish o’z faoliyatini xattotlikdan boshlagan va 50- yil boshlarida amir Nasrulloh xizmatiga qabul qilingan, 1870 yili iste’foga chiqib, ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lgan. Ahmad Donish 1857 yili amir Nasrulloh, 1869 va 1974 yillari amir Muzaffar (1860-1885 yy.) elchiligi tarkibida Peturburgda bo’ldi va Rossiyaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishdi. Bu safarlar olimning dunyoqarashiga katta ta’sir ko’rsatdi. Lekin u Buxoroning Rossiyaga qaraganda qoloqligining haqiqiy sabablarini tushunib yetmadi. U jamiyatni mavjud qonun va tartiblarini takomillashtirish yo’li bilan, odil podshohning qo’li bilan qaytadan qurish mumkin deb hisoblardi. Olimning bu qarashlari uning ―Navodir ul-vaqoye’‖ (―Nodir voqyealar‖) nomli asarida o’z aksini topgan. Ahmad Donish ushbu asarida amirga davlatni boshqarish ishlarini qaytadan qurishni maslahat berdi. Lekin amir bundan darg’azab bo’ldi va 70- yillar oxirida Ahmad Donishni poytaxtdan uzoqlashtirdi va G’uzorga qozi qilib yubordi. 1885 yili, amir Muzaffar vafotidan keyin, u Buxoroga qaytib keldi va umrining qolgan qismini ilmiy mashg’ulotlar bilan bilan kechirdi. Ahmad Donish 1897 yili vafot etdi. Ahmad Donish sermaxsul ijodkor bo’lib, ilohiyot, ilmi nujum, geografiya, adabiyot va tarixga oid 20 ga yaqin asar yozib qoldirdi. ―Manozir ul-kavokib‖ (―Sayyoralarning manzaralari‖), ―Navodir ul-vaqoye’‖ va ‖Tarjimai ahvoli amironi Buxoroyi sharif‖ (1885 yildan keyin yozilgan) asarlari ana shular jumlasidandir. O’zbekistonning X1X asrdagi ijtimoiy-siyosiy hayotini o’rganishda olimning so’nggi asari katta ilmiy ahamiyatga ega. Kitobda katta so’z boshi, sayyoralarning inson taqdiridagi ahamiyati, din va uning jamiyatdagi o’rni to’g’risidagi fikrlardan keyin qisqa tarzda amir Doniyol (1758-1785 yy.), Shohmurod (1785-1800 yy.), Haydar va amir Nasrulloh hukmronligi yillarida bo’lib o’tgan voqyealar bayon etilgan. Asarning katta va so’nggi qismi amir Muzaffarga bag’ishlangan. Bu qismda Buxoro xonligining X1X asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan 1866 yili Jizzax hamda 1868 yili Samarqandning ishg’ol qilinishi voqyealari batafil bayon etilgan. ‖Tarjimai ahvoli amironi Buxoroyi sharif‖ asarining qo’lyozma nusxalari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Dushanbe kutubxonalarida mavjud. Asarning matni A.Mirzoyev tomonidan chop etilgan. 1960 yili kitobning qisqartirilgan ruscha tarjimasi Dushanbeda nashr qilingan. ―Tarixi salotini Mang’itiya‖ (―Mang’it sultonlarining tarixi‖) asari buxorolik mashhur tarixchi olim va shoir Mirzo Abduazim Somiy Bo’stoniy (1838/39-1914 yildan keyin) qalamiga mansubdir. Bo’lg’usi tarixchi boshlang’ich ma’lumotni ona yurti Bo’ston qishlog’ida, Buxoroning shimolida, undan 40 km narida olgan, so’ngra Buxoro madrasalaridan birida o’qigan, dastlab viloyat hukmdori birida o’qigan, dastlab viloyat hukmdorlari qo’lida kotib, amir Muzaffar taxtga o’tirgandan keyin uning shaxsiy kotibi, munshiysi bo’lib xizmat qilgan. Amir Abdulahad hukmronligi (1885-1910 yy.)ning so’nggida 1898 yoki 1899 yilda podshohlikka qarshi fikrlari uchun saroydan chetlatilib, umrining oxirini nochorlikda kechirgan. Somiy bir necha adabiy va tarixiy asar yozib qoldirgan. ―Mir’ot ul-hayol‖ (―Xayol ko’zgusi‖), ―Insho‖, ―Tuhfayi shohiy‖ (―Podshohning tuhfa‖), ―Tarixi salotini Mang’itiya‖ shular jumlasidandir. Bularning ichida tarix ilmi uchun eng muhimi so’nggi ikki asardir. 1900-1902 yillar orasida yozilgan ―Tuhfayi shohiy‖ va 1907 yili yozib tamomlangan ―Tarixi salotini Mang’itiya‖ bir davr, Buxoro xonligining amir Muzaffar davridagi tarixga bag’ishlangan. Biroq ular ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi. Masalan, ―Tuhfayi shohiy‖ to’laroq, lekin oliy hukmdorni ko’klarga ko’tarib maqtash, panegrik ruhida bitilgan. ―Tarixi salotini Mang’itiya‖ esa nisbatan xolisona yozilgan. Asarning ilmiy ahamiyati shundaki, unda Buxoro amirligining O’rta Osiyoning Rossiya tarafidan bosib olinishi arafasidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli, shuningdek, Buxoro-Rossiya munosabatlari birmuncha keng yoritilgan. Kitobning qo’lyozma nusxalari ko’p. Uning O’zbekistonlik olima L.M.Yepifanova tomonidan qilingan ruscha tarjimasi, so’zboshi va zarur izohlari bilan birga, 1962 yili, Moskvada chop etilgan. ―Tarixi Salimiy‖ (―Salimiyning tarixi‖) asari muallifi X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida o’tgan Mirza Salimbek bo’lib, uning to’la ismi Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahimdir. Olim 1850/51 yillari Buxoroyi sharifda badavlat va nufuzli xonadonda tavallud topgan. Mirza Salimbek 1871 yili Nahrpoy (Norpoy) va Ziyovuddin hokimiga kotib bo’lib ishga kiradi, lekin olti oydan keyin amir Muzaffarning farmoyishi bilan Toshkentga rus ma’murlarining xatti-harakati va ayniqsa Buxoro xususida tutgan siyosatini kuzatib boruvchi qilib yuborildi. Mirza Salimbek Toshkentga choyfurush qiyofasida keldi va bu yerda 12 yml istiqomat qildi. 1880-1883 yillari u amir huzurida, 1884-1885 yillari Turkiston general-gubernatori huzurida Buxoro vakili bo’lib xizmat qildi. 1885 yili Mirza Salimbek Somjin tumaniga amlakdor qilib tayinlandi. Shundan keyin uning martabasi yil sayin ortib bordi. 1881-1893 yillari Buxoro shahrining mirshabi, 1893-1920 yillari Yakkabog’, Nurota, Boysun, Sherobod, Shahrisabz, Chorjo’y viloyatlarining hokimi va bosh zakotchi vazifalarida turdi. 1920 yilgi inqilobdan keyin Mirza Salimbek sho’ro tashkilotlarida, Buxoroda tashkil etilgan «Anjumani tarix» («Tarixshunoslar jamiyatida»)da xizmat qildi. Mirza Salimbekning vafot etgan yili ma’lum emas. Mirza Salimbek bir necha yirik tarixiy va adabiy asar yozib qoldirgan. «Kashkuli Salimiy» («Salimiyning kashkuli»), «Jomi’ ul-gulzor» («Gulzorlar majmui»), «Ka’b al-axbor hikoyalari», «Hikoyati Abdulla ibn Muborak», «Tarixi Salimiy» shular jumlasidandir. Tarixchilar uchun eng muhimi uning so’nggi asari «Tarixi Salimiy»dir. N.Norqulovning fikriga qaraganda, XX asrining 20- yillarida yozilgan. Uning bosh 17 qismi, Chingizxondan to amir Muzaffar davrigacha bo’lgan tarix umumlashtiruvchi xarakterga ega. Asarning 1860-1920 yillar voqyealarini o’z ichiga olgan katta qismi butunlay yangi bo’lib, muallifning o’zi bu voqyealarning guvohi bo’lgan. Asarda amir Muzaffar davrida Hisor, Ko’lob, Baljuan, Qorategin va Darvozda bo’lib o’tgan isyonlar, Buxoro-Qo’qon va Buxoro-Rossiya munosabatlari, shuningdek, Buxoro amirligining X1X asrning ikkinchi yarmidagi umumiy ahvoli va ma’muriy tuzilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor. «Tarixi Salimiy» asarining qo’lyozma nusxalari ko’p. Asar 1968 yili N.norqulov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, lekin hali chop etilmagan. ―Tarixi jadidayi Toshkand‖ (―Toshkentning yangi tarixi‖) nomli asar Muhammad Solih Toshkandiydir. Uning to’la ismi Muhammad Solih domla Rahim Qoraxoja o’g’li. Tarixchi 1830 yilda tug’ilgan, vafot etgan yili noma’lum. Boshlang’ich ma’lumotni bobosi mulla Abdurahimxojadan, u Qiyot mahallasida joylashgan Bekmuhammadbiy masjidida imom bo’lgan, olgan, so’ng Beklarbegi va xoja Ahror madrasalarida o’qigan. Farg’onaning Qo’qon (1853 y.), Marg’ilon, Namangan va O’sh (1853 y.) shaharlarida, keyinchalik Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz va boshqa shaharlarda bo’lib, madrasada olgan bilimini kengaytirdi. 1863 yildan boshlab, ilgari bobosi imomlik qilgan masjidda imom bo’lib xizmat qildi, ayni paytda dars ham berib turdi. Muhammad Solih turli ilmlar, tarix, geografiya, adabiyot, tibbdan xabardor bo’lgan keng ma’lumotli kishi edi, lekin uning tarixga rag’bati ko’proq bo’lgan. U Abu Tohirxoja(X1X asr)ning ―Samariya‖siga o’xshash Toshkent, uning tarixi va osori atiqalariga bag’ishlab bir asar yozishni ko’pdan orzu qilib yurgan va nihoyat, 1863-1888 yillari maqsadiga erishgan. Bu asar ―Tarixi jadidayi Toshkand‖ deb ataladi va ikki jilddan iborat. Birinchi jildda qadim zamonlardan to XU asr oxirigacha Sharq mamlakatlarida, shuningdek O’rta Osiyoda bo’lib o’tgan voqyealar, ikkinchi jildda esa Qo’qon xonligining XU asr oziridan Zahiriddin Muhammad Bobur davridan to X1X asrning 80- yillarigacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy ahvoli, madaniy hayot haqidagi qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz. Asar hali biron tilga tarjima qilinmagan. Qo’dyozma nusxalari mavjud. Faqat Toshkentda, O’zR FA Sharqshunoslik institutida uning uch nusxasi mavjud, tartib raqamlari № 7791, 11072-73, 5732. Kitob va uning muallifi to’g’risida A.O’rinboyev, O.Bo’riyevlar 1983 yili ―Toshkent Muhammad Solih tavsifida (X1X asr)‖ nomli risola chop etganlar. «Tarixi Shohuhiy» («Shohruh (bek) tarixi») nomli asar muallifi X1X asrda o’tgan farg’onalik tarixchi olim Niyoz Muhammad Xo’qandiydir. U taxminan 1803 yili Qo’qonda yirik harbiy xizmatchi oilasida to’g’ilgan, Xudoyorxon qo’shinida lashkarnavis, ya’ni harbiy kotib lavozimida xizmat qilgan, 60-yillar boshlarida iste’foga chiqib, ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lgan. Niyoz Muhammad keng ma’lumotli kishi bo’lib, «Niyoziy» taxallusi bilan she’rlar ham yozgan. Lekin, yirik tarixiy asari «Tarixi Shohuhiy» bilan ko’proq mashhur. Bu asar Qo’qon xonligining 1709-1876 yillar orasidagi tarixi to’g’risida mukammal ma’lumot berib, unda ushbu xonlikka qaram bo’lgan boshqa Toshkent, hozirgi Qirg’iziston, Qozog’istonning janubiy viloyatlari hududlarining ijtimoiysiyosiy tarixi ham bayon etilgan. Unda Qo’qon xonligining Buxoro, Sharqiy Turkiston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari haqida ham e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan. «Tarixi Shohuhiy» asarining matni N.N.Pantusov tomonidan 1885 yili Qozonda chop etilgan. Ayrim parchalari V.V.Bartold, N.G.Malliskiy va V.A.Romodin tarafidan rus tiliga tarjima qilingan. Bu asar T.K.Biysembiyev tarafidan chuqur va atroflicha o’rganilib, 1987 yili rus tilida Olma-Otada alohida kitob chop etildi. O’rta Osiyo xonliklarining boshqa mamalakatlar bilan o’zaro aloqalarida chyet el elchilari muhim rol o’ynaydi. XVI asr - XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyoga Osiyo va Yevropaning olis hamda yaqin mamlakatlarining turli podsholari yuborgan ko’p elchilar tashrif buyurdilar. O’rta Osiyo va xonliklarining Moskva davlati bilan elchilik aloqalariga doir ma’lumotlar katta qiziqish uyg’otadi. Yozma manbalarga ko’ra, 1558 yildan 1702 yilgacha 12 ta XVIII asr davomida 9 ta rus elchisi ma’lumdir. Elchilar odatda muayyan siyosiy muammoni hal etish uchun yuboriladi. Ko’pincha elchilar savdo bilan bog’liq muammoni hal etganlari uchun ularga tajribali savdogarlar boshchilik qilganlar. Ko’pchilik aloqalar O’rta Osiyo xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, savdoning holati va istiqbollari, savdo yo’llarining asosiy yo’nalishlari, qo’shni mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar to’g’risida axborot, ya’ni siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan axborot tolish imkonini byerardi. Chunonchi, XVII asrda O’rta Osiyodagi rus elchilarining faoliyati O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida ma’lumotlar to’plash imkonini byerdi. Bunga O’rta Osiyoga yuborilgan A.Jyenkinson, I.D.Xoxlov va Florio-Byecvyeni elchiliklari yorqin misol bo’la oladi. A.Jyenkinson elchiligi. Moskva davlati mulklarida joylashgan Volga yo’lidan O’rta Osiyo va Eron orqali Hindiston bilan savdo aloqalari olib borish maqsadida foydalanish masalasi kun tartibiga qo’yildi. Bunda 1555 yilda paydo bo’lib XVI – XVII asrlarda ingliz-rus aloqalari muhim hissa qo’shgan «Moskva kompaniyasi» katta rol o’ynaydi. Bu kompaniya yordamida inglizlar Rossiya orqali Sharqiy O’rta Osiyo va Eronga yo’l ochishga mayassar bo’ldilar, bu yerda 1558 yilda 7 ta ingliz sayyohatchilari tashrif buyurib, ular orasida Xiva va Buxoroga borgan Antonii Jyenkinson ham bor edi. A.Jyenkinson to’g’risida juda biografik ma’lumotlar kam. A.Jyenkinson va uning hamrohlari (Richard va Robyert Jonsonlar hamda tarjimon tatar Aziz) sayyohatni 21 oy (1558 y. apryelidan 1559 y. 2 syentyabrgacha ) davom etdi. A.Jyenkinson «Rossiyadagi Moskva shahridan Baktriyadagi Buxoro shahrigacha 1558 yildagi sayyohati» bayonini qoldirgan. A.Jyenkinson o’zining O’rta Osiyoga bo’lganligidan Xitoyga olib boriladigan yo’llar to’g’risida ma’lumotlar to’plash maqsadida foydalangan. U Buxoro va butun O’rta Osiyo bilan savdo-sotiq imkoniyatlarini oshirib ko’rsatmagan. A.Jyenkinsonning Saroychik, Xorazm shaharlari – Vazir va Urgyench to’g’risidagi ma’lumotlari 19 qimmatlidir, ular A.Jyenkinson bu shaharlarda bo’lgan Vazir Xorazmning markazi bo’lib, Urgyench inqirozi yuz tutganligini tasdiqlaydi. A.Jyenkinson va uning hamrohlari Buxoroda uch oy bo’ldilar. U shahar uning ijtimoiy va iqtisodiy turmushi, xon hamda uning hokimiyati to’g’risida juda qiziqarli ma’lumotlar qoldirdi. Jyenkinson Buxoroning xalqaro savdodagi roli va o’rnini byelgilashga katta ahamiyat byeradi. Qo’lida rus podshosining shahodatnomalari bo’lgan A.Jyenkinsonni Abdullaxon qabul qiladi. Buxoro xoni Rossiyadagina emas, balki Turkiya, Angliyadagi ahvol, shuningdyek Yevropa armiyalari qurollari bilan ham qiziqadi. A.Jyenkinson, Ridard Jonson bilan birga Buxorodan Xitoygacha boradigan yo’llar to’g’risida ma’lumotlar to’pladi, Astraxandan Xitoygacha bo’lgan yo’lni aniqladi. Bu elchilikning natijalari Rossiya uchun ham O’rta Osiyo uchun ham katta ahamiyat kasb etib, natijada Rossiya bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida faol diplomatik savdo aloqalari boshlanib kyetgan edi. I.Maqsudov missiyasi. XVIII asrning ikkinchi yarmi Rossiya Buxoro savdo va diplomatik aloqalari tarixida Rossiya elchiligining 1774-1776 yillarda Rossiyaga borishlik katta qiziqish uyg’otdi. Shu bilan birga bu elchilik siyosiy ahamiyati ham bor edi. I.Maqsudov rus hukumatiga qilgan takliflariga ko’ra, Rossiya bilan Buxoro o’rtasidagi savdo aloqalari yanada rivojlantirish uchun qozoq juzlarida Rossiya mavqyeini mustahkamlash zarur edi. Impyerator kyengashi majlisida ko’rib chiqilgan bu taklif Rossiya diqqatini jalb etdi. Rus hukumati I.Maqsudov elchiligida katta e’tibor byerar edi. 1779-1780 yillarda I.Maqsudov Rossiyaga ikkinchi elchilik boshlig’i bo’lib bordi. 1797 yilda esa Rossiyaga Shomurodning elchisi Polvonqul qurchi tashrif buyurdi. Ivan Xoxlov elchiligi. 1620-1622 yillarda rus podshosi Mixail Fyodorovich Ruslano Buxoroga boyon Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida elchilik yuboradi. U 1620 yildan boshlab diplomatik xaraktyerdagi turli xil topshiriqlarni bajarib kyelardi. Ivan Xoxlov Eron elchisi Pirqulibyekka nazoratchilardan biri etib tayinlanib, uni Saratovga kuzatib qo’ygandi. Usha vaqtda Ivan Xoxlov akasi Vasiliy bilan birga «o’z vatani bo’lmish Qozonda davlat xizmatidagi stryelyec boshliqlar hisoblanardilar». Ivan Xoxlov n Buxoro xoni Imomqulixonga elchi etib tayinlangan… 1620 yildayoq tilga olingan. Ivan Xoxlov elchi sifatida Buxoro elchisi bilan birga Imomqulixon huzuriga yuboriladi. U Rossiya bilan savdo va elchilik aloqalarini mustahkamlash, rus asirlarini ozod qilish to’g’risida xon bilan olib boriladigan muzokaralar muvaffaqiyatini ta’minlash, shuningdyek Buxoroning tashqi siyosati ahvoli to’g’risida ma’lumotlar to’plashi kyerak edi. U xonni Rossiyaning kuch-qudrati va ulug’vorligiga ishontirib, u bilan savdo hamda siyosiy aloqalarni mustahkamlashga ko’ndirishi lozim edi. Elchiga, xususan buxoroliklarga turli narsalar bilan savdo qilishga ijozat byerish hamda ularni «siquvlar va ranjitishlaridan» himoya qilish to’g’risida Qozon va Astraxan askarboshilariga, shuningdyek boshqa shaharlar askarboshilariga podsho farmoyishi bilan byeriladigan xonni xabardor qilish qiziqtirar edi. Ivan Xoxlovning elchiligi 1620 yil 21 iyulda Buxoro va Xiva elchilari Odambiy va Rahimqul bilan birga Qozondan jo’nab kyetadi. Elchilik tarkibida tarjimonlar Ivan Tirkov va Syemyeyki Gyerasimovlar bor edi. Elchilik bosib o’tgan yo’l Astraxan Kaspiy dyengizi – Tupkaragan pristani – Xayrobod-Buxoro orqali tushgan edi. Xoxlov va uning hamrohlari yo’lga kyetgan vaqtini hisoblaganda 30 oyga (1620 yil 21 iyuldan 1622 yil 12 dyekabrga) qadar bo’lgan edilar. Ivan Xoxlov hisobidan ma’lum bo’lashicha elchilik o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishgan edi. Elchilik qaytib kyetayotganida Xivada unga Imomqulixonning elchisi Odambiy boy sovg’alar bilan yetib oladi. Elchilik Moskva podshosi uchun «ikki arg’umoq, chodir uy, pichoq, toshlar bilan byezatilgan qinlar, oltita baxmal, to’qqizta ipak, tuya» byeriladi. Imomqulixon unga yo’l xarajatlari uchun 400 tanga, o’zi uchun boy sovg’alar – egar va yuganlik arg’umoq, tilla ip bilan tikilgan shohi byelbog’ byergan edi. U o’z saroyidagi 23 nafar rusni ozod etgan edi. Elchilikning moddama-modda ro’yxati va boshqa hujjatlarda ikkala O’rta Osiyo xonligi – Xiva va Buxoro xonliklarining XVII asr birinchi choragidagi ichki va xalqaro ahvoli to’g’risida eng qimmatli ma’lumotlar kyeltirilgan. 1717 yil Florio Byenyevyeni elchiligi. 1717 yil 17 iyulda Pyetyerburgga Buxoro elchisi Qulibyek o’z hamrohlari bilan kyeladi. U Buxoroga qaytishida Qulibyek bilan birga Florio Byenyevyeni elchiligi yuboriladi. Pyetr I ishonch yorliqlarini 1718 yil 9 iyulda imzolaydi. Elchilik 8 kishidan iborat bo’lib, uni xizmatkorlar va harbiy soqchilar kuzatib bordi. Asli kelib chiqishi italyan bo’lgan F.Byenyevyeni Buxoro xoniga topshirish uchun podno yorlig’i byerilgan elchiga yana bir muhim, maxfiy hujjat uning Buxorodagi faoliyatiga taaluqli 7 banddan iborat yo’l-yo’riq yoki dastur topshirildi. Bunda eng muhimi – sharqqa eltadigan suv va quruqlik yo’llarini, rus savdosini qanday qilib kyengaytirish mumkinligini surishtirib bilish, xonni Rossiya bilan harbiy ittifoq tuzishga ko’ndirish va unga rus askarlari gvardiyasini taklif etish, oltin to’g’risida qayerdan, qancha qazib olishligini bilishdan iborat edi. Buxoro qurolli kuchlari tuzilmasini hamda ularning holatini ham aniqlash zarur edi. Elchi Buxoroning Eron, Xiva va Turkiya bilan o’zaro aloqalarini o’rganishga ham e’tibor byerishi kyerak edi. F.Byenyevyeni elchiligi Buxoroda jami 3,5 yil (1721 6 noyabrda 1725 yil 8 apryelgacha) turdi. Elchilik xodimlari boy haqiqiy matyerial to’plab, uni SanktPyetyerburg ochiq xat va shifrlangan matn tarzida junatib turdilar. XVII asrda turkiston Xiva xonligi, Buxoro xonligi, Qo’qon xonligi, O’rta juz, Qichiq juz hamda Qashkariya (Sharqiy Turkiston) xonliklarini bo’linib kyetgan edi. Siyosiy tarqoqlik hamda savdo yo’li va ipak yo’li o’z yunalishlarini o’zgartirib, dyengiz muhitlariga ko’chishi turkistonning iqtisodiy, madaniy jihatdan tushunlikka olib kyelgan sabablaridan biridir. Ikkinchidan, xonliklar 21 o’rtasidagi to’xtovsiz urushlar ham barcha xonliklarga xo’jalik va madaniy hayotini orqaga qaytishiga olib keladi. Shunday davrda «shajarai tarokima» yozma obidaning muallifi Xiva xoni, Abulg’oziy Arab Muhammadxon o’g’li hijriy 1012 yil 15 Rabbiyul avval oyida, milodiy sana 1603 yil 12 avgustda XVII asrdagi Xiva xonligi poytaxti Urgyench shahrida tavallud topgan, o’zbyek elatining Qo’ngirot urugidandir. Abulg’oziy bahodirxonning asarlari ichida «Shajarai Tarokimiy» (Turkmanlar shajarasi) «Shajarai turk» (Turklar shajarasi) muhim o’rinni egallaydi. Muallifning aytishiga qaraganda, «Shajarai tarokima» turkman oqsoqollari va ulug’ boshliqlarning taklifiga ko’ra oddiy turk kishisi tushunadigan, hatto byesh yashar turk o’g’loni ham anglaydigan tilda yozilgan. Asarda Odam ato avlodlari Muhammad alayhissalom payg’ambarning Xom, Som, Yefon hamda uni o’g’li Turk haqida hikoya qilinadi, Turk, mug’ul xalqlari turixi so’zlanadi. Qoraxon o’g’li Uguzxon faoliyati haqida to’xtaladi, butun o’guz eli va turkman xalqining qabilaviy tarkibi, urug’larning bir-biri bilan bog’langan nutqlari, tarixiyetnogyenyezini ko’rsatib o’tishadi.


Download 47.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling