Mavzu : O’zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari she’rlaridagi Tajnis,iyhom,tanosub,ishtiqoq,takrir kabi lafziy san’atlarni o’rganish
Download 1.39 Mb.
|
O\'\'zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari
Matla baytda hijrondan shikoyat mavzusi ochilgan. Tasvirdan anglashiladiki, kecha boraman deb visolga va’da bergan sevikli yor o‘z vaqtida kelmay qoladi. Ya’ni, va’dasiga vafo qilmaydi. Visolga umidvor oshiqning ko‘zlariga tong otguncha uyqu kelmaydi. U yorini tong otgunga qadar ham umidvor kutadi. Ammo yor tongotarda ham kelmaydi. Ushbu g‘azal sharhlarida «kecha» so‘zini turlicha tushunish tufayli, uni voqea sodir bo‘lgan kechqurun yoki shoir iztiroblari ifodalangan kundan oldingi kun (o‘tgan kun) kabi talqinlar uchraydi. Biroq g‘azal mazmunidan, ayniqsa, uchinchi baytdan aniq anglashilib turibdiki, va’da va uning ijrosiga intizorlik g‘azal yozilgandan avvalgi kun voqeligidir. Matlada g‘azal lirik syujetining yaxlit mundarijasi o‘zining umumiy aksini topgan. Keyingi baytlarda oshiqning va’da olgan oydin kundan to tonggacha iztirobda o‘tgan qalb kechinmalari baytma-bayt batafsil tasvir etiladi. Ikkinchi baytdagi tasvirga ko‘ra, lirik qahramon dam-badam yor yo‘liga chiqib, uni intizor kutadi. Kelavermagach, yana manziliga qaytadi. Yana besabru betoqat bo‘lib yor yo‘liga chiqib ko‘z tutadi. Ammo yordan hamon darak bo‘lmaydi.
Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling