Mavzu : O’zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari she’rlaridagi Tajnis,iyhom,tanosub,ishtiqoq,takrir kabi lafziy san’atlarni o’rganish


Download 1.39 Mb.
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1121895
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'\'zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari

Biz shoirning «sho‘x» so‘zini ham nazardan soqit qilmasligimiz lozim. Nazarimizda, shoir ushbu iborani hazil-mutoyiba aralash erkalash ma’nosida qo‘llagan. Negaki, visolga va’da berib, o‘z vaqtida kelmay, oshiqning sabr-toqati, irodasi, sadoqatini sinash har bir qizga xos hayotiy xususiyat. Shu boisdan, uning «badxo‘»ligi va’da berib, va’dasida turmasligi, xolos.

  • Biz shoirning «sho‘x» so‘zini ham nazardan soqit qilmasligimiz lozim. Nazarimizda, shoir ushbu iborani hazil-mutoyiba aralash erkalash ma’nosida qo‘llagan. Negaki, visolga va’da berib, o‘z vaqtida kelmay, oshiqning sabr-toqati, irodasi, sadoqatini sinash har bir qizga xos hayotiy xususiyat. Shu boisdan, uning «badxo‘»ligi va’da berib, va’dasida turmasligi, xolos.
  • Keyingi bayt mazmunini shoir «tajohuli orif» san’ati asosiga quradi. Yorning va’da qilingan vaqtda kelmaganligi sababini tusmollaydi, taajjub izhor etadi: agar yor kun xuddi uning munavvar jamolidek yorug‘ bo‘lganida, birov ko‘rib qolishidan uyalib, andisha qilib, sharm-hayo, ehtiyot yuzasidan kelmagan bo‘lsa, ayriliq azobidan zulmat qoplagan mening hayotimdek tun qorong‘u bo‘lganida ham kelmadi-ya ?! Baytda yana tazod san’ati yaratilgan: yorning yuzi (orazi) – nurafshon, oshiqning hayoti (ro‘zg‘ori) esa qop-qorong‘u.
  • To‘rtinchi baytda lirik qahramonning ahvoli mubolag‘ali tasvirlanadi. U kuta-kuta toqati-toq bo‘lib, majnunga aylanadi. Parisifat yorim hajrida shunday devonalarcha faryod chekib yig‘ladimki, – deydi oshiq, – mening bu ahvolimni ko‘rganda kulgisi kelmagan biror kimsa bormikin? Bu bayt mazmuni ifodasida shoirning yana bir badiiy mahorati shundaki, u xalq hayotida uchraydigan tipik tafsilga ishora qiladi. Odatda, odamlar ko‘chadagi devona-jinnining xurmacha qiliqlariga beixtiyor kulishadi. Shuningdek, baytda yig‘i va kulgi holatlari asosida ifodalangan tazod san’ati ham badiiyatni kuchaytirgan.

Beshinchi baytda lirik qahramonning ruhiy holati tasviri mubolag‘ali tarzda davom etadi. Uning ahvoliga hayron qolganlarga lirik qahramon: buncha ko‘z yoshlaringni oqizasan, deya ta’na-malomat qilmanglar, – deya iltijo etadi, – ko‘zlarimdan hijron kechasi suv oqqani yo‘q, kelgani barisi yurak qonlari edi. Mubolag‘adan tashqari, ko‘zlardan suv o‘rniga qon oqishi ma’lum darajada tazodni ham tashkil etadi.

  • Beshinchi baytda lirik qahramonning ruhiy holati tasviri mubolag‘ali tarzda davom etadi. Uning ahvoliga hayron qolganlarga lirik qahramon: buncha ko‘z yoshlaringni oqizasan, deya ta’na-malomat qilmanglar, – deya iltijo etadi, – ko‘zlarimdan hijron kechasi suv oqqani yo‘q, kelgani barisi yurak qonlari edi. Mubolag‘adan tashqari, ko‘zlardan suv o‘rniga qon oqishi ma’lum darajada tazodni ham tashkil etadi.
  • Oltinchi bayt oddiy g‘azalxon mutolaasi uchun birmuncha murakkabroqdir. Ammo Navoiy davri o‘zbek tili va she’riyat tilining o‘ziga xos grammatik qurilishini bilgan odam uni osongina tushunib oladi. Ushbu baytni to‘g‘ri tushunmasdan, maktab darsliklarida «begona bayt» deya talqin etish holatlari ham bor. Ammo, adabiyotshunoslikda ham, xususan, g‘azalshunoslikda ham «begona bayt» degan tushuncha mavjud emas. Odatda, maqtadan oldingi baytda shoir lirik chekinish tarzida biror falsafiy xulosa, teran umumlashma fikr bayon etadi. Lekin u g‘azal baytlarining mazmunan izchilligiga raxna solmaydi. Oldingi baytlarga mantiqan bog‘langan bo‘ladi. Bunday baytda izchil yoritilayotgan mavzu yuzasidan xulosa, hukm chiqariladi. Muammoning falsafiy yechimi bayon etiladi. Mazkur baytda ham xuddi shunday hodisani kuzatish mumkin.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling