Mavzu : O’zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari she’rlaridagi Tajnis ,iyhom ,tanosub,ishtiqoq,takrir kabi lafziy san’atlarni o’rganish Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, - Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
- Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
- Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
- Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
- Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
- Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
- Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
- Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
- Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
- Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
- Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
- Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.
- Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
- Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
Ushbu g‘azal Alisher Navoiyning muhabbat mavzuida yozilgan oshiqona g‘azallaridan biridir. G‘azal badiiy qurilma (lirik kompozitsiya) si jihatidan voqeaband g‘azallar turkumiga mansubdir. U muayyan hayotiy voqea ta’siri va turtkisi bilan yaratilganligi sababli ham voqeabanddir. G‘azaldagi lirik syujet oshiq, ya’ni lirik qahramon visol uchun va’da bergan sevikli yorini kutish iztiroblari tasviri asosiga qurilgan. Asar yetti baytdan iborat bo‘lib, barcha baytlar matlada qo‘yilgan mavzuni maqtagacha izchil yoritishga safarbar etilgan. - Ushbu g‘azal Alisher Navoiyning muhabbat mavzuida yozilgan oshiqona g‘azallaridan biridir. G‘azal badiiy qurilma (lirik kompozitsiya) si jihatidan voqeaband g‘azallar turkumiga mansubdir. U muayyan hayotiy voqea ta’siri va turtkisi bilan yaratilganligi sababli ham voqeabanddir. G‘azaldagi lirik syujet oshiq, ya’ni lirik qahramon visol uchun va’da bergan sevikli yorini kutish iztiroblari tasviri asosiga qurilgan. Asar yetti baytdan iborat bo‘lib, barcha baytlar matlada qo‘yilgan mavzuni maqtagacha izchil yoritishga safarbar etilgan.
- Alisher Navoiy mukammal lirik kulliyoti – «Xazoyin ul-maoniy»ga asarlarini umr fasllariga muvofiq taqsimlab kiritganida, «Ul sarvi gulro‘ kelmadi» g‘azali «Badoe’ ul-vasat», ya’ni «O‘rta yosh go‘zalliklari» devonidan o‘rin olgan bo‘lsa ham, aslida, u shoirning yoshlik lirikasi mahsulidir. Chunki g‘azal Navoiyning «Ilk devon»i hamda ikkinchi rasmiy devoni «Navodir un-nihoya» devonlarida ham mavjud. Ulug‘ shoir o‘zining ijodiy takomili davomida g‘azalning matniy tarkibiga biror jiddiy tarkibiy o‘zgartirish kiritmagan. G‘azal shoirning ilk lirikasi mahsuli ekanligi shundan dalolat beradiki, u yigitlik ishqining nozik sarguzashtlari, dunyoviy muhabbatning otashin ehtiros va tuyg‘ulari bilan yozilgan. Mazkur dalil esa g‘azal mazmunini sun’iy ravishda «ishqi haqiqiy»ga bog‘lab talqin etishimizga asos bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |