Mavzu : O’zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari she’rlaridagi Tajnis,iyhom,tanosub,ishtiqoq,takrir kabi lafziy san’atlarni o’rganish
Download 1.39 Mb.
|
O\'\'zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari
Mutolaa jarayonida oddiy muxlislarimiz «chektim yo‘lida intizor» shoirona so‘z birikmasini tushunishga qiynaladilar. Ayrimlarida «yor yo‘lida intizor oshiq nima chekdi ekan?» qabilidagi savol ham tug‘iladi. Bunga sabab shuki, Navoiy davri til ifodalari bugungi tilimizdan o‘zgacharoq. Aslida, yuqoridagi so‘z birikmasidagi uchta so‘zning aynan o‘zini hozirgi til tuzilishida ifodalasak, bugungi o‘quvchi uchun tushunarli, aniq mazmun kelib chiqadi: «yo‘lida intizorlik chekdim». Oshiq yorini chuqur iztirob bilan sabrsiz kutaverganidan, joni og‘ziga keladi. Bu o‘rinda shoir «joni og‘ziga kelmoq» xalq iborasini mahorat bilan qo‘llaydi. Uni qo‘llashdan maqsad faqat frazeologizmni mazmunga mutanosib ravishda ishlatish emas, balki tazod – qarshilantirish san’atini vujudga keltirishdir. Tazod oshiq va ma’shuq holatlari o‘rtasidagi zidlikni ifodalashga safarbar etiladi: oshiqning joni og‘ziga keladi, biroq ma’shuqa kelmaydi, u oshiqning ahvoliga loqayd, beparvo.
Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling