Mavzu : O’zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari she’rlaridagi Tajnis,iyhom,tanosub,ishtiqoq,takrir kabi lafziy san’atlarni o’rganish


Download 1.39 Mb.
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1121895
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'\'zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari

Ma’lumki, oldingi baytlarda lirik qahramon, ya’ni oshiq hijrondan shikoyat qilib kelayotgan edi. U zaif va nolakor bir vaziyatda turibdi. Baytda shoir oshiqning bunday mavqeiga tanqidiy munosabat bildiradi. «Tolibi sodiq», ya’ni sadoqatli talabgor topilmas ekan, deya fikr yuritadi shoir. Va’daga vafosiz yorning jabru sitamlaridan oh-voh chekish bilan kifoyalanish chinakam oshiqning ishi emas. «Yo‘qsa», ya’ni bo‘lmasa, yorning yo‘liga kim «avval», ya’ni birinchi bo‘lib jur’atli, dadil qadam qo‘ydikim, uning ma’shuqasi ro‘parasidan peshvoz chiqmadi?! Yor diydoriga sadoqatli talabgor jur’atli, jasoratli bo‘lishi lozim. Chinakam oshiqlik tabiati shunday bo‘ladi! Oshiqlik jur’at, jasorat, fidoyilik, kerak bo‘lsa, qurbonlikni talab etadi.

  • Ma’lumki, oldingi baytlarda lirik qahramon, ya’ni oshiq hijrondan shikoyat qilib kelayotgan edi. U zaif va nolakor bir vaziyatda turibdi. Baytda shoir oshiqning bunday mavqeiga tanqidiy munosabat bildiradi. «Tolibi sodiq», ya’ni sadoqatli talabgor topilmas ekan, deya fikr yuritadi shoir. Va’daga vafosiz yorning jabru sitamlaridan oh-voh chekish bilan kifoyalanish chinakam oshiqning ishi emas. «Yo‘qsa», ya’ni bo‘lmasa, yorning yo‘liga kim «avval», ya’ni birinchi bo‘lib jur’atli, dadil qadam qo‘ydikim, uning ma’shuqasi ro‘parasidan peshvoz chiqmadi?! Yor diydoriga sadoqatli talabgor jur’atli, jasoratli bo‘lishi lozim. Chinakam oshiqlik tabiati shunday bo‘ladi! Oshiqlik jur’at, jasorat, fidoyilik, kerak bo‘lsa, qurbonlikni talab etadi.
  • Tugallanma baytda shoir may obraziga murojaat etadi. Lirik qahramonni hijronzada ko‘ngil uyini boda bilan shod-xurram etishga chorlaydi. Nima uchunkim, ko‘ngil uyi shod-xurramlik bilan obod ekan, unga qayg‘u yaqin yo‘lay olmaydi. Bu o‘rinda boda mayparastlikni ifodalamaydi, albatta. U qayg‘uga qarshi shodlik ramzi, tazod unsuri sifatida qo‘llangan.

Xulosa qilib aytganda, «Ul sarvi gulro‘ kelmadi» g‘azali Navoiy lirikasining shoh asarlaridan biridir. G‘azalning «Munojot» kuyi bilan ashula qilib aytilishi xalqimizning eng sevimli asarlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Munojotning mungli navosi Navoiyning hazin navosi bilan shu qadar bir-biriga mos tushib, uyg‘unlashib ketganki, ashula mahoratli maqom ustasi, xalqimizning suyukli xonandasi Bertaxonim Davidova tomonidan birinchi marta radio orqali ijro etilganida, shaharu qishloqlardagi radiokarnaylardan yangraganida, yurib borayotgan odam borki, to‘xtab, vujudlari quloq bo‘lib tinglagan

  • Xulosa qilib aytganda, «Ul sarvi gulro‘ kelmadi» g‘azali Navoiy lirikasining shoh asarlaridan biridir. G‘azalning «Munojot» kuyi bilan ashula qilib aytilishi xalqimizning eng sevimli asarlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Munojotning mungli navosi Navoiyning hazin navosi bilan shu qadar bir-biriga mos tushib, uyg‘unlashib ketganki, ashula mahoratli maqom ustasi, xalqimizning suyukli xonandasi Bertaxonim Davidova tomonidan birinchi marta radio orqali ijro etilganida, shaharu qishloqlardagi radiokarnaylardan yangraganida, yurib borayotgan odam borki, to‘xtab, vujudlari quloq bo‘lib tinglagan

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling