Mavzu : Parrandachilikni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash samaradorligi Reja
II.1O’zbekiston respublikasida parrandachilikni rivojlantirishga innovatsiyalarni joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Download 31.39 Kb.
|
Kurs ishi.Parrandachilik uz-assistant.uz
II.1O’zbekiston respublikasida parrandachilikni rivojlantirishga innovatsiyalarni joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
2022-yil 15-mart sanasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida mamlakatimizda ilk bor «Parrandachilik: innovatsion технологиялар» forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda olimlar, parrandachilik sohasi yetakchi va mutaxassislaridan tashqari Vengriya, Italiya, Golland iya, Turkiya, Rossiya, Shveysariya kabi davlatlardan kompaniya vakillari ishtirok etdi. Respublika Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari, professor Sh.Turdiqulova qayd etilishicha, vazirlik tomonidan parrandachilik sohasidagi ilmiy -tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun 14,3 milliard so‘m grant mablag‘lari ajratildi. Ayni paytda sohada 25 ta loyiha bajarilmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sohada broyler va tuxum yetishtirish yo‘nalishlarida mahsuldorlikning oshishi, korxonalarning rentabelligi oshishi bilan bog‘liq o‘z yechimini kutayotgan muammolar hamon uchraydi.Naslchilik bo‘yicha parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil qilish va rivojlantirish, parrandalarning yangi zotlarini yaratish bilan bog‘liq genetikani, shuningdek, uy parrandachiligini rivojlantirish dolzarbligicha qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqindagi qarorlari bilan tuxum yetishtirish va parranda go‘shti uchun subsidiyalar belgilandi. Soha yetakchilarining taʼkidlashicha, raqamlashtirishning parrandachilik sanoatiga kirib borishi vaqti keldi. Raqamlash orqali har bir tovuqni alohida bilish mumkin. Uning tana harorati, qancha ozuqa isteʼmol qilgani, kasallikni erta bosqichda aniqlashga imkon bo‘ladi. Avtomatlashtirishni joriy etilishi esa qafaslarni dezinfeksiya qilish, tuxum yig‘ish va hokazolarning bajarilishida qulaylik tug‘diradi. Seleksiya tajribasining qo‘llanilishi esa yosh hayvondan, masalan, 20 kunlik xo‘rozdan qon olish va bu haqda oldindan ko‘p narsalarni aytib berish imkonini beradi. Bu hol genetikada aql bovar qilmaydigan o‘sish va xarajatlarni tejash demakdir. Tahlillardan ko‘rinib turi bdiki, tuxum qo‘yuvchi tovuqlar seleksiyasi yiliga qo‘shimcha 2 -3 dona tuxum unumdorligini oshiradi hamda tabiiyki, korxonalar daromadi oshadi. Parrandachilik biznesini optimal boshqarish ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, barcha xarajatlarning 60% gacha bo‘lgan yem-ozuqadan samarali foydalanish ustida ishlash va uning konversiyasini yaxshilash mumkin. Parranda kataklarida o‘rnatilgan datchiklardan maʼlumotlarni to‘plab va tahlil qilib, turli saytlarda oziqlantirish strategiyalarini solishtirish imkonini beradi. Bularning barchasi masofadan turib amalga oshirilishi va tez natija berishi mumkin. Parrandachilikda turli uskunalarning qo‘llanilishi ham muhim o‘rin tutadi.Chunki hozirda parrandachilik fermalarida 3-4 turdagi turli xil uskunalar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z kompyuteriga, dasturi ga, mutaxassisiga muhtoj. Bunday turli xildagi uskunalarni birlashtirish masalasi dolzarbdir. Prezidentimizning 2021 yil 14 iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida respublika bo‘ylab har bir tumanda aholi xonadonlariga tovuq, shuningdek, kurka, o‘rdak, g‘oz va boshqa ommaviy bo‘lmagan parranda turlarini tarqatish, yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish bo‘yicha kooperatsiya ishlarini tashkil etish belgilangan. Mazkur topshiriqlar ijrosini hududlarda taʼminlash bo‘yicha “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida “Taxiatosh chikkens” MCHJ tomonidan parrandachilikda kooperatsiya tizimida ishlar yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda jamiyatda 40 ming bosh, shundan 10 ming boshdan ortiq xonaki parranda parvarishlanmoqda. Ushbu xo‘jalikda parrandalar yer sharoitida boqilib, kuniga 4 -4,5 ming dona inkubatsion tuxum olinmoqda. Jamiyat tomonidan dastlab kooperatsiya tizimida ishlarni yo‘lga qo‘yi sh maqsadida 14 ta xonadonga 50, 70, 100 boshdan xonaki parrandalar tarqatildi. Hozirda esa xonadonlar soni 40 taga yetkazildi. – Jamiyat tomonidan kelgusida xonadonlardan kuniga 2000 3000 donagacha inkubatsion tuxum sotib olinishi rejalashtirilgan, – deydi “Parrandasanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Ahmedov. – Shuningdek, tajriba tariqasida qo‘shni Beruniy tumanidagi qator xonadonlarga kurkaning 400 boshga yaqin tez yetiladigan naslli zotidan tarqatildi. “Taxiatosh chikkens” MCHJ tomonidan aholi bilan ishlash hajmini oshirish maqsadida mahallalarda bir martalik quvvati 100, 150 va 250 bosh jo‘ja ochirishga mo‘ljallangan 50 dan ziyod inkubatorlar joylashtirildi. Inkubatorlardan chiqayotgan jo‘jalar jamiyat tomonidan 3000 so‘mdan 4000 so‘mgacha sotib olinib, jamiyatning o‘zida 90-100 kun parvarishlanib, tuxum yetishtirish maqsadida aholiga qayta tarqatib kelinmoqda. Joriy yil 16 fevral kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan chorvachilik va ipakchilik sohasida 2022 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Taxiatosh tumanidagi “Taxiatosh chikkens” MCHJ faoliyati eʼtirof etilib, respublikaning har bir hududida aholi xonadonlariga 100 boshgacha xonaki parranda tarqatadigan 2 tadan parrandachilik korxonalarini tashkil etib, kooperatsiya asosida uy sha roitida parranda boqish va tuxum ishlab chiqarishni ko‘paytirish chorasini ko‘rish topshirig‘i berildi. Hozirda barcha viloyatlarda ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida aholi bilan kooperatsiya usulida parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etish ishlari jadal olib borilmoqda. Shahrisabz tumanidagi “Zotli parranda tomorqa xizmati”, Beruniy tumanidagi “Qo‘ng‘irot Qiyat”, Jondor tumanidagi “Arjuman bonu chorvasi”, Bo‘ka tumanidagi “Qishloq qurilish farovon parranda” va boshqa ko‘plar korxonal ar shular jumlasidandir. Jondor tumanidagi “Arjuman bonu chorvasi” fermer xo‘jaligi hududda broyler tovuq go‘shti yetishtirish bo‘yicha kooperatsiya tashkil etgan. Asosan go‘sht yo‘nalishidagi broyler jo‘jalari parvarish qilinadigan ushbu korxonada 150 ming bosh jo‘ja ochish uchun mo‘ljallangan inkubator mavjud. Birgina o‘tgan 2021 yilning o‘zida inkubatsiya usulida 2 milliondan ziyod broyler jo‘jalari yetishtirilgan. Fermer xo‘jaligi ushbu imkoniyatlardan foydalanib, hududda kooperatsiya tashkil etgan. Hozirda 150 dan ortiq aholi xonadonlariga kooperatsiya usulida broyler jo‘ja va yem tarqatilgan. Yetishtirilgan broylerlar fermer xo‘jaligi tomonidan xonadonlardan kelishilgan narxlarda qayta sotib olinmoqda. Prezidentimizning 2021 yil 16 dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha tomorqa egalariga qoida tariqasida boshqa yo‘nalishlar kabi 100 bosh parranda, 5 -10 bosh kurka sotib olishi uchun ham imtiyozli kreditlar ajra tilishi belgilangan. Mamlakatimizning ichki isteʼmol bozorida go‘sht, sut, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda Download 31.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling