Mavzu : Parrandachilikni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash samaradorligi Reja


Download 31.39 Kb.
bet6/6
Sana21.04.2023
Hajmi31.39 Kb.
#1375298
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi.Parrandachilik uz-assistant.uz

III.Xulosa va takliflar
Yuqorida keltirgan ma’lumotlarimizdan ko’rinib turibdiki,ushbu sohada natijaga erishish uchun qat’iy tartib-intizomga rioya qilish kerak bo’ladi.Nafaqat ushbu sohada balki qaysi soha yoki yo’nalish bo’lmasin natijaga erishish uchun qattiq mehnat va tartibga rioya qilish kerak bo’ladi.Biz qanchadan-qancha yangi innovatsion texnologiya va texnikalarni o’rganib va ularni olib kirsakda unda belgilangan qonun-qoidalar va tartiblarga rioya qilmasak ishimizdan yaxshi natija kutishimiz noto’g’ri bo’ladi.Hozirgi kunda yurtimizda aholi turmush-tarzini yaxshilash uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilgan.Oilalarga imtiyozli ravishda qarzga tovuqlarni tarqatish ham shular jumlasidandir.Aholimiz bu imkoniyatdan bajonidil foydalanishga harakat qilyapti.Lekin afsuski,ko’p hollarda qarzga olingan tovuqlarni nobud qilish holatlari ko’p kuzatilyapti.Nega endi fermerni qo’lida yashab kelayotgan tovuqlar aholi qo’liga yetib borgandan so’ng nobud bo’lyapti.Ha albatta gap parvarishda bu yerda.O’sha parrandalar uchun kerakli sharoit yaratilmagani,oziqlantirish ratsioni buzilgani va shunga o’xshash me’yorlarga rioya qilinmaganidan kelib chiqadi.Shuningdek,yana ko’p hollarda tovuqlar tuxum berishdan to’xtab qolishadi.Bunga o’sha oziqlantirish tartibi buzilishini sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin.Albatta bularga rioya qilmagan aholi bu taraflarini inobatga olmasdan,aybni boshqa joydan qidiradi.Na tovuq beradigan tuxumsiz,na tovuqning o’zisiz qolgandan keyin unda hech qanday daromad manbai qolmaydi va qarzni to’lashga ham qodir bo’lmay qoladi.Axir boqish bo’yicha yaratilayotgan innovatsion texnika va texnologiyalar bekorga emas,albatta ular birmuncha tajribadan o’tib keyin ommaga taklif qilinadi.Bizdan esa ularga amal qilishga to’g’ri keladi.Yuqorida misol tariqasida keltirgan “SAXOVAT BROILER” kompaniyasini ham yurtimizda deyarli hamma taniydi.Bu darajaga yetishish uchun kerakli hamma innovatsiya va imkoniyatlarni jalb qilgan va buni natijasini ko’rib turibmiz.Albatta ushbu kompaniya qattiq tartib intizomga rioya qilganu uchun shu darajaga yetdi.Yaratilgan imkoniyatlar yoki innovatsiyalardan oqilona foydalanib ham ishlab chiqarish hajmini hamda uning sifatini oshirishga erishgan.Yangi innovatsion texnikalar yordamida albatta ishchi kuchi unchalik talab qilinmasada,ishlab chiqarish hajmi birmuncha oshadi.Bu holatda narxlar arzonlashuvi ham ro’y beradi.Albatta narxlarnin arzonligi aholimiz uchun yaxshi.Lekin dunyo aholising global o’sishi ham ishlab chiqarish hajmini muntazam oshirib borishni talab qiladi.Muntazam va tezkor ravishda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun faqat inson omili kamlik qiladi.Buning uchun ko’proq innovatsion texnika va texnologiyalar zarur bo’ladi.Demak xulosa qilib aytadigan bo’lsak,bugungi kunda yangi texnika va texnolgiyalarsiz yashashning iloji qolmadi,bularsiz ish koeffitsiyentini oshirishning imkoni yo’q.Bizdan esa ulardan oqilona foydalanish qoladi xolos.

IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro ’yhati
1.«Parrandachilik сирлари‎‎‎‎‎» kitobi -  Rustam Qurbonov
2.https://www.vetgov.uz/upload/import/chorvadocs- CHORVACHILIK VA PARRANDACHILIK ILMIYTADQIQOT INSTITUTI
3.http://uza.uz/posts/355310 -
4.http://uza.uz/posts/367235 - UZA O’zbekiston milliy axborot agentligi
5.http://uza.uz/posts/366931 -
6.https://saxovat-broiler.uz/uz/kompaniya-haqida/ - “SAXOVAT-BROILER” kompaniyasi rasmiy sayti
Download 31.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling