Mavzu : Parrandachilikni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash samaradorligi Reja


raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni


Download 31.39 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi31.39 Kb.
#1375298
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi.Parrandachilik uz-assistant.uz

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni
ko‘paytirish maqsadida bir qator yangi qarorlar qabul qilindi.
Prezidentimizning 2021 yil 3 martda qabul
qilingan “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora -tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2021 yil 1 iyundan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik xo‘jaliklarida yetishtirilib, go‘sht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, parrandachilik xo‘jaliklariga - o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m subsidiya ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi qaror i bilan “2020 - 2022 yillarda xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni sotib olgan xo‘jaliklarga hamda respublikada nasldor qoramollarni yetishtiradigan naslchilik xo‘jaliklariga subsidiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqland i.
Unga ko‘ra davlat tomonidan naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirib sotilgan nasldor qoramolning xar bir boshiga 1 million so‘m, xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning xar biriga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining bir boshiga 400 ming so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan subsidiya oluvchilarga 2021 yil 1 iyundan respublika budjetidan parrandachilik xo‘jaliklariga - o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar 2 500 so‘m (bunda, subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi), 2024 yil 1 yanvardan 1 000 so‘m subsidiya ajratilishi belgilandi.
Mazkur qarorlar ijrosi yuzasidan subsidiyalar ajratish yo‘li bilan fermerlarimizni qo‘llab -quvvatlash natijasida ichki isteʼmol bozorida go‘sht, sut, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlarining barqarorligi taʼminlandi.
Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalariga ko‘ra oziq -ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari 2022 yil 20 aprel holatiga suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45 000 – 72 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 55 000 – 85000 so‘mgacha, tuxum mahsulotlari (10 dona) ➖ 7000 – 15 000 so‘mgachani tashkil etmoqda.



Download 31.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling