Mavzu : plagiat tushunchasi antiplagiat haqida huquqiy va me`yoriy hujjjatlar
Download 0.71 Mb.
|
Plagiat Antiplagiat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mualliflik huquqlarini paydo boʻlishi va ularning himoyasi
Mualliflik huquqlari baʼzi mamlakatlarda Bern Konventsiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan boʻlib, Evropa Ittifoqi hamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar aʼzolaridan talab qilinadi.Odatda, mualliflik huquqiga daʼvo qilish uchun asar baʼzi minimal originallik talablariga javob berishi kerak va ushbu huquq maʼlum vaqt oʻtgach yoʻqoladi. Har xil davlatlar turli talablar qoʻysada, umuman olganda talablar judayam kam: Birlashgan Qirollikda asarga ozgina „qobiliyat, ish kuchi va qaror“ sarflangan boʻlishi kerak.Mualliflik huquqlarini paydo boʻlishi va ularning himoyasiOdatda, mualliflik huquqiga daʼvo qilish uchun asar baʼzi minimal originallik talablariga javob berishi kerak va ushbu huquq maʼlum vaqt oʻtgach yoʻqoladi. Har xil davlatlar turli talablar qoʻysada, umuman olganda talablar judayam kam: Birlashgan Qirollikda asarga ozgina „qobiliyat, ish kuchi va qaror“ sarflangan boʻlishi kerak.Keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Tor maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquqlar tizimini tashkil etadi. Mualliflik huquqi boʻyicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi.Mualliflik huquqi boʻyicha 1952-yilgi Jahon (Jeneva) konvensiyasi hamda adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasi (1886) mavjud. Bern konvensiyasi Mualliflik huquqini himoya qilishning qatʼiy tizimini oʻzida ifodalaydi. Oʻzbekistonda Mualliflik huquqining asosiy normalari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (1041—1073-moddalar) va „Mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi“ Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (1996-yil 30-avgust) da belgilangan.Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h.k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham Mualliflik huquqi obʼyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilishi huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi.Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling