Mavzu : plagiat tushunchasi antiplagiat haqida huquqiy va me`yoriy hujjjatlar


Download 0.71 Mb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1570106
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Plagiat Antiplagiat

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h.k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham Mualliflik huquqi obʼyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilishi huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi.

Asardan muallif yoki uning merosxoʻri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfa-atlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, taʼlim va oʻquv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki toʻliq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga boʻlgan Mualliflik huquqi u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanvardan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi Mualliflik huquqi uning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan 2-shaxsga oʻtadi. Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, yaʼni har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishga hakli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquklari muddatsiz amal qiladi.

Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat (koʻchirmachilik, madaniy oʻgʻirlik), asardan muallif ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish (madaniy qaroqchilik) kiradi. Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquklarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni toʻlashi lozim.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling