Мavzu : Protozoologiya Euglenozoa tipi Chlorophyta tipi Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) tipi Retortamonada tipi Axostylata tipi
Download 64.36 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- .N. Pavloviskiy odamlar va hayvonlar o’rtasida bo’g’imoyoqlilar yordamidа aylanib yuradigan
Trypanosoma brusei. qoramollarda uchraydi.
T. evansi tuyalar, otlar va eshshaklarda uchraydi.T. Еquiperdum otlardа kuyikish kasalligini keltirib chiqaradi. Bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy yo’l bilan bilan o’tadi. Leshmaniyalar ham tripanosomalarga o’xshash tuzilgan, lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Uzunligi 4-7 mkm bo’lgan parazit .Leshmaniya tropika yuz, qo’l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi.Yomon yara yoki pashshaxo’rdani keltirib chiqaradi, 1,5-3 yildan keyin yaxshi bo’ladi. Iskabtopar pashshasi Leshmaniya Parazitlarni bir hayvondan boshqasiga hasharotlar yuqtiradi. Rus parazitologi E.N. Pavloviskiy odamlar va hayvonlar o’rtasida bo’g’imoyoqlilar yordamidа aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb atadi. X L O R O F I T L A R ( Chlorophyta ) tipi Xlorofit-norasmiy ravishda xlorofitlar deb ataladigan yashil suv o'tlari taksoni. Xlorofitlar 4300 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Xlorofitlar dengiz, chuchuk suv va quruqlik muhitida keng tarqalgan. Ba'zi turlar harorat, yorug'lik va sho'rlanishning haddan tashqari o'zgarishini boshdan kechiradigan cho'llar, Arktika sharoitlari, dengiz chuqur suvlari, chuqur dengiz gidrotermal chuqurlari sharoitlarga moslashgan. Ba'zi guruhlar (Trentepohliales) faqat quruqlikda uchraydi. Xlorofitlarning bir nechta turlari, jumladan qo'ziqorinlar (lishaynik hosil qiluvchi), infuzoriyalar, knidariya va mollyuskalar bilan simbiozda yashaydi. Xlorofitlarning ba'zi turlari erkin yashovchi yoki parazit geterotrof, boshqalari bakteriyalarni fagotsitoz qiluvchi miksotrofdir. Volvokslar. Yumoloq shakldagi yashil volvoksni ko’llarda, xovuzlarda ba’zan sholipoyalarda uchratish mumkin. Volvoksning shar shaklidagi tanasining kattaligi (V. globator) 2 mm gacha bo’ladi. Bu yirik volvoks koloniyasi 20 mingga yaqin mayda hujayralardan tashkil topgan. Koloniyali yashil xivchinlilar Koloniya tarkibidagi individlarning har biri 2 ta xivchinga, yadroga, xromatoforlarga, qisqaruvchi vakuola va stigmaga egadir. Shuning uchun ham koloniya tarkibidagi individlarning har bittasini mustaqil bir hujayrali organizmlar deb qarash mumkin. Lekin bu individlarning ko’pchiligi bo’linib ko’payish xususiyatiga ega emas, ularni somatik hujayralar deb ham ataydilar. Ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan individlar koloniyada juda oz, atigi 4-10 tagina bo’lishi mumkin. Bular Download 64.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling