Mavzu : Qishloq xo’jaligida korxonalarning moliyaviy – kredit mexanizmini takomillashtirish. Reja. Kirish
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Download 74.49 Kb.
|
1 2
Bog'liqsherali moliya tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi aosiy masalalari va farazlari
- Kurs ishining tuzulishi
Kurs ishining maqsadi va vazifalari : iqtisodiyot tarmoqlari, shu jumladan qishloq xo’jaligiga jalb qilinayotgan ichki va tashqi invеstitsiyalardan samarali foydalanishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash, invеstitsiya loyihalarini tuza olish, invеstitsiya loyihalari samaradorlik ko’rsatkichlariga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, loyihaviy tahlilni amalga oshirish, loyiha hujjatlarni tayyorlay olish, ekspеrtizadan o’tkazish, monitoringni amalga oshirish, loyihalar va invеstitsiyalarga xarajatlar samaradorligini baholay oladigan va amalda qo’llay oladigan bilimli va yuksak kasbiy mahoratga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash. "Qishloq xo’jaligida invеstitsion jarayonlarni boshqarish" fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr: - rеspublikada qishloq xo’jaligini rivojlantirish, invеstitsiya va invеstitsiyalarni jalb qilishga oid mе'yoriy-ququqiy hujjatlar, invеstitsion faoliyat stratеgiyasi, qishloq xo’jaligiga invеstitsiyalarni jalb qilish va innovatsion tеxnologiyalarni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari hamda xorijiy invеstitsion faoliyat, invеstitsiya sohasida mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasidagi mutanosiblikni hisobga olgan holda qishloq xo’jaligining qaysi yo’nalishiga invеstitsiya sarflanish rеjasi haqida tasavvurga ega bo’lishi;
Kurs ishi aosiy masalalari va farazlari : Agrar sohada biznеs-rеja va loyihaviy tahlilning asosiy jihatlari to’g’risida; loyiha buyurtmachisining moliyaviy ahvolini, markеting bozori va kontsеptsiyasini tahlil etish; loyihani amalga oshirish sxеmalarini, iqtisodiy samaradorligi va qoplanuvchanligi, tavakkalchiliklari va hayotiyligini baholash; qishloq xo’jalik sohasida invеstitsiya loyihalarini rеjalashtirish va monitoringini qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kеrak. Kurs ishining tuzulishi :Ushbu kurs ishi kirish qismi,3 ta rejadan tashkiltopgan ,kurs ishi so’ngida talaba bildirgan xulosa va takliflar hamda foydalangan adabiyotlardan iborat 1 Agrosanoat majmuini rivojlantirishda moliya, kredit, sug’urta va soliq mexanizmlarini boshqarishning roli. Moliya - pul mablag’lari fondlarini yaratish va foydalanish jarayonida iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi iqtisodiy kategoriya. Moliyalash - xalq xo’jaligini rivojlantirish, ijtimoiy - madaniy tadbirlar, mudofaa va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlarini zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, birlashmalar, korxonalarning o’z mablag’lari, davlat byudjetidan va boshqa manbalardan ajratilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi. Agrar sohada faoliyat ko’rsatayotgan shirkat xo’jaligi, fermer va dehqon xo’jaliklari uchun moliyalashtirish manbalarini quyidagi shakllarda ifodalash mumkin: > Xo’jaliklarning o’z mablag’lari; > Qarzga olingan mablag’lar; > Byudjet mablag’lari; > Xomiylarning yordamlari; > Xalqaro jamg’armalar yordamlari; > Xalqaro kredit liniyalari tomonidan ajratiladigan yordamlar. Bundan ko’rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklarining faoliyati bir nechta moliyaviy manba hisobiga emas, yuqoridagi manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin. Qishloq xo’jaligi korxonalari mablag’lari manbalari sotishdan tushgan tushum, amortizasiya ajratmalari, qat’iy passivlarning o’sgan qismi va boshqalardan tashkil topadi. Qarzga olingan mablag’lar esa tijorat banklaridan olingan kreditlar va qimmatbaho qog’ozlarni muomalaga chiqarishdan olingan mablag’lardan tashkil topadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatni moliyalashtirish manbalarini shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: > Qishloq xo’jalik korxonalarining o’z mablag’lari (yoki ichki mablag’lari); > Boshqa korxonalarlardan qarzga olingan mablag’lar (tashqi mablag’lar). Qishloq xo’jalik korxonalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashda byudjet mablag’lari ham ishtirok etadi. Bu o’z navbatida paxta, g’alla va sholi kabi qishloq xo’jalik mahsulotlariga davlat buyurtmasining mavjudligi bilan belgilanadi. Davlat buyurtmasining mavjudligi qishloq xo’jalik korxonalarining bozordan iste’molchini topish va marketingni minimal darajada bo’lishini ta’minlaydi hamda sotilgan qishloq xo’jaligi mahsuloti uchun to’lovlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi kafolatlanadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarini moliyalash mexanizmini asosiy yo’nalishi moliyaviy mablag’larni diversifikasiyalashtirish tomonga qaratilganligi bilan belgilash kerak. Mamlakat miqyosida davlat moliyasi tushunchasi bo’lib, davlat moliyasining tarkibiy qismi va turli xil mulk shaklidagi korxonalar, birlashmalar, jamoa xo’jaliklari va hakozolardan iborat qishloq xo’jalig tarmog’i moliyasidir. Tarmoqlar moliyasini to’g’ri tashkillashtirish mablag’larning uzluksiz aylanishini, qiymat formalarining silliq o’zgarishini, pul daromadlarining o’z vaqtida tushumini, pul daromadlari to’g’ri taqsimlanishini va foydalanilishini, davlat buyurtmalarini vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Tarmoq moliyasi iqtisodiy munosabatlarning pul formasida namoyon bo’lib, asosiy vositalar va aylanma mablag’larning aylanishida, mahsulot ishlab chiqarish va sotishda, pul daromadlarining tashkil etilishi va samarali foydalanilishida o’z aksini topadi. Qishloq xo’jaligi moliyasi iqtisodiy munosabatlarning majmui bo’lib, pul daromadlarining rejali tashkil etilishi, taqsimlanishi va foydalanilishida, shuningdek ishlab chiqarishni nazorat qilish, milliy daromadni tashkil qilishda yaqqol namoyon bo’ladi. Davlat va korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar quyidagi hollarda sodir bo’ladi: > xo’jalik hisobidagi daromadning tashkil etilishida, foyda va turli xil fondlarni vujudga kelishida, daromadning bir qismini yuqori tashkilotlar ixtiyorida jamlashda; > korxona bo’limlari, zvenolari, dehqon, fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxida, sifatli mahsulot yetishtirishda va ularning samaradorlik ko’rsatkichlarida; > davlat korxonalari bilan turli xil mulk shaklidagi korxonalarning munosabatlarida yoki turli xil mulk shaklidagi korxonalarning o’zaro munosabatlarida, ular o’rtasidagi moddiy texnika resurslarini yetkazib berishda, kapital qurilishda, banklardan olingan kredit munosabatlarida, shuningdek qurilish, yo’l qurilishi va hokazolar bo’yicha hissadorlik uyushmalarini tashkil qilishda; > yuqori tashkilotlar ixtiyoriga korxona daromadining bir qismini berishda; > moliya tizimiga yalpi daromaddan to’lov, soliqlar to’lash, ijtimoiy sug’urta munosabatlarida; > davlat va xususiy banklar bilan o’zaro aloqalarda. Yuqorida ta’kidlangan moliyaviy munosabatlarning to’g’ri tashkil etilishi takror ishlab chiqarish samaradorligining yuqori darajada o’sishiga zamin bo’ladi. Qishloq xo’jalik korxonalari moliyasida ham xalq xo’jaligi moliyasidagi singari quyidagi tamoyillarga amal qiladi: 1. Rej alilik (jamg’armalarni rejalashtirish); 2. Mablag’larning ma’lum maqsadlarga qaratilganligi (tuzilgan fondlardan foydalanish); 3. Qaytarib bermaslik (byudjetga to’lovlar); 4. Iqtisodiy tejam (samaradorlikni oshirish); 5. Nazorat qilish (yuqori tashkilotlar, banklar va hakozo xo’jaliklar mablag’lardan qanday foydalanayotganligini nazorat qilish); Qishloq xo’jalik korxonalar moliyasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi asosiy belgilari quyidagilardir: 1. Qishloq xo’jalik korxonalar moliyasi qishloq xo’jalik tarmog’ida ijtimoiy mahsulotni taqsimlashning zarurligi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (taqsimpash) munosabatlaridir; 2. Qishloq xo’jalik korxonalar moliyasi - qiymatning pul shaklidagi harakati bilan ifodalangan pul munosabatlaridir; 3. Qishloq xo’jalik korxonalar moliyasi ishtirokida qishloq xo’jalik korxonalar pul jamg’armalari hosil bo’ladi va foydalaniladi. Moliya yordamida davlat, korxona va hokazolar pul daromadlari va jamg’armalari reja asosida tashkil etiladi, taqsimlaniladi va foydalaniladi. Moliyaning mohiyati uning vazifalarida o’z ifodasini topadi: > taqsimlash; > nazorat qilish. Moliyaviy nazorat moliya biznes rejalarini tuzishda, ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblashda bank bilan byudjet va boshqa yuqori tashkilotlar bilan bo’ladigan hisob-kitoblarni nazorat qilishda o’z aksini topadi. Shuningdek moliya yordamida qishloq xo’jaligi korxonalarining moliyaviy- iqtisodiy ahvoli muntazam iqtisodiy tahlil kilib boriladi va kerakli xulosalar chiqariladi. Moliyaning nazorat qilish vazifasida ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi, rejalashtirilgan ko’rsatkichlarning bajarilishi pul mablag’lari, moddiy resurslardan foydalanish, mahsulotning soni va sifati va hakozolar nazorat qilinadi. Moliya nazorat ishlari moliya organlari xodimlari va korxona buxgalter iktisodchilari tomonidan amalga oshiriladi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari moliyaviy ishlarni tashkil etilishiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi: 1. Qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ishlab chiqarish jarayonidagi farqlar, ya’ni ishlab chiqarish jarayoni bilan ish davri o’rtasidagi o’zgarish, ishlarning mavsumiyligi. Bu o’z navbatida mablag’larning aylanishiga, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmining oshishiga ta’sir etadi. 2. Qishloq xo’jaligida ayrim mahsulotlar natural ko’rinishga ishlab chiqarish jarayonida aylanadi. Masalan, o’simlikchilikda yetishtirilgan mahsulotlar chorvachilik tarmog’ida yem-xashak sifatida foydalaniladi yoki aylanma mablag’lar tarkibidagi yosh chorva mollari asosiy podaga o’tkaziladi. Bunday tartibda xo’jalik ichida natural ko’rinishda mahsulotlarniig ichki aylanishi qo’shimcha ravishda mablag’ jalb qilinmasdan ishlab chiqarishning qaytadan tashkil etishga olib keladi. 3. Qishloq xo’jalik ishlarining mavsumiyligi yil davomida o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini bir maromda ishlab chiqarish va sotish imkoniyatini bermaydi. Bu o’z navbatida pul tushumiii yil davomida bir tekis tushmasligiga olib keladi. Bunday mavsumiy notekislikni qoplash uchun qishloq xo’jalik korxonalari chetdan jalb qilingan kredit resurslaridan foydalanishga ehtiyoj sezadi. 4. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish jarayoni tabiiy iqlim sharoitiga bog’liq, ya’ni turli xil tabiiy ofatlar sodir bo’lishi tufayli qishloq xo’jalik mahsulotlaridan bir maromda yoki ko’zlangan maqsaddagidek hosil, daromad olinmaslik ehtimoli mavjud. Shuning uchun bunday tabiiy hodisalar keltirgan zararni qoplash maqsadida qishloq xo’jaligi korxonalarida pul va natural ko’rinishda sug’urta fondlari tashkil qilinishi kerak. 2Moliya va kreditlash mexanizmi, ularni takomillashtirish yo’llari. So’nggi yillarda respublikamizda qishloq xo’jaligi korxonalarining moliyaviy ahvoli yomonlashib, xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar byudjet, byudjetdan tashqari jamg’armalar, tayyorlov korxonalaridan katta yig’indidagi qarzlari paydo bo’ldi. Hukumat tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinib, qishloq xo’jaligi korxonalariga davlat tomonidan moddiy yordam berish choralari ko’rilmoqda. 2001 yil 3 dekabrda «Suv tanqisligi natijasida zarar ko’rgan qishloq xo’jalik korxonalarini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq qishloq xo’jalik korxonalarining boshqa tashkilotlar va korxonalar oldidagi 277,7 mlrd so’m miqdordagi qarzlari hisobdan chiqarildi. Natijada qishloq xo’jalik korxonalarining 2002 xo’jalik yilida moliyaviy barqaror faoliyat ko’rsatishiga zamin yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31 dekabrdagi farmoniga asosan Moliya Vazirligi huzurida «Davlat ehtiyojlari uchun harid qilingan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hisob-kitobi jamgarmasi» tashkil qilingan bo’lib, mazkur jamg’armaning moliyaviy agentlari «Paxtabank» va «G’allabank» orqali qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi va g’alla uchun yakuniy hisob kitoblar amalga oshirilmoqda. Bu banklar tomonidan tomonidan 2001 yildagi paxta, g’alla va sholi uchun 357 mlrd so’m to’lovlar amalga oshirilgan. Qishloq xo’jaligida moliyaviy ishlarni samarali tashkil etilishi oqibat natijada rentabellik darajasiga, foydaning oshishiga olib kelishi lozim. Shuningdek, byudjetga to’lovlar, mol yetkazib beruvchilar bank bilan, yuqori moliya tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar yaxshi yo’lga qo’yiladi, ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalaniladi, moliyaviy zahipalapdan foydalanish to’g’ri yo’lga qo’yiladi. Ushbu maqsadda, ya’ni moliyaviy ishlar samaradorligini oshirishda moliyaviy ishlar uch yo’nal^da olib boriladi: > moliyaviy rejalashtirish; > moliyaviy reja bajarilishini ta’minlash, ya’ni tezkor moliyaviy ishlar; > nazorat-tahlil ishlari. Moliyaviy rejalashtirishda biznes-reja, kreditlash, kassa operasiyalari va boshqa shu kabi pul mablag’lari bilan taminlash ishlari rejalashtiriladi. Bunday moliyaviy rejalashtirish negizida qo’shimcha moliyaviy zahiralarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish va korxona rentabelligini oshirish kiradi. Moliyaiy reja bajarilishini ta’minlash uchun korxonaning ishchi xodimlari bilan ish haqi to’lash va moddiy rag’batlantirish kabi turli tuman moliyaviy munocabatlari, byudjet bilan, bank bilan, yuqori tashkilotlar bilan bo’ladigan moliyaviy munosabatlarni o’z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash tushuniladi. Moliyaviy ishlarning muhim qismi, bu moliya pejacining bajarilishi ustidan nazorat qilish va tahlil o’tkazishdir. Asosiy e’tibor tezkor nazoratga qaratiladi, bunday nazorat natijasida yo’l qo’yilgan kamchiliklar bartaraf etiladi, mavjud moliyaviy zahiralar aniqlanadi. Tezkor nazorat hozirgi kunda ishlar avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan sharoitda yuqori samarasini bermoqda. Bunday tezkor nazorat natijasida va muntazam ravishda ma’lumotlar bilan taminlash oqibatida korxonalar faoliyatini boshqarish tizimida ko’plab yengilliklar hamda qulayliklar tug’iladi. Moliyani boshqarish tizimi - bu davlat va korxonalarning pul mablag’lari fondini rej a asosida tashkil etish va foydalanish tizimi. Moliya tizimini boshqarish Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Moliya Vazirligining joylardagi organlari viloyat moliya boshqarmasi, tuman va shahar moliya bo’limlaridan iboratdir. Moliya boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi. Samarqand viloyat hokimligi moliya boshqarmasi davlat boshqaruvi organi hisoblandi va yagona soliq-byudjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. Samarqand viloyat hokimligi moliya boshqarmasi tizimiga: shahar va tuman hokimliklarining moliya bo’limlari kiradi . Moliya boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: Samarqand viloyat mahalliy byudjeti loyhasini tayyorlash, tasdiqlash, uning bajarilishini ta’minlash, mahalliy byudjetning bajarilganligi haqidagi hisobotni tayyorlash va moliya vazirligiga taqdim etish; Moliya boshqarmasi zimmasiga yuklatigan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi: Iqtisodiyotni rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida soliq siyosati va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Moliya vazirligiga taqdim etish; Byudjetga soliq va boshqa tushumlarni, shuningdek davlat mulkini xususiylashtirishdan hamda davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushishi ustidan nazorat olib boradi; Berilgan vakolati doirasida byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanishi hamda davlat ulushi bo’lgan xo’jalik sub’ktlarda moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi; Shahap va tuman moliya bo’limlari joylardagi byudjet loyihalarini tuzadi, korxona va tashkilotlarning moliya rejasini bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi, moliyaviy tartib intizomini mustahkamlash chora tadbirlarini amalga oshiradi. Qishloq xo’jalik korxonalarida moliyaviy ishlar bilan moliya hisob markazi shug’ullanadi. Mamlakatimizda qishloq xo’jalik korxonalarini rag’batlantirish va boshqaruv tizimini samaradorligini oshirish uchun moliya tizimiga ham bir qator vazifalar quyilgan. Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat turlari bo’yicha 40 ga yaqin banklar faoliyat ko’rsatmoqda. Shundan ASM korxonalariga bank xizmati ko’rsatish bo’yicha «Paxtabank» yetakchi o’rinda turadi. Bank - tijorat faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxs bo’lib, bank faoliyati deb nomlanuvchi quyidagi faoliyatlarni amalga oshiradi: S yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qiladi va o’z tavakkalchiligi asosida ular orqali kreditlashni amalga oshiradi; S to’lovlar qabul qiladi. Omonat - bu, foiz qiymati bilan yoki qo’shimchalar bilan bankka birinchi talabdayoq yoki tomonlar o’rtasida kelishilgan muddat tugashi bilan to’lovni oshirgan shaxs yoki uning qonuniy vakiliga qaytariladigan pul qiymati. Bank subyekti - O’zbekiston Respublikasidagi barcha banklar hisoblanadi. Banklarning huquqiy asosi bo’lib, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» qonun va «Markaziy Bank to’g’risida»gi qonun hisoblanadi. Banklar o’z faoliyatlari davomida quyidagi bank operasiyalarini amalga oshiradi: > Jismoniy va yuridik shaxslarga hisob-kitob operasiyalari uchun hisob raqami ochish; > Omonot jamg’armalari qo’yuvchilarni jalb qilish; > O’zining va omonatga jalb qilingan mablag’lar hisobiga qaytarib olish, muddatlilik, qoplanganlik shartlari bilan kreditlar berish Banklar bundan tashqari quyidagi operasiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin: > pul vositalarini o’z egalari bilan tuzilgan shartnoma asosida boshqarish; > naqd pulli va naqd pulsiz tartibda jismoniy va yuridik shaxslardan xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish; > pul mablag’lari, veksellar, to’lov va hisob hujjatlarini inkassasiyalash; > uchinchi shaxs sifatida kafolat berish; > uchinchi shaxs sifatida majburiyatlarni talab qilishni amalga oshirish; > qimmatli qog’ozlarni chiqarish, sotish va sotib olish, hisobini olish va saqlash, mijozlar bilan kelishilgan xolda qimmatli qog’ozlar ustidan nazorat o’rnatish va boshqarish; > bank maslahat va axborot xizmatini ko’rsatish; > moliyaviy lizing; > lizensiyalangan boshqa bank xizmatlari. Banklar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy banklar Markaziy Bank tomonidan lisenziyalanadi. Lisenziyada bank faoliyati va bajarishi mumkin bo’lgan operasiyalar ko’rsatiladi. Lizenziya olmagan banklar faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ular olgan daromadlar davlat hazinasiga o’tkaziladi. Ushbu qonunchilikka asosan lisenziya olgan bank faoliyati huquqiga ega tashkilotlar bank terminini ishlatilishi mumkin. Bu qoidani buzish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi. Banklar har qanday mulkchilik shaklida hissdorlik jamiyati shaklida tuziladi. Bank ta’sischilari bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslar bundan tashqari konuniy hisoblangan xorijliklar, ommaviy jamg’armalar va birlashmalar hisoblanishi mumkin. Har bir ta’sischining ulushi ustav kapitalining 35% idan oshib ketmasligi lozim. Bu ko’rsatkich davlatning hissasi uchun chegaralanmagan. Banklar ustavga asossan faoliyat yuritishadi. Bank ustaviga quyidagilar kiradi: > bankning (to’liq va qisqa) nomi va uning jolashgan joyi (pochta manzili); > bank operasiyalari turlari; > ustav kapitali qiymati, unda hissaga ega bo’lgan ta’sischilar nomlari; > bank boshqaruvi haqida ma’lumot, ularning ma’lumotliligi bo’yicha, burchlari va vazifalari; > joriy buxgalteriya hisobi asosida bankni audit kilish tartibi, hisob va hisobot tartibi. Banklarning minimal ustav kapitali Markaziy Bank tomonidan belgilanadi. Banklar Markaziy Bankdan ro’yxatdan o’tishlari bilan yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Lisenziyalash Markaziy Bank tomonidan amalga oshiriladi. Lisenziya berilishi bilan birgalikda bank faoliyati olib borish huquqi ham beriladi. Banklarni ro’yxatdan o’tkazish va lisenziya berish pullik shaklda amalga oshiriladi. Banklar filiallari Markaziy Bankdan ro’yxatdan o’tishadi va ta’sischi bankdan lisenziya olishadi. Markaziy Bank quyidagi hollarda ro’yxatdan o’tkazishga rad javobini berishi mumkin: > ro’yxatdan o’tkazish uchun kerakli hujjatlar taqdim etilmaganda; > tashkilotlar hujjatlari qonuniy bo’lmaganda; > bir yoki bir necha ta’sischilarining moliyaviy ahvoli qoniqarsiz bo’lganda; > bankning ustav kapitali minimal miqdordan kam bo’lganda; > bank rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga da’vogarning kasbiy mahorati yetishmagan holda. Banklarning boshqaruv organi hissadorlarning umumiy yig’ilishi, bank kengashi va boshqaruv apparatidan iborat. Bank kengashi vazifalariga quyidagilar kiradi: > bank faoliyati ustidan, shu jumladan omonatchilar va hisadorlarni manfaatini himoya qilish maqsadida kreditlash va investisiyalashtirish jarayonini nazorat qilish; > bank rahbarlarini belgilash va ishdan bo’ shatish; > bank siyosatini shakllantirish; > qonuniylikni ta’minlash. Bank kengashi a’zolari soni 5 kishidan kam bo’lmasligi kerak. Bank kengashi a’zolari, hissadorlardan tashkari bank sohasi olimlari va mutaxassilari bo’lishi lozim. Bankning joriy boqaruv organi bank boshqaruv apparati hisoblanib, banktezkor boshqaruvni amalga oshiradi va bank faoliyati uchun javobgar bo’ladi. Boshqaruv apparati bank kengash va hissadorlarning umumiy yig’ilishida saylanadi. Banklar o’z hujjatlarini Markaziy Bank belgilagan tartibda arxivlashtiradilar. Bank va mijozlar o’rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Banklar operasiyalar, omonatlar, mijozlarining hisob raqamlarini sir saqlashga kafolat beradilar. Bankning hamma xizmatchilari operasiyalar, omonatlar, mijozlarining hisob raqamlarini sir saqlashlari lozim. Operasiyalar yuzasidan ma’lumotlar hisob raqam egasiga, prokuraturaga, sudlarga va jinoiy qo’zg’atilgan hollarda tergov organlariga beriladi Bilamizki, tijorat banklarida kreditlash jarayonini tashkil etishning asosiy mezonlaridan biri uning me’yoriy-huquqiy asosining qay darajada yaratilganidir. Respublikamiz tijorat banklari kredit faoliyatining huququy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan bank faoliyatiga tegishli qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar to‘plami hisoblanadi. Kreditlash jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga asosan quyidagi tamoyillar orqali amalga oshiriladi: ♦ qaytarilishi; ♦ foizligi; ♦ muddatliligi[6]. Bundan tashqari kreditning ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilishi va ta’minlanganligi ham tamoyil darajasida ahamiyatlidir. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilish siyosati iqtisodiyotning barcha tarmoqlari qatori bank tizimida ham keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Kreditlash jarayonini tashkil etish, korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini tahlil qilish kabi masalalarni to‘g‘ri amalga oshirish kredit riski darajasini pasaytirishga, hamda bank kredit portfelini sifatini yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarining boshlarida tashkil qilingan bank tizimi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bank tizimining boshlang‘ich pillapoyasi sifatida faoliyat boshlagan. Banklar tomonidan ajratilgan kredit qo‘yilmalari qoldig‘i esa 30,5 foizga o‘sib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 20,4 trln. so‘mni tashkil etdi (1.4.2-chizma). Ajratilgan kreditlarning 85,8 foizi ichki manbalar hisobiga berilgan bo‘lib, tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, asosan iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilinmoqda. Banklarning umumiy kredit portfelida uzoq muddatli kreditlarning ulushi esa, 76,8 foizni tashkil qilib, ularning hajmi 2011 yildagiga nisbatan 30,7 foizga oshdi. YAratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig‘i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Banklarning investitsiya kreditlari ustuvor ravishda “2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish”, «2012 yilgi Investitsiya dasturi» hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishga yo‘naltirilmoqda. 2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5 760 mlrd. so‘m yoki 2011 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p investitsiya kreditlari ajratildi. Inqirozga qarshi choralar dasturi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarini moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarining qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Farmonlarida belgilangan vazifalarning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan jami 168 ta iqtisodiy nochor korxona bank balansiga qabul qilingan bo‘lib, ushbu korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash va modernizatsiya qilish maqsadida banklar tomonidan 388 mlrd. so‘mlik investitsiyalar kiritildi hamda faoliyati tiklangan korxonalarning 120 tasi yangi mulkdorlarga 919,3 mlrd. so‘mga sotildi. Bugungi kunda tijorat banklari balansidagi faoliyati tiklangan korxonalarni yangi mulkdorlarga sotish ishlari olib borilmoqda hamda 11 ta korxonada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnologik liniyalarni tiklash, qurilish-ta’mirlash, yangi uskunalar o‘rnatish va modernizatsiyalash bilan bog‘lik ishlar amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, banklar balansiga olingan holda faoliyati tiklangan korxonalarda jami 1,7 trln. so‘mlik mahsulot (xizmat) ishlab chiqarildi va shundan, 480,0 mln. AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi. Respublika iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi me’yoriy hujjatlar mazmunini tubdan o‘zgartirish, kreditlash ob’ektlariga, qarz hisob raqamlari va garov ta’minoti hamda boshqa moliya vositalariga yangicha yondoshuvlar ishlab chiqish ehtiyojini vujudga keltirdi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tilishi va uning rivojlanishi respublika tijorat banklarida kredit berishning me’yoriy bazasini tubdan o‘zgartirishni talab etdi. Respublikada mulkchilikning turli shakllarini vujudga kelishi, kredit ta’minoti va kreditlash tartibidagi o‘zgarishlar hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1996 yil 20 aprelda “Xo‘jalik sub’ektlariga qisqa muddatli kreditlar berish qoidalari” ishlab chiqildi. SHunga asosan barcha banklar qisqa muddatli kreditlar berish tartibini amalga oshira boshladi. Qisqa muddatli kreditlash amaliyotida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 26 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik sub’ektlariga qisqa muddatli kreditlar berilishini tashkil etish qoidalari” yangi tahrirda ishlab chiqildi va shunga asosan tijorat banklari kreditlash jarayonini amalga oshirdi. Tijorat banklarini kreditlash jarayonini tashkil etishdagi keyingi o‘zgarishlarga “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni asos bo‘ldi[7]. Bu Farmonga asosan kreditlash borasida tijorat banklarining mustaqilligini oshirish, kreditlash jarayonini kengaytirish va takomillatirish masalalarini amalga oshirish ko‘zda tutildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir bankni siyosiy, iqtisodiy va ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritishi amalda mustaqil bo‘lishini talab etadi. Tijorat banklari shunga muvofiq o‘zining mustaqil kredit siyosatini va kreditlash nizomini ishlab chiqishdi. SHundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda tijorat banklari kreditlash jarayonini tashkil etib, uni yildan-yilga takomillashtirib bormoqdalar. Tijorat banklarini kreditlash jarayonini samarali tashkil etish uchun, birinchi navbatda, ularning kredit siyosatini ishlab chiqish lozim. SHu maqsadda biz banklarning kredit siyosatiga qo‘yilgan talablar va tijorat banklari kredit siyosatining asosiy jihatlari amalda qanchalik to‘g‘ri ishlab chiqilganligini tahlil qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarining kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomida kredit siyosatini ishlab chiqishga nisbatan aniq talablar qo‘yilgan. Unda “Bankning kredit siyosati – kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kredit portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir”[8] – deb aniq belgilab qo‘yilgan. Buning ijobiy tomoni shundaki, kreditlash jarayonida risklar bo‘lishining va kredit portfelini samarali boshqarish uchun kredit siyosati zarurligi alohida ta’kidlangan. Uning yana bir muhim tomoni shundaki, kredit siyosati kreditlash jarayoni va u bilan bog‘liq risklar paydo bo‘lishidan oldin ishlab chiqilishi va risklarni yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi hamda kreditlash bo‘yicha oldindan belgilab olingan qoida va echimlarni to‘g‘ri hal qilinishiga erishish lozimligini ko‘zda tutadi. SHuningdek, tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalarni tiklash, ular bazasida yangi tashkil etilgan korxonalarni salohiyatli investorlarga sotish ishlari samarali amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu maqsadda barcha etakchi tijorat banklar qoshida qator investitsion va injiniring kompaniyalari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qaroriga asosan, moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish, shuningdek kreditlar bo‘yicha muammoli qarzlarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida oldini olish choralarini ko‘rish yo‘li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o‘sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash respublikaning moliya-bank tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarorining 1-ilovasi 32-bandida, bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga oshirishning aniq mexanizmini joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit portfelini diversifikatsiyalashni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati monitoringini takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan. Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida 2011 yil 10 sentyabrda Markaziy bank Boshqaruvining «Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish Tartibiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 26/1-sonli qarori qabul qilindi. Markaziy bank Boshqaruvining ushbu qarori 2011 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 632-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib 2011 yilning 2 oktyabrida kuchga kiradi. Markaziy bankning «Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish Tartibi»ga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarda, jumladan quyidagilar ifodalangan. Markaziy bankda tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralanadigan majburiy zaxira depoziti tashkil qilindi hamda ushbu majburiy zaxira depozitiga tijorat banklari o‘z aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi shakllantirilgan maxsus zaxiralar summasiga teng miqdordagi mablag‘larni vakillik hisobvaraqlaridan o‘tkazib borish talabi qo‘yildi. Majburiy zaxira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdori har oyning 10, 20-sanalari va oy yakuni bo‘yicha shakllantirilgan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira summasidan kelib chiqib qayta hisob-kitob qilinadi. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, uch ish kuni mobaynida tijorat banklari maxsus zaxiralar summasiga etmayotgan miqdordagi mablag‘larni majburiy zaxira depozitiga o‘tkazishi yoki tijorat banklarining asoslantirilgan murojaatiga ko‘ra Markaziy bank tomonidan ortiqcha mablag‘lar banklarga qaytariladi. SHuningdek, yangi kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Markaziy bank tijorat banklari kredit portfelini tahlil qilgan holda, tijorat banklariga qo‘shimcha ravishda aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar shakllantirish yuzasidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborishi mumkin. O‘z navbatida, agar tijorat banklari yuqorida keltirilgan talablariga amal qilmagan taqdirda, Markaziy bank majburiy zaxira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan undirib oladi va bankka nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunining 53-moddasiga muvofiq tegishli chora va sanksiyalarni qo‘llaydi. Bundan tashqari, yangi kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga ko‘ra, bank tomonidan ajratilayotgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lovlar kredit shartnomasining butun amal qilish muddatiga taqsimlangan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu qoida banklarda muammoli kreditlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi belgi sifatida xizmat qiladi. SHu bilan birgalikda, kiritilgan o‘zgartirishlar ko‘ra, tijorat banklari o‘z aktivlari sifatini tasniflash bo‘yicha bir qator yangiliklar kiritildi. Jumladan, eski qoidalarga ko‘ra, 30 kungacha to‘lov muddati o‘tgan kreditlar «standart», 90 kungacha to‘lov muddati o‘tgan kreditlar «substandart» va 180 kundan ortiq kunga to‘lovi kechiktirilgan kreditlar «umidsiz» sifatida tasniflangan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra shartnoma muddatida to‘lanmagan va grafik bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha oraliq to‘lovlar 180 kundan kechiktirilgan barcha kreditlar «umidsiz» sifatida tasniflanadi. Bundan tashqari, sud jarayonidagi aktivlar, qarzdorning moliyaviy holati yomonligi va to‘lovga qobiliyatsizligi sababli to‘lov muddati uzaytirilgan aktivlar hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan, muammoli kreditlarni qoplash uchun olingan mulklar, ular bank balansiga olingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan aktivlar ham «umidsiz» sifatida tasniflanadi. Mazkur qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklari aktivlar sifatining yanada oshishiga, muammoli kreditlarni paydo bo‘lishini dastlabki vaqtlarda aniqlashtirishga imkoniyatlarni yaratadi, pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishini ta’minlaydi. Download 74.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling