TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
3-BOSQICH 120-GURUH TALABASI
MAMATQULOV BOTIRNING
“MATNSHUNOSLIK” FANIDAN TAYYORLAGAN
T A Q D I M O T I
Mavzu: "Sabotul ojiziyn" sharhlari, matniy tadqiqiga oid ishlar bilan tanishish
Topshirdi: Mamatqulov B Tekshirdi: Egamqulova N
Sofi Olloyorning Sabotul ojizin asari matni tabdilida ham koplab noaniqliklarni kuzatish mumkin. Bunga dalil sifatida Sabotul ojizin”ning 1991 yilning yanvar oyida Cholpon” va shu yili mart oyida Mehnat” nashriyotlarida chop etilgan matnlardan ayrim misollar keltiramiz. Cholpon nashrida Muhabbatsiz kishidan qochmoq bayoni bolimida shunday bayt keltiriladi:
Na kim tuzganiga tushsa bolur tuz
Ki andin otsa necha kecha-kunduz.
Baytni izohlab koraylik: nimaiki, tuzgan yoliga tushib olsa, oradan qancha muddat otsa ham, togri boladi. Mazmun ota jon. Mayli, tuzgan yolga birikmasini tuzuk yolga deb ham koraylik. Baribir, mano ravshan emas. Sababi, birinchi misradagi tuzganiga sozi notogri oqilgan va xato nashrda aynan aks etgan. Aslida bu soz tuz koniga deb oqilishi kerak edi. Shunda mano quyidagicha boladi: nimaiki tuz koniga tushsa, bir necha muddat otib tuzga aylanadi. Endi mazmun oydinlashdi va u oldingi baytda keltirilgan yaxshilarga ergashish, yaxshilar suhbatida bolish, albatta oz tasirini otkazadi degan manoning mantiqiy davomi bolib ulandi. Tabiiyki, mazkur sozlarning eski ozbek yozuvida bir xil shaklda ifodalanishi nashrga tayyorlovchini chalgitgan. Ammo matnshunos uchun bu holat uzr sanalmaydi.
“Mehnat nashrida Nafsi shum bayoni bolimida keltirilgan ushbu bayt undan ham otib tushadi:
Riyozat bandiga berkit oyogin,
Kotarma boshidin taqvo tuyogin.
Taqvo tushunchasi ozining asos etibori bilan yuksak maqomni ifodalaydi. Bu maqomni topgan inson qadriyati shu qadar kotariladiki, oyogi zamindan uzilmasdan, nazari samolarga etadi, erda turib, Haqqa boglanadi. Shuning uchun ham Quroni karimning avvalgi suralari, avvalgi oyatlaridanoq taqvo haqida soz boradi, bu ulug Kitobning faqat taqvo egalarini togri yolga boshlashi eslatiladi. Tabiiyki, taqvo tushunchasi zamiridagi bu oliy mazmun mumtoz matnlarda butun badiiyati bilan baland pardalarda vasf etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |