Mavzu : shaxs maʼnaviy madaniyatini shakllantirish ilmiy pedagogik muammo kirish. I bob shaxs maʼnaviy madaniyatini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari


Download 36.08 Kb.
bet2/10
Sana24.12.2022
Hajmi36.08 Kb.
#1055447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
203Pp Olimova

Kurs ishining maqsadi . Shaxs maʼnaviy madaniyatini shakllantirishning ilmiy pedagogik muammolarini oʻrganish.
Kurs ishi vazifalari . Shaxs shakllanishida :
-Shaxsni ham maʼnaviyatli ham oʻz madaniyatini unutmagan inson sifatida tarbiyalashning ilmiy pedagogik asoslarini oʻrganish ;
-Shaxs shakllanishiga taʼsir etuvchi omillarning mohiyatini tushunish ;
- Shaxs shakllanishida sharq allomalarining fikrlarini eʼtirof etish ;
- Hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va shart - sharoitlar va boshqalar haqida batafsil .
Kurs ishining mеtodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, 2019 yil 8 oktyabr PF-5847-son SH.M. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish KONSYEPSIYASI, 2016 yil 29 dekabr kuni 2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Qarori, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 20172021-yillarda Ozbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi, Prezidentning malakali kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda milliy tarbiyaning roliga doir yondashuvlari, Hukumat qarorlari va ilgor tajribalar.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, tortta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat. Kurs ishining umumiy hajmi 30 bet.
I bob . Shaxs maʼnaviy madaniyatini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari .
Shaxsning shakllanishi nihoyatda murakkab va ziddiyatli jarayon bo’lib, juda ko’p omillarga bog’liqdir. Inson shaxsining shakllanishida nafaqat madaniy, yana sotsial-siyosiy muhit, ijtimoiy tuzum, iqtisodiy hayot va boshqalar ham muhim rol o’ynaydi.
Ma'naviyat - bu ma'lum bir jamiyat a'zosi tomonidan o'z jamiyati madaniyatining asosiy xususiyatlari va mazmuni, mentaliteti, xatti-harakatlari va tafakkuridagi madaniy naqshlar va stereotiplarni o'zlashtirish jarayoni.
Shaxs - tarixiy o'ziga xos faoliyat va ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllangan ijtimoiy fazilatlari jihatidagi inson individi.
Ijtimoiylashtirish (lot. sosialis - ommaviy) - shaxs tomonidan ijtimoiy tajriba, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar tizimini o'z tajribasida o'zlashtirish va faol takrorlash jarayoni; ijtimoiy-madaniy hayotning ajralmas qismi, shaxsning jamiyat va madaniyat subyekti sifatida shakllanishi va rivojlanishining umuminsoniy omilidir. Ijtimoiylashuv jarayonida va natijasida inson jamiyatda normal hayot kechirishi, o'zining ijtimoiy-madaniy muhiti bilan to'g'ri munosabatda bo'lishi uchun zarur bo'lgan fazilatlarni, qadriyatlarni, e'tiqodlarni, ijtimoiy tomonidan tasdiqlangan xatti-harakatlar shakllarini egallaydi.
Inson, madaniyat, shaxs tushunchalari madaniyatshunoslikda juda muhim o’rin tutadi. Ular bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, inson madaniy mayjudot sifatida o’zining yaratuvchanlik mohiyatini namoyon etadi, madaniyat esa shaxs ijodiy faoliyatining mahsuli sifatida ijtimoiy taraqqiyotga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Uzoq yillar davomida shaxsning mohiyati va uning madaniy taraqqiyotdagi roliga biryoqlama yondashib kelindi, uning intellektual-ma’naviy salohiyati, insoniy fazilatlariga yetarlicha e’tibor berilmadi. Natijada, shaxs dunyoqarashi, g’oya va ideallarning yaratuvchan va o’zgaruvchan funksiyasi to’g’ri baholanmadi.
Insoniyatning ko’p asrlik taraqqiyoti davomida orttirgan bilimlari, g’oyalari, tajribalari va ma’naviy yutuqlarining majmuasi sifatida madaniyat barcha tarixiy davrlarda ham zamon ruhi va davr talablariga javob bera oladigan har tomonlama yetuk inson shaxsini kamol toptirishni o’z oldiga asosiy vazifa qilib qo’yadi. Тurli tarixiy davrlarda yaratilgan madaniyat yodgorliklari (ilmiy, badiiy asarlar, me’morchilik, naqqoshlik, musiqa, qo’shiq, rassomlik)da shaxsning bilimi, iste’dodi, insoniy fazilat va sifatlari o’z ifodasini topadi. Har bir inson ulug’ ajdodlarimiz madaniy merosini mukammal egallash orqali o’zi sevgan sohaning etuk mutaxassisiga, olijanob fazilatlar sohibiga aylanadi, hozirgacha yaratilgan madaniyat obidalarmi yana ham ko’rkamroq, mukammalroq qilib yaratishga ehtiyoj seza boshlaydi — madaniyat ijodkoriga aylanadi.
Madaniyat hamisha shaxs faolligi va uning yaratuvchanlik faoliyati bilan bog’liqdir. Buyuk nemis faylasufi Gegel o’zining «Huquq falsafasi» asarida ta’kidlaganidek, madaniyatli inson, bu — avvalo, boshqalar qilgan ishni qila oluvchi, boshqalar kabi yaratuvchidir. Madaniyat o’zining tub mohiyatiga ko’ra insondagi insoniylikni, yaratuvchanlik qobiliyatni ro’yobga chiqaruvchi, komil inson shaxsini shakllantiruvchi ekan, ana shu shaxsning faolligi tufayligina u o’z-o’zidan rivojlanish imkoniga egabo’ladi. Binobarin, shaxsning shakllanishini madaniyatsiz tasavvur etib bo’lmagani kabi madaniy taraqqiyotni ham ijodkor shaxslarsiz tasavvur etib bo’Imaydi.


Download 36.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling