Mavzu : shaxs maʼnaviy madaniyatini shakllantirish ilmiy pedagogik muammo kirish. I bob shaxs maʼnaviy madaniyatini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari
Oʻzbekistonda maʼnaviy axloqiy qadriyatlar tiklanishi va ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati
Download 36.08 Kb.
|
203Pp Olimova
2.2 . Oʻzbekistonda maʼnaviy axloqiy qadriyatlar tiklanishi va ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati
Har bir millat o’z qadriyatiga ega. Binobarin, uning har bir mamlakat, har bir xalq rivoji uchun imkoniyatlaridan qay darajada foydalanish – demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o’rin egallaydi. Hozirgi davrda qadriyatlarning muhim xususiyatlaridan biri ham ana shundadir. Mustaqillikdan keyin milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishdagi o’rnini aniqlash borasida jiddiy ilmiy izlanishlar ham, amaliyot bilan bog’liq muammolar ham davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbollarini tasavvur eta olmaydi. Ayniqsa, bizning Sharqda xalqning ming yillik milliy qadriyatlari uning uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Xalqimizning yaqin o’tmishidagi uzoq vaqt davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos anhanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo’lganligi sababi ham ruhida, qalbida doimiy ravishda umumbashariy qadriyatlarga sodiq bo’lganligidir. «Biz, deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, – ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz». Demak, birinchidan, O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlarisiz, alohida ajratib bo’lmaydi. Ammo biron-bir narsa va hodisa, xoh u moddiy bo’lsin, xoh ma’naviy bo’lsin, qadriyatga aylanishi uchun ma’lum bir vaqt, davr o’tishi kerak. Demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida shakllanishi ham shunday bosqichlarni bosib o’tgan. Shunga o’tmishdagi barcha narsalar ham milliy qadriyat hisoblanavermaydi. Ikkinchidan, uning milliy qadriyatga aylanishi uchun o’zini ko’rsata olishi shart. Demak, biz demokratik jamiyat qurishdagi o’tmishimizdagi barcha narsalarimizni to’laligicha ololmaymiz. Negaki u Hamma uchun ibratli emas. Shu o’rinda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlari o’ta muhim ahamiyat kasb etadi «… o’tmish qadriyatlarga, anhanalarga va turmush tarziga betartib ravishda, orqa-ketini o’ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka – hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin» edi. Ayni shu inkor etish onlarida ekstremistik ruhdagi muxolifatning vujudga kelish xavfi tug’ildi. U aslini olganda, ma’naviyatga qarshi muxolifat bo’lishi mumkin edi. Uchinchidan, “Milliy qadriyatlar – millat uchun muhim va jiddiy ahmiyatga ega bo’lgan jihat va xususiyatlar. O’z milliy qadriyati bo’lmagan millat yoki elat yo’q. Millatning tanazzuli — milliy qadriyatlarning tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi”30. Negaki, milliy qadriyatlar nafaqat mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biri, balki demokratik, adolatli, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosiy manbai hamdir. Markaziy Osiyo xalqlarining asrlardan asrlarga meros bo’lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan va ko’plab og’ir sinovlarni boshdan kechirgan. Darhaqiqat, mintaqamiz xalqlari 3000 yildan ortiq davrni o’zida mujassamlashtirgan Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasini yaratdi. Xalqlarning madaniy qadriyatlari, to’rtinchidan, ma’naviy merosining ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qildi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu borada fikr yuritib, shunday deb ta’kidlaganlar: “Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos anhanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi” . Binobarin, har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga tahsir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. Demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy qadriyatlarsiz barpo etib bo’lmaydi. Qadriyatlar haqida fikr yuritganda uning ikkita tarkibiy qismini nazarda tutmoq kerak. Bunda, eng avvalo, insonning ob’ektiv olamga nisbatan bo’lgan aktiv faoliyatini alohida tahlil qilish zarur. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga moddiy va ma’naviy muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi va vorislik sodir bo’lib, yangi-yangi qadriyatlarning shakllanishiga o’tishdan meros bo’lib qolganlari esa davr ruhi, yangi ijtimoiy ehtiyoj va taraqqiyot uchun asos bo’lgan qadriyatlarga kiradi. Umuminsoniy qadriyatlarning asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o’zgartirishning muhim omilidir. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tamoyillar uyg’unligi qiyosiy tahlili uning inson ma’naviy kamolatining muhim omili ekanligidan kelib chiqishi zarur. Bunga: Yurtboshimizning “Mustaqillikka erishganimizdan keyingina biz buyuk ajdodlarimizning hurmatini o’rniga qo’ya oldik. Bizning bu intilishlarimizni Markaziy Osiyodagi qo’shnilarimiz, madaniy xalqaro hamjamiyat qo’llab-quvvatladi. Bu hol tasodifiy emas — sohibqiron Amir Temur shaxsi uning avlodlari bo’lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun mahrifiy insoniyatning boyligidir” degan fikrlari har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo’shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kirishini anglatadi. SHu nuqtai nazardan Amir Temur shaxsi buning yorqin isbotidir. Binobarin, Amir Temur qanchalik taqvodor, asl musulmon bo’lmasin, qonunchilikning turli tizimlari — diniy va dunyoviy tomonlari borligini, ularni hisobga olish kerakligini juda to’g’ri anglagan. Amir Temur qonunchilik deganda faqat, Shariat qonunchiligini emas, balki boshqa xalqlar qadriyatlari, urf-odatlarini ham tushungan. Beshinchidan, Markaziy Osiyo xalqlarining milliy qadriyatlardagi xos jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: -tug’ilgan makon va ona yurtga ehtirom; -ajdodlar xotirasiga sadoqat; -kattalarga hurmat, yoshlarga izzat; -insoniy muomalada mulozamat; -hayo, andisha, vazminlik, sabr-toqat kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi. Dunyodagi globallashuv jarayonlarida turli xil mafkuraviy ta’sir vositalari deyarli moneliksiz, “ho‘lu quruq” barobar kirib kelayotgan bir davrda yoshlarimizni turli yot ta’sirlardan asrashimiz — xalqimiz kelajagini, yurtimiz ertasini asrash deganidir. Kishining ichki va tashqi dunyosi, yurish-turishi uning ma’naviyatini anglatar ekan, shu jihatlarning birortasidan bexabar qolish yoshlarning ong-shuurida ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelishiga yo‘l ochadi. Biz uchun hayot-mamot masalasi sanaluvchi bola tarbiyasi uchun, avvalo, oilada ma’naviy ustunlar poydevori mustahkam bo‘lmog‘i lozim. Bu o‘z o‘rnida katta yoshdagilarning ham ma’rifatli, jamiyat va farzandlar oldidagi mas’uliyatini anglaydigan shaxslar bo‘lishini taqozo etadi. Bir narsa n, ota-ona ma’naviyatli bo‘lgan oiladagi yoshlarning dunyoqarashi toza, tarbiyasi ham mustahkam bo‘ladi. Muhimi, o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara biladi. Ayrim yoshlarimizning yurish-turishi, o‘zini tutishi, muomalasi, turli “yangicha” urflarga stixiyali ravishda berilishi, eng achinarlisi, bunday urflarning yoshlar o‘rtasida ommaviylashuvi ularning ma’naviyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bir qarashda mayda-chuyda bo‘lib ko‘ringan bu holatlar, kattalarning “hali yosh-da, o‘ynab-kulaversin” degan qabilida loqayd qarashlari yoshlarning milliy mentalitetimizdan yiroqlashuviga, ularning ong-shuurida ota-ona, el-yurt, Vatan tushunchalarining xira tortishiga olib keladi. O`zbek xalqi jahon madaniyati hazinasiga munosib hissa qo`shgan millatlar qatoridan faxrli o`rinni egallaydi. Madaniy yodgorliklar, me`morchilik san`ati namunalari, qadimiy qo`lyozmalar — milliy ma`naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo`lgan boyliklardir. Bularni avaylab asrash, kelajak avlodlarga yetkazish ma`naviyat sohasidagi eng dolzarb vazifadir. Milliylik xalqning ruhiyati va ma`naviyati, ayniqsa, san`at va adabiyot rivojida yorqin ifodalanadi. Ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi janrda yoki qaysi tilda yaratilganidan qat`iy nazar, jahonga taniladi, pirovardida yana shu millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi. Milliy ma`naviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifat, diniy qadriyatlar munosib o`rin egallaydi va milliy o`zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo`ladi. Axloqiy va diniy qadriyatlar aksari hollarda o`zaro bog`liq bo`lib, jamiyatning ma`naviy yuksalishida, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega. Download 36.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling