«Lola» ko’rsatmali quroli.
Yasash bosqichlari:
1-Bosqich: Rangli qog`ozdan kvadrat qirqib olinadi.
2-bosqich: Uni dioganallari bo’yicha buklanadi,
3-bosqich: Buklangan do’ppi shakliga keltiriladi.
4-Bosqich: Buklashdan hosil bo’lgan uchburchakning pastki, asos tomonidagi ikki uchi yuqoridaga uchinchi uchiga qarab, unga etkazdirib
«Qaldirg`och» ko’rgazmali quroli.
Yasalish bosqichlari.
Buni yasashda birinchi va ikkinchi bosqichlar xuddi «Lola» ko’rsatmali qurolidagidek amalga oshiriladi. Lekin 2- Bosqichda hosil bo’lgan
uchburchakning faqat bir tomonidagi pastki ikki uchi yuqoridagi
uchinchi uchiga qaratib buklanadi.
3-Bosqich. hosil bo’lgan shaklni «Lola» dagi kabi chetlari o’rtaga hosil bo’lgan chiziqqa tomon ham yuqoridan, ham pastdan buklanadi. Bunda o’rtaga qarab buklangan uchiyuqori ko’tariladi.
4-Bosqich. Yuqoriga ko’tarilgan uchidan ushlab, shakl teng ikkiga buklanadi va qaldirg`ochning bosh qismi hamda qanoti hosil qilinadi. Uning dumi esa to’rtburchak shaklidagi qog`oz bo’yicha 2-3 marta buklanadi. So’ngra, u qaldirg`och yasash jarayonidagi 4-Bosqichni bajarmasdan oldin shaklning buklanmagan tomonidagi uchburchakning ichiga kiritiladi. So’ngra 4- bosqich bajarilsa, «qaldirg`och» hosil bo’ladi.
«Qurbaqa» ko’rsatmali quroli.
Sinf: 1-sinf
Mavzu: Qog’ozdan ―Qurbaqa‖ ko’rgazmali quroli
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad. O’quvchilarga mavzu orqali ―Qurbaqa‖ yasashni
o’rgatish qog’ozlarni tahlash buklash ko’nikmasini shakllantirish. Yasalgan ―Qurbaqa‖ga qo’shimcha ishlov berishga o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzu orqali jonivorlarga
mehr muhabbatli bo’lish ularga ozor yetkazmaslik va jonivorlarga
nisbatan mehribonlik ruhida tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |