Mavzu : Tutashmalar va ularning turlari Texnologik xarita
Download 1.4 Mb.
|
Dars ishlanma tutashma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oquvchilar
- Oqituvchi
Darsning oltin qoidasi:
1. O‘z nomidan gapirish 2. O‘zaro hurmat 3. Hamjihatlik 4. Mustaqil fikrlay olish 5. Do‘stlik, o‘rtoqlik 6. O‘zgalar gapini bo‘lmaslik 7. O`zining va o`zgalar fikriga hurmat bilan qarash Darsning borishi Tashkiliy qism: O'qituvchi: Assalomu-alaykum, o’quvchilar! O'quvchi: Va alaykum assalom. Aziz o'quvchilar, demak chizmachilik fanidan navbatdagi mashg'ulotimizni boshlaymiz. Marhamat o'tirib olishingiz mumkin. Izoh: O'qituvchi sinf ozodaligining tekshirib, navbatchi orqali davomatni aniqlab oladi. Bolalar bugungi sabog'imizni musobaqa-o'yin tarzida tashkil etsak rozimisizlar? O'quvchilar: Ha albatta rozimiz! O'qituvchi: Unday bo'lsa, ikki guruhga bo'linamiz. 1 - guruh Behzod 2 - guruh Mirzo Ulug'bek nomi bilan yuritiladi. Chizmachilik fanidan a’lo baholarga o’zlashtirayotgan o’nta o’quvchiga yangi mavzuni o’rganish topshiriladi. O’qituvchi: Unday bo’lsa, quyidagi detallning asosiy ko’rinishi tasvirlangan shakllardan tanlanglar. O’quvchilar shakllarni tanlash orqali ikki guruhga bo’linishadi. Harqaysi gurh o’zlarining guruhlariga nom tanlashadi. Ular nima uchun o’z gurhlarini “Behzod”, “Mirzo Ulug'bek” degan nomlarini ta’riflab o’tadilar. O'qituvchi: O'quvchilar nima uchun guruhlarimiz nomini aynan shunday nomladik? O'quvchi: 1 - guruhdan: Chunki, bu kishilar O'rta Osiyoda yashab, ijod etgan va chizmachilik fanining rivojlanishga katta xissa qo'shgan, yuk ko’tarish mexanizmi chizmasini yaratgan olimlarimizdir. O'qituvchi: Yana shunday allomalarimizdan kimlarni bilasiz? O'quvchi: 2 - guruhdan : Ibn Sino,Beruniy, Jamshid Al - Koshiy, abu Nasr Farobiy, Xorazmiylarni bilamiz. O'qituvchi: Juda yaxshi! Demak, musobaqa davomida bu allomalarimizning hayoti va buyuk ishlari haqida ham fikrlashib boramiz. Musobaqa sharti quyidagicha baholanadi. Siyosiy mavzudagi har bir savolga to'g'ri javob uchun 3 ball, har bir test kartochkalari uchun 4 ball tarqatma materiallar uchun to'g'ri javobga 5 ball, tezkor savollarga 3 ball, qo'shimcha savollarga 3 ball miqdorda ball qo'yiladi. Darsdagi faoligingizga qarab olgan baholaringiz oshirib boriladi. Izoh: Doskadan guruh ballari uchun joy ajratib yozib boriladi. O'qituvchi har bir guruh a'zolariga teng miqdorda testlar va tarqatma materiallar tarqatadi. Bularning natijasini darsning mustahkamlash qismida olinadi. O'qituvchi: Endi, o'quvchilar, darsimizni har doimgidek 2 daqiqa siyosiy mavzudagi savol-javoblar bilan boshlaymiz. 1-guruh uchun savollar : Chizma geometirya kitobi qachon va kim tomonidan yaratilgan? Bu yil ya'ni 2023 yil qanday yil deb nomlangan? 2-guruh uchun savollar: Vatanimiz ramzlari bo'lmish barog'imiz, gerbimiz va madhiyamiz qachon qabul qilingan? O'zbekiston Respublikasining konstitusiyasi qachon qabul qilingan? O'quvchi: O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i-1991 yil 18 noyabrda, Davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda, Davlat madhiyasi esa 1992 yil 10 dekabrda qabul qilindi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling