Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari
Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya
Download 0.58 Mb.
|
KURS ISHI. Globallashuv sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari
1.2. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya
munosabatlarining tutgan oʻrni Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bogʻliq. Ushbu bogiiqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi. Xalqaro moliya munosabatlari bu jahon moliya bozoriishtirokchisi boigan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda oʻziga tegishli boigan xorijiy valutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir. 1970-yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli oʻzgarishlar sodir boidi va mazkur oʻzgarishlar taʻsirida zamonaviy jahon valuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi oʻzgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi koʻp jihatdan transmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, ular tomonidan butun dunyo boʻylab ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda koʻp sonli xorijiy filiallarga ega boʻlgan transmilliy banklar muhim rol oʻynadi. Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining oʻzgarishi bilan bogʻliq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yoʻnalishi nafaqat xalqaro ayirboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham boʻldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni toʻlov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi. Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar toʻlov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro Moliya bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat yevrokreditlarning oʻsishi hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir boʻldi. Yaponiya milliy valutasi «iena» hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi yevrovaluta bozorida keng qoʻllanila boshlandi. 1970-yillarda xalqaro Moliya bozori kengayishiga bir qator omillar taʻsir koʻrsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin oʻzgarishiga sabab boʻldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qiluvchi mamlakatlarda yirik valuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, jumladan koʻplab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar boʻyicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, yevroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi. Jahon iqtisodiyotida roʻy bergan boshqa muhim oʻzgarishlar ham xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada taʻsir koʻrsatdi. Ushbu oʻzgarishlar jumlasiga jahon va hududiy valuta tizimlaridagi oʻzgarishlar, valuta tizimi tamoyillarining oʻzgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda roʻy bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin. Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliyaviy muhitida birlashadi. Jahon moliyaviy muhiti investorlar va korporatsiyalar moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga taʻsir koʻrsatadi hamda jahon moliya bozori oʻsishi sharoitini aniqlaydi. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: —valutalar ayirboshlash va hisob-kitob tizimi shartlarining birxillashuvi; valuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valuta cheklovlarini tartibga solish; — xalqaro valuta likvidligini tartibga solish; kredit, sugʻurta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish; mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish. Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari sifatida quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida, davlat va boshqa mamlakatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar oʻrtasida, davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin. Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat koʻrsatuvchi asosiy subyekt hisoblanadi. Markaziy banklar — bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish organlari boʻlib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valuta kursini tartibga solish, valuta zaxiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan. Xalqaro tashkilotlar — ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan boʻlib, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi organlarga ega boʻlgan holda jahon xoʻjaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi. Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari — jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar. Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol oʻynaydi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling