Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari
Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab chiqarish jarayonlarining oʻzaro bogʻliqligi
Download 0.58 Mb.
|
KURS ISHI. Globallashuv sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Dunyo mamlakatlarining moliya bozori holatiga umumiy tavsif
Xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro qayta ishlab chiqarish jarayonlarining oʻzaro bogʻliqligi
Xalqaro moliya yaxlit tizim sifatida faoliyat koʻrsatadi va uning elementlariga quyidagilar kiradi: – Jahon valyuta tizimi – milliy va zahira valyutalar, xalqaro jamoaviy valyutalar, oʻzaro konvertirlash shartlari, valyuta pariteti, valyuta kursi, valyuta kurslarini tartibga solishning milliy va xalqaro mexanizmlaridan tashkil topgan. – Xalqaro hisob-kitoblar – moliyaviy instrumentlar, ishlab chiqarish omillari, tovarlar xarakati, shuningdek, xalqaro hisob-kitoblar bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi toʻlov balansiga xizmat qiladi. – Jahon moliya bozorlari va muayyan moliyaviy instrumentlar savdosi mexenizmlari – valyuta, kredit, qimmatli qogʻozlar. – Xalqaro soliqqa tortish – pul mablagʻlari fondlarini shakllantirish metodi sifatida. – TMKlarning xalqaro moliyaviy menejmenti, bunda transmilliy moliyalashtirish, risklarni boshqarish, xalqaro investitsiyalash jarayoni asosiy oʻringa chiqadi. 3.2. Dunyo mamlakatlarining moliya bozori holatiga umumiy tavsif Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bogʻliq. Ushbu bogʻliqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi. Xalqaro moliya munosabatlari bu jahon moliya bozoriishtirokchisi boʻlgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda oʻziga tegishli boʻlgan xorijiy valyutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir. 1970 yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli oʻzgarishlar sodir boʻldi va mazkur oʻzgarishlar taʻsirida zamonaviy jahon valyuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi oʻzgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi koʻp jihatdan trasmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, ular tomonidan butun dunyo boʻylab ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan globalstrategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda koʻp sonli xorijiy filiallarga ega boʻlgan transmilliy banklar muhim rol oʻynadi. Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining oʻzgarishi bilan bogʻliq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yoʻnalishi nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham 10 boʻldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970 yillarda xalqaro kreditni toʻlov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi. Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar toʻlov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro Moliya bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat evrokreditlarning oʻsishi hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir boʻldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi evrovalyuta bozorida keng qoʻllanila boshlandi. 1970 yillarda xalqaro Moliya bozori kengayishiga bir qator omillar taʻsir koʻrsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin oʻzgarishiga sabab boʻldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, jumladan koʻplab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar boʻyicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, evroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi. Jahon iqtisodiyotida roʻy bergan boshqa muhim oʻzgarishlar ham xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada taʻsir koʻrsatdi. Ushbu oʻzgarishlar jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi oʻzgarishlar, valyuta tizimi tamoyillarining oʻzgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda roʻy bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin. Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliyaviy muhitida birlashadi. Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korporatsiyalar moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga taʻsir koʻrsatadi hamda jahon moliya bozori oʻsishi sharoitini aniqlaydi. Xalqaro moliya tizimining asosiy funktsiyalari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: – valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shartlarining birxillashuvi; – valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta cheklovlarini tartibga solish; – xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish; – kredit, sugʻurta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish; – mazkur funktsiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish. Xalqaro moliya munosabatlarining subʻektlari sifatida quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro Jahon valyuta bozori Jahon moliya bozoriXalqaro fond bozorlari Xalqaro ssuda bozorlari Xalqaro sugʻurta bozorlari Jahon moliya bozorini tartibga solish Jahon moliyaviy muhiti 12 moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xoʻjalik yurituvchi subʻektlari oʻrtasida, davlat va boshqa mamlakatlar xukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar oʻrtasida, davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin. Xulosa. Kapital joriy iste’molning nisbatan qisqarishi tufayli kelgusi davrlarda isteʻmol qilish imkoniyatlarini oshiradigan tejash orqali yaratiladi. Shu munosabat bilan, tejaydigan shaxslar joriy isteʻmolni kelajak bilan taqqoslashadi. Kapitalning asosiy shakllari mavjud: jismoniy (material) poytaxt - korxonaning ishlab chiqarish aktivlari (mashinalar, binolar, inshootlar, xom ashyo va boshqalar), inson kapitali (umumiy va maxsus bilimlar, ish qobiliyatlari, ishlab chiqarish tajribasi, malakalari va boshqalar), moliyaviy kapital shu jumladan, qimmatli qogʻozlar va qarz mablagʻlari. Roʻyxatda keltirilgan barcha kapital shakllari umumiy xususiyatga ega - manbadan hozirgi va kelasi zamonda foydalanish oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv. Inson kapitali ishchi kuchining alohida turi. Shuning uchun kapital soʻzning toʻgʻri maʻnosida odatda faqat jismoniy, moddiy omillarni anglatadi. Jismoniy yoki haqiqiy kapital - har xil tovarlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadigan ishlab chiqarish resurslari zaxirasi. U oʻz navbatida paydo boʻladi asosiy binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar va boshqa kabi sarflanmaydigan aktivlarni oʻz ichiga olgan kapital kelishilgan har bir ishlab chiqarish tsikli uchun mablag ʻsotib olishga sarflangan kapital: xom ashyo, asosiy va yordamchi mehnat materiallari. Asosiy kapital bir necha yil davomida xizmat qiladi va uning jismoniy yoki maʻnaviy jihatdan yomonlashishi darajasida almashtiriladi (qoplanadi). Aylanma mablagʻlar bitta ishlab chiqarish tsikli davomida toʻliq isteʻmol qilinadi va uning qiymati asosiy kapitaldan farqli oʻlaroq, umuman ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi, uning qiymati qismlarga boʻlinadigan xarajatlarda hisobga olinadi. Bugungi kunda kapitalning qiymati kelajakda qanday kapital ishlab chiqarishi mumkinligiga bogʻliq. Daromad olish uchun kapital egasi kelajakda yuqori mukofot olish umidida joriy isteʻmoldan voz kechishi kerak. Kelajakdagi daromadlar oqimi bugungi aktsiyalarni yaratishni ragʻbatlantirishi kerak. Ushbu zaxirani yaratish uchun, oʻz navbatida, tejash oqimini talab qiladi. Vaqt omili (oʻtmishni hozirgi bilan, hozirgi bilan kelajak bilan taqqoslash) kapitalni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling