Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari


Globallashuv sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari


Download 0.58 Mb.
bet6/10
Sana02.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1421472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI. Globallashuv sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari

2.2. Globallashuv sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari
Jahon iqtisodiyotida jahon moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan. Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan. Zamonaviy jahon moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari quyidagilarda namoyon boʻladi: 1. Moliya bozori barcha sektorlarining jadal surʻatlarda rivojlanishi bilan birga kechayotgan baynalminallashuv va globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi; 2. Transmilliy kompaniyalar, banklar va global moliya muassasalari, shuningdek, alohida davlatlar va davlatlar guruhlari oʻrtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi; 3. Chegaralarni oshib oʻtadigan moliyaviy oqimlarning yuqori surʻatlarda harakatlanishi va moliya bozorining tuzilmaviy sektorlari oʻrtasidagi aloqadorlikning oshishi; 4. Axborot tizimlari va elektron aloqa vositalarining jadal surʻatlarda rivojlanishi; 5. Bozorni bevosita tartibga solishning susaytirilishi; 6. Moliya bozori ishtirokchilari faoliyatining anʻanaviy sohalari oʻzgarishi (universal banklar fond sektorida anderrayter, tashkillashtiruvchi va treyderlarga aylanmoqda; investitsiya banklari sindikatlashgan kreditlarni tashkillashtirmoqda, shuningdek, loyihalarni moliyalash bilan shugʻullanmoqda; tijorat banklari, oʻz navbatida, investitsiya banklarining anʻanaviy faoliyatlariga aralashmoqda va h.k.); 7. Moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy qoʻshilishi yoki yirik ishtirokchilar tomonidan oʻz tarkibiga olinishi jarayonlari kuchaymoqda, bu esa, oʻz navbatida, moliya bozorining barcha sektorlarida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniga ega boʻlgan universal moliyaviy xoldinglarning yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda; 8. Moliya bozoridagi operatsiyalar riskini kuchayishiga sabab boluvchi derivativlar bilan bitimlar hajmi oʻsish tendensiyasiga ega; 9. AQSH dollari mavqeining tushishi va qadrsizlanishi, bu oʻz navbatida, jahon moliya bozoridagi muvozanatning buzilishiga, zamonaviy moliya bozorining inqirozdan keyingi rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi mumkin. Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bogʻliq quyidagi tendensiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda: 1. Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. 2. Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel investitsiyalar tomonga siljish tendensiyasi mavjud. 3. Xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda kamayib bormoqda. 4. Jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan bir sharoitda, kapital importida AQSHning ulushi kamayish tendensiyasiga ega boʻlmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQSHning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda. 5. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini joylashtirishning asosiy sohasi bank-moliya sektori, xizmatlar sohasi (buning ichida axborot telekommunikatsiya sohasi eng yetakchidir), farmatsevtika, biotexnologiya, elektron sanoat, ilmiy va texnologik mashinalar ishlab chiqarish boʻlsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda avvalgidek toʻgʻridan toʻgʻri chet el investitsiyalar neft-gaz qazib chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlariga, agrosanoat kompleksiga jalb etilmoqda; 6. Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy subyekt sifatida TMKlarning roli oshmoqda; Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari quyidagilarda oʻz aksini topmoqda: 1. Fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi; 2. Xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar savdosining oʻsishi; 3. Jahonning yetakchi moliyaviy markazlarida bozorning konsentratsiyasi; 4. Bozorning yangi vositalarni yaratishi; 5. Bozorning kompyuterlashuvi; 6. Xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatli qogʻozlarining ahamiyatini ortishi. Bundan tashqari, global moliyaviy inqiroz sharoitida fond bozorlarida quyidagi tendensiyalar yuzaga keldi: — xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil etgan holda xalqaro qarz qimmatli qogʻozlari va xalqaro aksiyalar bozorining oxirgi oʻn yillikdagi hajmi olti barobardan koʻproqqa oshgan, 2008-yil inqiroz davrida ularning oʻsishi sekinlashgan, xalqaro aksiyalar bozorining hajmi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga qisqargan boʻlsada, hozirda uiarning hajmi yana oʻsish tendensiyasiga ega boʻlmoqda; — xalqaro qarz qimmatli qogʻozlar va aksiyalar bozorida rivojlangan mamlakatlar, xalqaro qarz qimmatli qogʻozlar bozorida moliyaviy institutlarning yetakchiligi saqlanib qolmoqda. — rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorining iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha diversifikatsiyalashuv darajasini kichikligi inqiroz davrida uning barqarorligiga salbiy taʻsir koʻrsatgan; — moliyaviy inqiroz sharoitida jahonning rivojlangan mamlakatlari fond birjalarida aksiyalar bozori kapitallashuvining YalMga nisbatan salmogʻi keskin pasaygan. Jahon mamlakatlari YalMga nisbatan aksiyalar bozori kapitallashuvi inqiroz davrida 55% ni, oxirgi besh yillikda rivojlangan mamlakatlarda qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlar YalMga nisbatan kamida 100% ni tashkil etishi kuzatilgan; — rivojlanayotgan mamlakatlar fond birjalarida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aksiyalar va obligatsiyalar boʻyicha savdolar hajmi kamaygan

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling