Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari


Jahon moliya bozorini tartibga solish usullari va mexanizmi


Download 0.58 Mb.
bet7/10
Sana02.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1421472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI. Globallashuv sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari

2.3. Jahon moliya bozorini tartibga solish usullari va mexanizmi
Jahon moliya bozorini tartibga solishdan koʻzlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: — moliya bozori barcha sektorlarini moliyaviy barqaror boʻlishiga koʻmaklashish (foiz stavkalarini, moliyaviy, investitsion va sugʻurta faoliyatidagi risklarni tartibga solish); — inflyatsiyasiz iqtisodiy oʻsishni taʻminlash (targetirlangan inflyatsiya, valuta kurslari va pul massasini tartibga solish); — tarmoqlararo va davlatlararo kapital harakatini (pul oqimini) taʻminlash (valuta kurslari va toʻlov balansini tartibga solish); — moliya bozori barcha sektorlarida moliyaviy xavfsizlik tizimini shakllantirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, yaʻni ular davlat va bozor munosabatlariga mos yoki bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni taʻminlab beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining (kursi yoki foiz stavkasi) oʻzgarishi, shakllanishi orqali ularni so-
tib oluvchilarning talablarini va ularga boʻlgan taklifni aniqlaydilar. Bunda jahon moliya bozorioʻzini-oʻzi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon boʻladi.
Iqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlarga oʻxshab, moliya bozori ham oʻz-oʻzini tartibga solish imkoniyatiga qaramasdan mutlaq barqaror tizim sifatida namoyon boʻlmaydi, turli sharoitlarda tizimning turli kamchiliklari oshkor boʻladi. Moliya bozori koʻplab subyektiv omillar, yaʻni siyosiy, ijtimoiy, informatsion, madaniy va boshqa omillar taʻsirida har doim ham oʻz-oʻzini tartibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Jahon tajribasi koʻrsatishicha, jahon moliya bozoririvojlanishining zamonaviy bosqichida ham monetarizm va keynschilik tamoyillaridan birgalikda foydalanib, jarayonlarni tartibga solish maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini davlat va bozor orqali tartibga solinishi oʻzaro bir-birini toʻldirib boradi. Birinchidan, raqobat asosida bozorda rivojlanish uchun ragʻbat paydo boʻladi (monetarchilarlar gʻoyasi), ikkinchidan moliya bozorini bozor orqali tartibga solishda yuzaga kelgan ziddiyatlarni oldini olishda davlat turli chora-tadbirlari bilan ishtirok etadi (yangi keynschilik gʻoyasi). Iqtisodiy inqirozlar, urushlar, siyosiy nizolar, iqtisodiyotning toʻlaligicha beqarorligi sharoitida davlat orqali tartibga solish katta oʻrin tutsa, moliyaviy-iqtisodiy holatni yaxshilash, modernizatsiyalash, innovatsiyalarni yaratish uchun moliya bozorini erkinlashtirish, raqobatni kuchaytirishga katta eʻtibor beriladi, bu esa tartibga solishning bozor mexanizmi orqali taʻminlanadi. Bozor mexanizmi orqali moliya tizimini tartibga solish boʻyicha hukumat doimo oʻz nazoratini olib boradi, zarur boʻlganda unga koʻmak beradi, sharoit yaratadi. Moliya bozorini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga solish usullarini quyidagi mantiqiy juftliklarga birlashtirish mumkin: — iqtisodiy tizim xususiyatiga koʻra: bevosita (mazkur bozorning barcha segmentlariga bir xilda taʻsir etuvchi hukumat, halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlar, qonuniy-huquqiy, meʻyoriy hujjatlar qoʻrinishida) va bilvosita (jahon moliya bozorida iqtisodiy shart-sharoitlar qanchalik erkin boʻlsa, shunchalik ushbu bozorga bilvosita taʻsir etish darajasi kengayib boraveradi, yaʻni iqtisodiy agentlar manfaatiga qaratilgan tartibga solish usullari bozor qonuniyatlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Markaziy banklarning ochiq bozor, xorijiy valutalar bilan bogiiq intervensiya, svop operatsiyalari, hisob (qayta moliyalash) stavkasini oʻzgartirish, majburiy zaxira meʻyorlarini oʻzgartirish, REPO va h.k. kabi) usullar; — bozor turi, koiami va uning segmentlariga koʻra: umumiy (bozorning barcha segmentlariga birdek taʻsir etuvchi) va maxsus (bozorning alohida bir segmentiga taʻsir etish uchun qoilaniladigan) usullar; — amal qilish muddatiga koʻra: tarkibiy (oʻrta va uzoq muddatli, slrategik maqsadlarni amalga oshirishga moijallangan) va joriy (bozorga operativ (tezkor) taʻsir etishga moijallangan, taktik) usullar. Shuni ham taʻkidlash lozimki, yuqoridagi barcha usullar moliya bozorida sinxron tarzda, yaʻni bir-biriga mos holda oʻzaro birbirini toidirib ishlaydi. Jahon moliya bozoridagi investitsiyalar oqimini tartibga solishda xalqaro moliya tashkilotlari, davlatlararo tashkilotlar hamda nodavlat institutlari muhim oʻrinni egallashadi. Bunday tashkilotlarga quyidagilarni kiritish mumkin: — BMTning maxsus tashkilotlari (XVF, jahon banki guruhi, YuNCTAD - BMTning savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiyasi, YuNIDO — sanoat rivojlanishi boʻyicha tashkilot, xalqaro savdo palatasi, xalqaro fond birjalar federatsiyasi); — qimmatli qogʻozlar komissiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot; — moliya bozori ustidan nazorat organlarining xalqaro tashkiloti; — kreditorlarning Parij va London klublari; — mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar. Jahon moliya bozorini tartibga solishda huquqiy asos boʻlib xalqaro konvensiyalar va kodekslar, xalqaro investitsion kelishuvlar hamda XVF, Jahon banki guruhi, YuNCTAD hujjatlarida chet el investorlarining maʻlum bir faoliyat bilan shugʻullanish qoidalari belgilangan turli xil yoʻriqnomalar hisoblanadi. Shunday qilib, hozirgi davrda jahon moliya bozorini tartibga solish usullarini mantiqiy izchil tizimi amal qilmoqda. Jahon moliya bozorida asosiy tartibga soluvchi organlar sifatida hukumat va xalqaro moliyaviy institutlarni, yaʻni XVF, jahon banki guruhi, xalqaro qarzdorlik masalalarini hal qiluvchi klublar, mintaqaviy banklar, xalqaro, hududiy, mahalliy investitsion va sugʻurta kompaniyalari, fond va valuta birjalari, alohida mamlakatlarning markaziy banklari, davriy ravishda tashkil etiladigan xalqaro moliyaviy-iqtisodiy anjumanlar va konferensiyalarni koʻrsatish mumkin. Jahon moliya bozorini tartibga soluvchi usulni joriy davr uchun eng maqbulini tanlab olish bozor segmenti va iqtisodiy tizim turiga, iqtisodiyotning beqarorlik darajasiga bogʻliqdir. Bozordagi holatni aniqlash uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar kundalik moliyaviy monitoring olib borishadi. Hozirda moliya bozorini tartibga soluvchi u yoki bu usulni qoʻllash elektron aloqa vositalari yordamida oʻtkaziladigan monitoring natijalariga bogʻliq boʻlmoqda. Moliyaviy inqiroz davrida moliya bozoriga boʻlgan ishonchni tiklash va mustahkamligini oshirish uchun uni tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirish zarurati ortib boradi. Jahon moliya bozorini tartibga solish mexanizmlari oʻz taraqqiyot yoʻlida uch bosqichni bosib oʻtgan: 1) 1867—1944-yillar — jahon moliya bozorioʻzini-oʻzi tartibga solish rejimida faoliyat yuritgan; 2) 1944—1976-yillar — jahon moliya bozoriqatʻiy tashqi bevosita tartibga solish rejimida amal qilgan;
3) 1976-yildan hozirgi vaqtgacha — oʻzini-oʻzi tartibga solish va tashqi tartibga solish rejimlari uygʻunligida faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda jahon moliya bozorini tartibga solish oltinriing rasman demonetizatsiyalanishi, bozorni tartibga solishning bevosita va bilvosita usullarining qoʻllanishi, erkin suzib yuruvchi kurslar rejimi orqali tartiblash, XVF va boshqa xalqaro tartibga soluvchi organlar, kattalik davlatlari sammitlaridagi turli qarorlar va kelishuvlarni oʻzida aks ettirmoqda.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling