Mavzu : Òzbekistonda milliy va davlat bibliografiyasi. Retrospektiv bibliografiya qòllanmalar mundarija kirish I bob o’zbekistonda milliy va davlat bibliografiyasi


Download 46.62 Kb.
bet6/12
Sana23.04.2023
Hajmi46.62 Kb.
#1386595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bibliografik xabar — bibliografik axborot elementi va ma’lum bir tartibda keltirilgan hujjat qismi yoki hujjatlar guruhi haqidagi asosiy ma’lumot bo‘lib, u og‘zaki yoki yozma shaklda beriladi. Kutubxonalar har qanday voqea, hodisa, siyosiy yangilik, ishlab chiqarish muammolari va ularni hal etish yo‘llari, ilg‘or tajribalar, ixtirolar, kashfiyotlar hamda asarlar haqidagi ma’lumotlarni ana shu shaklda tezkorlik bilan bajaradi. Ayniqsa, tezkor axborotga muhtoj, ammo imkoniyatga ega bo‘lmagan tashkilot va muassasalar maqsadiga xizmat qiluvchi bibliografik xabarlarni o‘z vaqtida yetkazib berish, birinchidan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirsa, ikkinchidan, o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi, uchinchidan, kutubxonalar faoliyatiga yordam beruvchi homiylarni jalb etadi.
Bibliografik yozuv—bibliografik axborot elementi va bibliografik qidirish maqsadida hujjatning tarkibi va mazmuni haqidagi rasmiy ma’lumot bo‘lib, odatda, o‘ziga xos ahamiyatga, funksiyaga, aniq axborot berishga mo‘ljallangan bir qancha elementlardan tashkil topadi. Bibliografik yozuv turli xil bibliografik qo‘llanmalarni tuzish, kutubxona kataloglarini tashkil etish va boshqa maqsadlarda qo‘llaniladi. Shuning o‘zi uning turlitumanligini va xususiyatini ko‘rsatadi. Xususan, an’anaviy va elektron kataloglarda qo‘llaniladigan bibliografik yozuvlarda, albatta, nashrni fondda saqlash shifri ko‘rsatiladi. Umumlashma bibliografik yozuvda qayta nashr haqidagi, bir nashrning yoki hujjatning bir necha xil tarjimalari va unga berilgan taqrizlar haqidagi ma’lumotlar to‘planadi. Masalan, taqrizlar haqidagi bibliografik yozuv ikkita yozuvni birlashtiradi: hujjatning bibliografik yozuvi va taqrizning bibliografik yozuvi. Bibliografik yozuvlar unga kiritilgan elementlarning tarkibiga ko‘ra ham ajratiladi. Bular: tafsiv boshi, bibliografik tavsif, annotatsiya yoki referat, indekslash tushunchalari, hujjatni saqlash shifri, yo‘naltirish, xizmatga oid ma’lumotlar. Har bir element hujjat xarakterini u yoki bu darajada ochib beradi. Bibliografik axborotning murakkab shakli bibliografik qo‘llanmalardir.

Download 46.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling