Маvzu 03 yerdan foydalanish iqtisodiyoti fan


Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan foydalanish va yer munosabatlari


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana01.03.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1240506
1   2
Bog'liq
CNRRfvZdMFC4oy9pIzngRIXphO42GczhTgSXw8eO

Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan foydalanish va yer munosabatlari 
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Jamiyat va iqtisodiyotning taraqqiy 
etishi bilan yerdan foydalanishning 
xilma-xil shakllari vujudga keladi, 
yerdan foydalanishning maqsad va 
vazifalari yanada kengayadi. 
Yerdan foydalanish 
takomillashtirilmoqda, bu holat 
yerdan foydalanish jarayonining 
muntazam rivojlanib boruvchi 
dialektik mohiyatini belgilab 
beradi.
Yerdan ko„p yo„nalishli maqsadlarda 
foydalanish O„zbekistonning yagona 
davlat yer fondi tarkibida o„z aksini 
topdi, unda mazkur belgilariga qarab 
yer 8 ta toifaga ajratilgan. Yerdan 
foydalanish maqsadlari toifalarining 
mayda detallarini bayon etish bilan 
birgalikda, yerning o„zi ham 
maqsadlar tarkibiga ko„ra ma‟lum bir 
kategoriyalarga tasniflangan. 


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotida yerning roli va undan foydalanish xususiyatlari 
iqtisodiy nazariya klassiklari tomonidan to„liq o„rganilib, asarlarda yoritib berilgan. Yerdan 
foydalanish xususiyatlari tashqi jihatdan uning jamiyatdagi ishlab chiqarish, fiskal, bozor, 
ijtimoiy, rekreatsion-sog„lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish kabi ko„p qirrali roli vositasida 
namoyon bo„ladi. Yer aholining joylashadigan va insonning hayotiy faoliyati amalga 
oshiriladigan joy, ishlab chiqarish vositasi, yer osti boyliklari, hayvonot va o„simliklar dunyosi 
rivojlanishi uchun tabiiy asos sifatida namoyon bo„ladi. SHuning uchun yerdan foydalanish, 
avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega. Yerdan rekreatsion va sog„lomlashtirish maqsadida 
foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga rekreatsion-sog„lomlashtirish mazmunini berdi, yerdan 
foydalanish jarayonida tabiat muhofazasi talablarini ham inobatga olish ehtiyoji vujudga keldi.


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida yerdan foydalanish bozor 
xususiyatlarini kasb etdi, bu esa, yerning jamiyat va iqtisodiyotda ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning muhim ob‟ekti sifatidagi rolini yanada 
kuchaytirdi. O„z navbatida, jamiyat va iqtisodiyotning taraqqiy etib borishi bilan 
yerdan ko„p yo„nalishli maqsadlarda foydalanish talablari murakkablashib 
bormoqda, yerdan foydalanish shakllari va xususiyatlari o„zgarib bormoqda, bu 
holatlar yerning dialektik, muntazam o„zgaruvchan xususiyatini belgilab beradi. 
Jamiyatda yerning faoliyat shakllariga quyidagilar kiradi: qishloq va o„rmon 
xo„jaligida – asosiy ishlab chiqarish vositasi; qishloq xo„jaligiga oid 
bo„lmagan moddiy ishlab chiqarish, transport, savdo va xizmat ko„rsatish 
tarmoqlarida – ishlab chiqarish vositasi; ijtimoiy va rekreatsion sohalarda – 
jarayonlar uchun amaliyot bajarish makoni; yer bozori yoki yerga ijara 
huquqi mavjud bo„lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida – tovar. 


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Ma‟lum bir ilmiy adabiyotlarda yer amaliyot bajariladigan makon sifatida 
foydalanish fakti qayd etilsa-da, yerning ijtimoiy va rekreatsion samaradorligini 
aniqlash va baholash, jamiyat tomonidan yerdan foydalanish samaradorligini 
baholash borasida izchil o„rganilgan chuqur tadqiqotlar mavjud emas. Yerdan 
foydalanishning ekologik jihatlari ham yetarli darajada o„rganilgan emas. 
Mamlakat 
iqtisodiyotining, 
jumladan 
yerdan 
foydalanishning 
bozor 
iqtisodiyotiga o„tishi bilan mazkur muammolar naqadar dolzarb ekanligi ma‟lum 
bo„ldi. 
Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (ijtimoiy, 
rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish)da resurs sifatida foydalaniladi. Shu sababli, 
yerdan foydalanish usullarini o„rganishda uning ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarishda iste‟moli nazarda tutilishi kerak, bu esa yerdan foydalanishning ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarishdagi ahamiyatini belgilash imkonini beradi. 


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Yerdan tabiiy resurs sifatida foydalanish uning asosiy xususiyatlari bilan bog„liq. Jamiyat 
faoliyatining turli sohalarida foydalanadigan yer boshqa ishlab chiqarish vositalariga 
o„xshamaydigan, faqat o„ziga xos xususiyatlarga ega. Maxsus adabiyotlarda, ko„pincha, 
yerning quyidagi xususiyatlari keltiriladi: 
1. Ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanadigan yer tabiiy tarixiy jism bo„lib, ishlab 
chiqarishning boshqa vositalari inson mehnati natijasi bo„lgani holda, yer – tabiat 
mahsulidir. 
2. Ishlab chiqarish jarayonida yer boshqa joyga ko„chmaydi, uning joylashgan o„rni 
o„zgarmas bo„lib qoladi. Undan farqli ravishda, ishlab chiqarishning ko„pgina vositalarini 
transportirovka qilinadi va zarurat tug„ilganida, makonda o„z o„rnini o„zgartira oladi. Shu 
sababli, yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida imkon qadar to„liq va oqilona foydalanish 
maqsadida korxona hududini shakllantirishda ishlab chiqarishning barcha elementlarining 
to„g„ri joylashuvini nazarda tutish kerak bo„ladi. 


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
3. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalarining barchasining moddiy va ma‟naviy eskirishi yuz 
beradi. Buning natijasida, ulardan foydalanish samarasi pasayadi yoki butkul yo„qoladi va ishlab chiqarish 
sohasidan soqit bo„ladi. Qishloq xo„jaligi va o„rmon xo„jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida 
yer undan to„g„ri foydalanilganida, nafaqat emiriladi, aksincha, yaxshilanib boradi – uning unumdorligi 
ortadi. 
4. Yerning ustki qatlami tabiiy tarixiy jism bo„lib, yer sharining quruqlik qismi cheklangan va miqdori
o„zgarmasdir. Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida boshqa turdagi ishlab chiqarish vositasi bilan umuman 
almashtirib bo„lmaydi. Shu bilan bir paytda, ishlab chiqarishning boshqa vositalari ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanish jarayonida uzluksiz miqdoriy o„zgarishi va zarurat tug„ilganida, biri boshqasi bilan 
almashtirilishi mumkin. 
5. Yer – planetadagi barcha mavjudot, jumladan insonning ishlab chiqarish vositasi sifatidagi faoliyatni 
ta‟minlovchi barcha tabiiy resurslar va iqtisodiy muhit elementlarining saqlanib qolish asosidir. 
6. Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish jarayonida yer va ishlab chiqarishning boshqa vositalari bo„lgan 
irrigatsion kanallar, yo„llar, kollektor-drenaj tarmoqlari, gidrotexnik va dala inshootlari chambarchas 
bog„liqdir. 


YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
7. Qishloq xo„jaligida yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanish boshqa tabiiy omillar (elektr nuri, suv, 
havo, issiqlik) bilan kompleks ravishda amalga oshiriladi. Yerning bunday xususiyati texnologiyalarning 
hududlarga moslashtirilishi, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini to„g„ri joylashtirilishi, alohida region, rayon, 
korxonalarning ixtisoslashtirilishiga ta‟sir ko„rsatadi. 
8. Ishlab chiqarishning barcha vositalari mehnat taqsimoti jarayoniga zamin hozirlaydi, yerdan ratsional 
foydalanish esa, qishloq xo„jaligi ekinlarini almashlab ekish, tarmoqlarning uyg„unlashtirishni talab etadi. Yerning 
ushbu xususiyati tor sohalarga ixtisoslashgan qishloq xo„jaligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 
9. Ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida yerdan faqat vegetatsion davrda foydalaniladi, ishlab chiqarishning 
boshqa vositalaridan esa yil bo„yi, uzilishlarsiz foydalaniladi. 
10. Yerni tabiiy resurs sifatida bozor munosabatlariga jalb etilishi unga tovarlik xususiyatini beradi, yerning ushbu 
xususiyatini bozor narxini belgilashda va yer bilan bog„liq amaliyotlarni bajarishda inobatga olish kerak. 
Yuqorida sanab o„tilgan yer xususiyatlari undan ishlab chiqarish va noishlab chiqarishda foydalanishning 
umumiy shartlari sifatida yer resurslaridan barqaror foydalanishni ta‟minlashda muhim rol o„ynaydi. 


Yerdan foydalanish kafedrasi, 
i.f.d
Altiyev Abdurashid 
Sultonovich 
 
E'TIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT! 
 
 + 998 71 237 1947 

abdurashidaltiyev62@gmail.com
 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling