Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet104/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Min sulolasining halokati.

Sulolaning tashqi bosqinchi kuchlar oldidagi taslimchilik siyosati mamlakatda keskin norozilikni keltirib chiqardi. Mamlakatni dehqonlar qo’zg’oloni qamrab oldi. Dehqonlar qo’shinlarining yetakchilari barcha harbiy kuchlarni birlashtirdilar. Ularga Li Szi-chen qo’mondonlik qildi.

1643-yilda qo’zg’olonchilar harbiy kengashi Pekinga hujum boshlash haqida qaror qabul qildi. Li Szi-chen imperator deb e’lon qilindi.

Xitoyning janubi-g’arbiy qismida esa dehqonlar qo’zg’olonining yana bir qo’mondoni Chjan Syan-chjun ham o’z davlatini tuzganligini e’lon qildi. 1644-yilda qo’zg’olonchilar Pekinni ishg’ol qildilar. Buning natijasida Min sulolasi taxtdan ag’darildi. Bu davrda mamlakat shimolida hukumat qo’shinlari general U Sanguy qo’mondonligida manjuriarga qarshi kurash olib borayotgan edi. U San-guy Pekindagi yangi hukumatga katta tashvish keltirishi mumkin edi. Shuning uchun ham Li Szi-chen u bilan til topishishga qaror qildi. Biroq U San-guy dehqonlar hokimiyatini tan olmadi. Ayni paytda u dehqonlar hukumatini o’z ixtiyoridagi qo’shin bilan ag’darishgaham ojizligini bilar edi. Shu tufayli u xoinlik yo’liga o’tdi va manjuriar vassali bo’lishga rozilik berdi.

1644-yilda manjuriar Pekinni ishg’ol qildilar. Abaxayning o’g’li Xitoy imperatori deb e’lon qilindi. Shu tariqa Xitoy tarixida manjurlarning Sin sulolasi hukmronligi boshlandi va и 1911-yilgacha davom etdi.  

Dehqonlar qo’zg’olonlari shafqatsizlik bilan bostirildi. Li Szi-chen va Chjan Sуan-chjun1ar jang1arda halok bo’ldilar.

Tashqi siyosat. Sin sulolasibosqinchiliksiyosatiyuritdi. Dastlab, 1637-yilda Koreya vassal davlatga aylantirildi.1757-yildan boshlab Guanchjou portidan boshqa barcha portlar Ycvropa kemalari uchun yopibqo’yildi.1758-yilda esa shimoliy va G’arbiy Mo’g’ulistonda tashkil topgan Jung’oriya (Oyrat) xonligi butunlay bosib olindi. Tez orada butun Mo’g’uliston va Qashqar ham egallandi. Sin sulolasi hukmdorlari Xitoyni to’la bo’ysundirishda g’arbiy yevropaliklar madadiga tayandi. Shu tufayli ularga dastlab Xitoy portlari ochib berildi. Biroq g’arbiy yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi oxir-oqibatda nimalarga olib kelishi tobora oydinlasha borgach, o’zgacha yo’l tutishga majbur bo’lindi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling