Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet102/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Ichki siyosiy kurash.

Dehqonlar qo’zg’olonining keng quloch yoyishi Min imperiyasining siyosiy parchalanish jarayonini kuchaytirdi. Hukmron tabaqalarning manfaatiga xizmat qiluvchi hukumat jamiyatda yetilgan eng dolzarb vazifalami hal etishga qodir bo’lmay qoldi. Davlat idoralari amaldorlari o’rtasida o’zboshimchalik, korrupsiya hamda davlat mansablarini sotish avj oldi. Imperator xonadoni turli xil ko’ngilochar tadbirlar va zebu ziynat buyumlari uchun davlat xazinasini sovurdi. Bu omillar mamlakat aholisining turli qatlamlarida keskin norozilik uyg’otdi. Natijada Min sulolasi va uning tayanchlariga qarshi muxolifat kuchaya bordi.

Muxolifatning asosiy kuchini o’rta va mayda yer egalari, shahar aholisining o’ziga to’q qismi, shuningdek, mamlakat ziyolilari tashkil etdi. Muxolifat imperatordan davlat mansablariga amaldorlarning qobiliyatiga qarab tanlanishini, eskirib qolgan qonunlami o’zgartirishni talab qildi. Biroq saroy a’yonlari muxolifat talablariga quloq ham solmadi va aksincha, Ularni ta’qib etishga kirishdi.

Muxolifat kurashni to’xtatmadi. Buning ustiga dehqonlar qo’zg’oloni ham tobora keskin tus ola boshladi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling