Pyotr I islohotlari.
Rossiya ma’muriy boshqaruv jihatidan gubemyalargabo’lindi. Ular podsho tomonidan tayinlanadigan, general gubernator tomonidan boshqariladigan bo’ldi. Podsho huzuridagi Boyarlar dumasi tugatildi. Uning o’rniga Senat tuzildi. Senatga qonun chiqarish va hukumatni boshqaiish vakolati yuklatildi. Pyotr1 zamonaviy qo’shin ham tuzdi.Pyotr I islohotlari Rossiyaning taqdirida muhim rol о’ynadi.Pyotr I vafotidan so’ng 18-asr oxirigacha (1725-1800) yana 8 nafar Romanovlar sulolasi vakillari imperatoirik qilishdi. Bu о’tgan 75 yillik davr islohotlarning mustahkamlanishi davri bo’ldi. Ayniqsa, Yekaterina II hukmronligi davri (1762-1796) Rossiya tarixida alohida iz qoldirdi. Biroq, Rossiyada krepostnoy tuzum hukmron bo’lib qolaverdi. Dehqonlar og’ir hayot kechirdilar. Oxir-oqibatda ular bir necha marta qo’zg’olon ko’tarishga majbur bo’lganlar. Ularning ichida eng mashhuri Ye. Pugachev boshchiligidagi qo’zg’olon edi (1773-1775). Qo’zg’olon Yekaterina II tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilgan. Ye. Pugachev esa qatl etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |