Rossiyaning tashqi siyosati.
17-18-asriarda ham Rossiya tashqi siyosatining asosini unga tutash bo’lgan yerlar hisobiga kengaytirish uchun kurush tashkil etgan. Chunonchi, 1654-yilda Ukraina va Sharqiy Beloiussiya Rossiyaga qo’shib olindi. 17-asr davomida Rossiya G’arbiy Sibirdan Tinch okeani qirg’oqlariga, Kamchatka va Kuril orollariga qarab siljishni davom ettirdi. 17-asr oxiridan boshlab Rossiyani kuchli dengiz davlatiga aylantirish uchun kurash boshlandi. Bu vazifa ham bosqichma-bosqich amalga oshirila borildi. Pyotr I o’z tashqi siyosatining tig’ini О’rta Osiyoga ham qaratdi. O’rtaOsiyo oltinigaegabo’lish maqsadida 1714-yilda Xiva xonligiga harbiy ekspeditsiya yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |