Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi
Download 185.41 Kb.
|
8-sinf jahon tarixi
Imperiya Akbarshoh davrida.
Boburiylar sulolasi hukmdorlari ichida «Buyuk Akbar» degan unvonga sazovor bo’lgan Humoyunning о’g’li Akbarshoh 1556-yilda otasi taxtini egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqni kо’zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli u Hindistonda о’z hukmronligini to’la va uzil-kesil о’mata oldi. Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiy hukmdoriar ichida eng ulug’i «Buyuk Akbar» deb atashgan. Akbarshoh bundaybuyu klikka osonlikcha erishgan emas. Uning asosiy raqibi Hindistondagi afg’on qabilalari yetakchilari edi. Akbarshoh qo’shini 1556-yilda afg’on qabilalari qo’shinini tor-mor etdi. 1559-yilga kelib taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari afg’onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi. Akbarshohning hukmronlik yillari imperiyaning oltin davri bo’lgan. Akbarshoh zukko davlat arbobi, mohir sarkarda bo’lishi bilan bir qatorda, itoatkor о’g’il, g’amxo’r ota ham edi. Qo’1 ostidagi xalqlarning tunnush farovonligi doimo uning e’tiborida turgan. Kambag’al, bevabechoralarga muntazam moddiy yordam ko’rsatgan. Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix ilmini yaxshi egallagan. U boshqa din vakillariga nisbatan ham adolatli siyosat yuritgan. Akbarshoh musulmon bo’lmaganlardan undiriladigan «jizya» solig’ini bekor qilgan. Hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan. Imperiya hududida yagona savdo solig’i joriy etilgan. Ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan. Davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va mazhabidan qat’i nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan. Akbarshoh barcha fuqarolarga din erkinligi bergan. Bir so’z bilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishgan. Akbarshoh yuritgan bunday adolatli siyosat boburiylar davlatining ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidan qo’llabquvvatlanishida katta rol о’ynadi. Bu esa, о’z navbatida, imperiyaning qudrati va shon-shuhratining yanada ortishiga xizmat qilgan. Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati evaziga «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovor bo’lgan. Akbarshoh 1605-yilda vafot etgan. 17-asr ikkinchi yarmidan boshlab imperiyada toju taxt uchun kurash avj oldi. Oxir-oqibatda, bu kurashda 1627-1658-yillarda hukmronlik qilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o’g’li Avrangzeb g’alaba qozondi. U 1658-yilda Dehli shahrini egalladi va o’zini shoh deb e’lon qildi. Avrangzeb hukmronligi davrida (1658-1707) imperiya hududi yanada kengaydi. Ayni paytda, Avrangzeb hukmronligi yillarida imperiya inqirozi uchun zamin ham yetila bordi.
Download 185.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling