Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Karbonsuvlar almashinuvi Karbonsuvlar organizmning asosiy energiya manbai bo‘lib, tanada 1 g. karbonsuv biologik oksidlanganda 4,1 kkal yoki 17,8 kDJ energiya ajralib chiqadi. Karbonsuvlar (glukoza shaklida) hamma hujayralar uchun ayniqsa bosh miya hujayralari uchun bevosita energiya manbayi hisoblanadi. Glukoza bosh miya to‘qimasining asosiy energetik manbayi hisoblanadi, u miyaning nafas olishida, mediatorlar va ba’zi mikroergik birlashmatlar uchun, asab lo’qimalari uchun energiya manbai sifatida muhim rol o’ynaydi. Organizm energetikasida karbonsuvlarning muhim rol o’ynashiga sabab shuki, ular tez parchalandi va tez oksidlanadi, tana uchun qo‘shimcha va tobora ko‘proq energiya sarflash talab qilinganda ularning deposidan tezda olinishi va foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Karbonsuvlar hujayra sitoplazma tarkibiga kirib, muhim plastik vazifani ham bajaradi. Karbonsuvlar suyak, tog‘ay, biriktiruvchi to’qima hosil bo‘lishida asosiy moddalar tarkibiga kirib, tayanch funksiyasini ham bajaradi. Karbonsuvlar organizmdagi biologik suyuqlikning asosiy tarkibiy qismini tashkil qilib, ular osmos jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ular murakkab birikmalar tarkibiga kiradi va organizmda o’ziga xos xilma-xil funksiyalarni bajaradi (nuklein kislotasi, mukopolisaxarid). Karbonsuvlar jigarda kimyoviy moddalarni zararsizlantirishda hamda tanani immunologik himoya reaksiyasini ta’min)ashda ishtirok etadi. Katta odamlarning bir kccha-kunduzdagi karbonsuvlarga bo’lgan ehtiyoji o’rtacha 5OO g ni tashkil qiladi. lste’mol qiladigan karbonsuvlarning 7O% i hujayralarda oksidlanadi, shu orqali organizmning asosiy energetik talabi qoplanadi. Organizmga qabul qilingan karbonsuvlarning 25-28% i organizmda yog’ga aylanadi va faqat 2-5% glukozadan glikogen sintez uchun sarflanadi. Karbonsuvlar almashinuvining asosiy bosqichlari Odam tanasida karbonsuvlar almashinuvi quyidagi bosqichlar orqali amalga oshadi: - karbonsuvlarning oshqozon-ichak yo’lida hazm bo’lishi; - monosaxaridlarning qonga so’rilishi; - karbonsuvlarning oraliq almashinuvi; - glukozaning buyrakda filtrlanishi va qayta so‘rilishi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling