Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Lipidlar almashinuvi Lipidlar sinfiga kimyoviy tarkibi bir xil bo‘lmagan, bir qancha fizik, kimyoviy xususiyatlari bilan umumlashtiriluvchi moddalar kiradi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha ularni oddiy lipidlar (fosfolipidlar, neytral yog’lar) va murakkab (glukolipidlar, sulfolipidlar) va steroidlarga ajratiladi.
Hayvon va odam organizmidagi lipidlarning asosiy massasini neytral yog’lar tashkil etadi. Ular asosan trilitseridlar, ya’ni glitserin va har xil yog‘ kislota (ko‘proq palmitin, stearin, olein, linol, linolenlar tutadigan murakkab organik moddalardir. Neytral yog’lar odam va hayvon ovqatida - energiyaning asosiy manbai hisoblanadi. I gr yog’ oksidlanganida 38,97 kDj yoki 9,3 kkal issiqlik ajraladi. Kattalarning taxminan 50% encrgiyasini va emizikli bolalarning 40% energiyasini neytral yog’lar ta’minlaydi, bunda endogen suv hosil bo’lib, har 100 g yog‘dan 107 ml suv hosil bo’ladi. Bu esa, tanada suv almashinishini normal borishini ta’minlaydi. Neytral yog’lar zahiralarining oziq manbai sifatidagi roli tuyada tasvir qilish mumkin. Uzoq vaqt cho’lda yurganda tuyaning o‘rkachidagi yog‘ birdan encrgetik zahira ham va kerakli miqdordagi endogen suv manbai ham bo’lib xizmat qiladi. Tanani teri ostida joylashgan neytral yog‘ harorati biologik muvofiqlashtiruvchi tizim bo’lib xizmat qiladi, ya’ni tanada issiqlikni saqlaydi. Bunday yog‘ni to‘planishi ayniqsa dengiz va shimol hayvonlarida uchraydi. Shunday qilib, neytral yog‘ zaxiralari to‘plami a’zolar, tomirlar va asablarni o‘rab olib, ularni tashqi travmatik ta’sirlaridan saqlaydi. Katta odamlarning bir kecha-kunduzdagi neytral yog‘ga bo’lgan ehtiyoji 70-80 g, 3-10 yoshli bolalarda 25-30 g ni tashkil qiladi. Energetik tomondan neytral yog’lar karbonsuvlar bilan bemalol almashinadi. Lekin ba’zi to‘yinmagan yog‘ kislotalar, masalan, linolen va araxidon kislotalari odam ovqatida albatta bo’lishi kerak, chunki ular me’yorda o‘sish uchun va bir qancha a’zolar funksiyalari uchun kerakdir. Ovqatda bu kislotalarning uzoq vaqt bo’lmasligi yosh hayvonlarning bo‘y o’sishini sekinlashuvi, kattalarda esa urchish xususiyatining yo‘qolishiga olib keladi. Odamlarda, ayniqsa bolalarda teri shikastlanishi vujudga keladi. Shu kislotalarga odamning bir kecha-kunduzlik ehtiyoji 3-6 g ni tashkil qiladi. Tanaga ovqat bilan kiruvchi yog‘ ingichka ichakda so‘riladi. Ichakda yog‘ kislotalar ta’sirida yog‘ emulsiyalanadi. Emulsiyalangan yog‘ning 25-45% i me’da osti bezining lipazasi va ichak shirasi ta’sirida glitserin va yog‘ kislotalargacha parchalanadi. Yog‘ning organizmda to‘planish jarayoni va uni yog‘ depolaridan chiqishi, keyinchalik esa to‘qimalarda sarflanishi o’z-o‘zidan boshqarilish jarayoni bo‘yicha amalga oshadi. Uning asosini yog‘ to‘qimasini yuvib o’tuvchi qondagi yoki to‘qima suyuqligidagi glukoza miqdori tashkil qiladi. Qonda glukoza konsentratsiyasi oshsa triglitseridlar parchalanishi kamayadi va ularning sintezi faollashadi va buning aksi, glukozani qondagi konsentrasiyasi kamaysa, triglitseridlar sintezi tormozlanadi, parchalanishi esa oshadi va qonda yog‘ to‘qimasidan qonga noesterifitsirlangan yog‘ kislotalar o’tadi. Shunday qilib, organizmning energetik ta’minlanishida yog‘ va karbonsuv almashinuvi orasida o’zaro bog‘liqlik mavjud. Energetik manbalardan trigliseridlar yog‘ to‘qimalariga zaxira bo‘ladi. Agar karbonsuvlar yetishmasa yoki ularning yetarlicha o‘zgarmaganida triglitseridlar parchalanib, qonga yangi energetik material noesterifitsirlangan yog‘ kislotalarni ajratadi. Ko‘rsatilgan o’z-o‘zini boshqarish jarayonlari asab va gormonlar ta’sirida bo’lib turadi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling