Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Suv-tuz almashinuvi boshqarilishining asab mexanizmlari


Download 176.93 Kb.
bet54/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Suv-tuz almashinuvi boshqarilishining asab mexanizmlari Tegishli to‘qimalarda osmotik konsentrasiya oshganda miyaning gipotalarnik sohaning «suv markazi» qo‘zg‘alib, chanqoqlik hissi tug‘iladi. K.M.Bikov va uning shogirdlari tomonidan suv - tuz almashinuvi boshqarilishiga katta yarim sharlari ishtiroki borligi aniqlangan. Itlarda shartli reflektor yo‘l bilan diurez (siydik hosil bo‘lishi va chiqishi) ning oshishi tajribada isbotlangan. Hatto bosh miyada ovqat markaziga o‘xshash suv ichish markazi borligi taxmin qilinadi. Bu markaz bosh miya yarim sharlar po‘stloq osti tizilmalari va gipotalamusning har xil bo‘limlarida joylashgan neyronlar yig‘indisidan iborat.
Suv-tuz almashinuvining yoshga bog‘liqlik xususiyatlari Suv miqdori tanada individual rivojlanish jarayonida sekin-asta o’zgarib boradi. Masalan, ikki oylik odam embrionida suv miqdori 97% tana og‘irligiga teng, tug‘ilgan bola tanasida 66-75%, emizikli bolalarda 62-70%, kattalarda esa 60-75%, qarilarda undan ham past. Suvga talab kishi yoshiga bog‘liq. Agar har bir kg tana og‘irligiga kattalar bilan bolalarning suvga bo‘lgan talabi solishtirilsa, bolalarning talabi kattalarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Masalan, emizikli chaqaloqning suvga talabi bir sutkada har bir kg og‘irlik hisobiga 100-105 ml bo‘lsa, kattalarniki 30-40 ml ni tashkil qiladi.
Mineral moddalar balansi ham yoshga bog‘liq. O’suvchi tana uchun kalsiy katta ahamiyatga ega. Yangi tug‘ilgan bolalarda plazmadagi kalsiy miqdori ona qoniga bog‘liq bo‘lmay, gipokalsemiya o’lchamidan to giperkalsemiya o’lchamigacha bo’lgan darajaga yetib boradi. Bu esa bolaning yangi tug‘ilgan paytida kalsiy gomeostazi boshqarilishining o’ziga xos dinamikasini ko‘rsatadi. Kalsiyning metabolizmini endokrin boshqariluvining bir me’yorda stabilizatsiya holatiga kelishi 18 yoshlarda sodir bo’ladi. O’suvchi organizm uchun mineral elementlardan: temir, magniy, mis, rux, kobalt, brom va ftor ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Bola organizmi uchun ayniqsa hamma elektrolitlarning to‘g‘ri nisbatda bo’lishi ahamiyatlidir. Suv-tuz almashinuvining yoshga bog’liqlik xususiyatlari asab-endokrin boshqarilishning ontogenetik farqlari bilan ma’lum darajada tushuntiriladi. Organizmda natriy hujayra oraliq suyuqligidagi bosimning doimiyligini saqlab turishda, membrana biopotensiallarning paydo bo‘lishida va kislota-ishqoriy muvozanatni saqlab turishda ishtirok etadi.
Natriyning asosiy deposi-suyaklar to‘qimalari hisoblanadi.
Kaliy-hujayralar ichidagi suytiqlikning osmatik bosimini bir maromga saqlab turishida ishtirok etib, atsctilxolinning ishlab chiqishini tezlashtiradi. To‘qimalarda glikogenning sintezlanishi va saqlanib turishi kaliy ishtirokida o‘tadi. Kaliy ionlarining organizmda tanqisligi organizmda anabolitik jarayonlarga to‘sqinlik qiladi.
Xlor ham hujayra oraliq suyuqligining asosiy anioni hisoblanib, osmotik bosim doimiyligining boshqarilishida ishtirok etadi.
Kalsiy va fosfor asosan suyak ,to‘qimalarida bo‘ladi (90% dan ko‘proq). Qon va uning plazmasida kalsiy asosiy biologik ko‘rsatkich rolini o‘ynaydi, uning ozgina bo‘lsa-da kamayishi organizmdagi murakkab oqibatlarning sababi bo‘ladi. Masalan, qonda kalsiy miqdorining kamayishi mushaklarning ixtiyorsiz qisqarishi va tutqanoqlari (titroq) sababchisi bo’lib, uning oqibatida nafas to‘xtab qolishi va hatto o’lim ham sodir bo’lishi ehtimoli bor.
Qonda kalsiy konsentratsiyasining ortishi asab va mushak qo‘zg‘aluvchanligining pasayishiga olib keladi, yengil chala falaj, ixtiyoriy harakatlarning susayishi yoki qisman yo‘qolishi, ba’zi paytlarda shol holati hamda buyraklarda tosh hosil bo‘lishi kuzatiladi. Kalsiy suyaklarning hosil bo‘lishi uchun eng zaruriy makroejement hisoblanadi.
Fosfor turli moddalarning almashinuvida ishtirok etib, mikroergik birikmalar tarkibiga kiradi (masalan ATF). Fosforning suyaklarda to‘planishi katta ahamiyatga ega.
Temir organizmda turli kompleks tuzlari sifatida mavjud. U gcmoglobin va mioglabin tarkibiga kirib, to‘qima nafas olish jarayonida ishtirok etadi. Bundan tashqari, temir ko‘p oksidlanish-barqarorlanish jarayonlarining fermentlari tarkibiga ham kiradi. Temirning organizmdagi tanqisligi gemoglobin sintezini izdan chiqaradi, shuning uchun gemoglobin miqdorining kamayishi anemiya (kamqonlik) xastaligining sababi bo‘ladi. Katta yoshdagi odamlar bir kecha-kunduz davomida 10-30 mkg temir istc’mol qilishi kerak.
Yod organizmda kam miqdorda boladi. Lekin yod qalqonsimon bczining gormonlari-tiroksin va triyodtironin tarkibiga kiradi. Shu sababli uning organizmda yetishmasligi qariyb hamma moddalarning almashinuviga ta’sir yetkazadi. Moddalar va energiya almashinuvining asosiy bosqichlari
Oqsil, yog‘ va karbonsuvlar almashinuv jarayonlari o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Lekin shu bilan bir qatorda o‘zining umumiy qonuniyatlari ham bor. Moddalar almashinuvini 3 bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling